Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar
12.01.2017 14:251292KOLUMNISTLAR
Murrey daryosi vodiysida istiqomat qiluvchi avstraliya aborigenlarining tilida 1 raqami “enea” deyiladi, 2 bo‘lsa “petcheval” deb ataladi. 5 raqamini bo‘lsa ushbu tilda 8 xil yo‘l bilan ifodalash mumkin, masalan, “petcheval petcheval enea”.
Dunyodagi eng keng ma’noli so‘z “mamixlapinatana” bo‘lib, bu so‘z “ikkala taraf ham qilishni istovchi, ammo qilishni xohlamaydigan narsani qilishga kimdir rozi bo‘lishini kutib bir biriga umid bilan tikilmoq” ma’nosini beradi.
Arab tilida 28 harf so‘z oxirida o‘rtasidagidan boshqacha tarzda yoziladi, ivrit tilida bunday harflar 5 ta, grek tilida bitta, boshqa yevropa tillarida bo‘lsa bunday harflar mavjud emas.
“Absurd” lotin tilidan olingan so‘z bo‘lib, “kardan, garangdan” (ab surdo) degan ma’noni anglatadi.
Papua Yangi Gvineyada istiqomat qiluvchilar 700 ga yaqin tilda (butun dunyo tillarining 15%) so‘zlashadilar. Bu tillar orasida ko‘plab mahalliy dialektlar mavjud bo‘lib, ulardan qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholi o‘zaro muloqotda foydalanadi.
“Ermitaj” fransuz tilidan olingan bo‘lib, “yolg‘iz qolish joyi” degan ma’noni anglatadi.
“Simpozium” lotin tilidan olingan bo‘lib, “katta ziyofat, bazm” degan ma’noni anglatadi.
Hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan eng qadimgi harf – O harfidir.
Dunyodagi eng uzun palindrom so‘z fin tilidagi “saippuakivikauppias” bo‘lib, “ipak savdogari” degan ma’noni anlatadi.
Afrika qit’asida 1000 dan ortiq tillar mavjud. Shimoliy Afrikadagi berberlar tilida hattoki alifbo ham yo‘q.
Xitoy tilida “qiyinchilik, ko‘ngilsizlik” ma’nosini beruvchi iyeroglif bitta tom ostidagi ikki ayol tasviri bilan ifodalanadi.
Almost – ingliz alifbosidagi harflar ketma – ket berilgan eng uzun so‘zdir.
Fors tilidan kelib chiqqan “pijama” va “chemodan” so‘zlari bir hil o‘zakka ega (“pi-djoma”, “djoma-dan”).
Kyurasao orolining nomi ispan tilidan so‘zma – so‘z tarjima qilinganda “pishirilgan ruhoniy” ma’nosini beradi (cura asado).
Qadimgi Misrda o‘rikni “quyosh tuxumi” deb atashgan.
Filippin tilida “salom” so‘zi “mabuxay” deyiladi.
“Fudziyama” yapon tilidan “tik ko‘tarilgan tog‘” ma’nosini beradi.
Ingliz tilida month, orange, silver va purple so‘zlari bilan qofiyadosh so‘zlar mavjud emas.
Kxmerlar alifbosida 72 ta harf mavjud, Bugenvil oroli (Solomon orollari) tub aholisi alifbosida bor yo‘g‘i 11 ta harf bor.
Xitoy tilida “choy” va “tetiklik” so‘zlari bir hil iyerogliflar bilan ifodalanadi.
Yapon tilidagi “metro” so‘zi “past”, “tuproq” va “temir” ma’nosini beruvchi uch iyeroglif bilan ifodalanadi.
Xalqaro esperanto sun’iy tili 1887 yilda varshavalik doktor L. Zamengof tomonidan o‘ylab topilgan.
Bironta ham unli tovushi bo‘lmagan eng uzun inglizcha so‘zlar “rhythms” va “syzygy” dir.
“Town” so‘zi ingliz tilidagi eng qadimgi so‘z hisoblanadi.
Xitoy tilida “r” va “l” tovushlari farqlanmaydi.
Gavayi oroli tub aholisi alfavitida 12 tagina harf mavjud.
Ingliz tilida 600 000 dan ortiq so‘z bor.
W lotin harfi lotin alifbosida mavjud emas.
Xitoy yozuvida 40 000 ortiq belgilar bor.
Amerikalik yozuvchi Ernest Vinsent Rayt o‘zining “Gedsbi” romanida 50 000 ta so‘z ishlatgan bo‘lib, ularning hech birida Ye xarfi (ingliz tilida eng ko‘p uchrovchi harf) yo‘q.
Amerikalik olim va siyosatchi Benjamin Franklin “mast” (ing. drunk) so‘zining 200 dan ziyod sinonimlarini to‘plagan, ularning ichida “cherry-merry”, “nimptopsical” va “soaked” kabi sinonimlarni uchratish mumkin.
Eskimoslar tilida qor so‘zini 20 hil so‘z bilan atash mumkin.
Xitoy tilining Mandarin shevasi dunyoda eng ko‘p sonli so‘zlashuvchilariga ega tildir (935 mln.), bu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda Ispan tili (387 mln.), ingliz tili – uchinchi (365 mln.), hind tili bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rinda (295 mln.). O‘zimizning ona tilimiz bu ro‘yxatda 45 o‘rinda turibdi (25.6 mln.).
Bir paytlar “ampersend” (&) ingliz alifbosidagi harflardan biri bo‘lgan.
O‘rtacha hisoblaganda ruhoniylar, yuristlar va doktorlar o‘z kasbiy lug‘at boyligida 15 000 ta so‘zga ega ekanlar. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan malakali ishchilar taxminan 5-7 mingta so‘zga, fermerlar bo‘lsa 1600 ta kasblariga oid so‘zni bilishar ekan.
Haram, veto va embargo so‘zlari so‘zma – so‘z tarjimada “taqiq” ma’nosini anglatadi.
Dunyondagi tillarning asosiy qismida “ona” so‘zi M harfi bilan boshlanadi, o‘zimizdagi “momo” so‘zi kabi.
Viktor Gyugo qalamiga mansub “Tahqirlanganlar” asarida fransuz tilidagi eng uzun 823 ta so‘zdan iborat gap uchraydi.
Hozirgi paytda dunyoda 6500 ga yaqin til mavjud. Biroq, ulardan 2000 tasi yo‘q bo‘lish arafasida. Ularning har birida 1000 tadan kam odam so‘zlashadi.
Seul koreys tilida oddiy “poytaxt” degan ma’noni anglatadi.
Dunyodagi tillar ichida ingliz tilida eng ko‘p sinonimlar mavjud.
Aytishlaricha “The sixth sick sheikh’s sixth sheep’s sick” ingliz tilidagi eng murakkab tezaytish hisoblanar ekan.
Kanada mahalliy hindu qabilalari tilida “katta qishloq” degan ma’noni anglatadi.
Ingliz tilidagi “news” so‘zi aslida kompasdagi dunyo tomonlarini ko‘rsatib turuvchi harflardan olingan: North, East, West, South. Shuning uchun ham bu so‘zda ko‘plik shakli mavjud emas.
Dunyo aholisining deyarli yarmi 6000 yil oldin so‘zlashilgan Hind-Yevropa tilidan kelib chiqqan tillarda gapiradi. Olimlarning fikricha Hind-Yevropa tili mo‘’tadil iqlimli mintaqada vujudga kelgan, chunki ushbu tildan kelib chiqqan tillarda flora va fauna, yil fasllari va shu kabi narsalarni anglatuvchi so‘zlar juda o‘xshashdir. Masalan: cold, Kalt, xolod; snow, Snaw, sneg, snіg. Bu ta’riflarga juda mos hududlarga taxminan shimolda Litva, Ukrainanining markaziy oblastlarigacha janubda, Polshaning g‘arbiy voyevodlari va sharqda Belarussiya sharqiy oblastlari to‘g‘ri keladi.
Shumer tili eng qadimgi yozma til hisoblanadi. U Mesopotamiyada taxminan eramizdan avvalgi 3500 yillarda vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |