Kollektorlarning sig’imlik (hajmiy) xususiyatlari


Terrigen va karbonat kollektorlarining xususiyatlarini taqqoslash



Download 152,54 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2022
Hajmi152,54 Kb.
#685960
1   2   3
Bog'liq
navruz kurs ishi

3.Terrigen va karbonat kollektorlarining xususiyatlarini taqqoslash
Terrigen kollektorlar- g’ovakli (porovыy) kollektorlar turkumiga mansub, karbonat kollektorlarda esa g’ovaklar ham, yoriqlar ham, kovaklar ham mavjud bo’lib, ular aksariyat, aralash kollektorlarga mansubdirlar. Mutaxassislarning fikricha, o’tkazuvchanlik 0,01 mkm2 gacha bo’lgan jinslarni past o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega, 0,01-0,1 mkm2 ni esa o’rtacha o’tkazuvchanlikka ega va 0,1 mkm2 dan yuqorisini esa yaxshi o’tkazuvchanlikka ega kollektorlarga ajratadilar.
SHuni alohida qayd etish lozimki, g’ovakli terrigen va karbonat kollektorlar o’zlarining g’ovaklari tuzilishi bilan farq qiladilar. Karbonat jinslarda g’ovaklar juda tor kanallar bilan tutashadi va ko’pincha bir xil sharoitda o’tkazuvchanliga past bg’ladi. Ana shunday farq mavjudligi uchun bu jinslar o’zlarining g’ovaklikning solishtirma yuzasi bilan ham farq qiladilar. Bu ko’rsatkich karbonat jinslarda ozroq, terrigen jinslarda yuqori bo’ladi, ayniqsa bu farq o’rtacha va undan past o’tkazuvchanlikka ega bg’lgan jinslarga ko’proq mansubdir, SHu ko’rsatkichlar jinsning neftga shimiluvchanlik xususiyatlarini belgilovchi ko’rsatkichlardan biridir. SHuning uchun karbonat kollektorlarda neft bilan shimilganlik darajasi ozroq bo’ladi. YAna shuni unutmaslik kerakki, karbonat qatlamlar aksariyat qat-qatlilik xossasiga ega, shuning uchun ham butun qatlam bo’yicha gidrodinamik aloqalar qiyinlashadi.
Karbonat jinslarda yoriqlar ko’proq rivojlangandir, aksariyat ularning yg’nalishi qatlamga nisbatan tik va og’ma ravishda joylashgan bg’ladi. Aksariyat hollarda yoriqlik qatlamning
15
mahsuldorligini belgilaydi, chunki yoriqlarning o’tkazuvchanlik xususiyati yuqori, undan tashqari yoriqlarga g’ovaklardan suyuqlik oqib keladi va ular o’z navbatida suyuqlik yig’uvchi va o’tkazuvchi vazifasini bajaradilar. SHuning uchun ham qatlamdan olingan namunaning g’ovakligi past ko’rsatkichlarga ega bg’lgan holda, o’sha konlardagi quduqlarning mahsuldorligi terrigen kollektorlardagidan ancha yuqori bg’ladi. SHuning uchun yoriqlilik qatlamni qazib chiqarish sharoitlariga ancha ta’sir qiladi.
Karbonat tog’ jinslari kollektor bg’lgan konlarda qatlam bosimini oshirish yoki ularda quduq tubini kislota bilan ishlash ulardagi mayda yoriqlarni kengayishiga va ularning g’tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi, demak qazib chiqarish sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi. S
SHuning uchun ham terrigen kollektorlariga nisbatan karbonat kollektorlarining past ko’rsatkichli o’tkazuvchan jinslarda ularni ishga solish imkoniyatlari yuqori hisoblanadi.
Neft-gaz qatlamining xilma-xilligi ularning geologik fizik xossalarining, tuzilishining turliligidir . Biz yuqorida keltirgan tartibga binoan qaraydigan bo’lsak, uyumni geologik struktura sistemasi sifatida qarab, uni har xil darajalarga bo’lib tadqiq qilishimiz kerak. Bunday hollarda biz g’z tadqiqotlarimiz yo’nalishiga qarab asosli xususiyatlarni tanlashimiz taqozo etiladi. Masalan, neft yoki gazning zahiralarini hajmiy usuli bilan hisoblamoqchi bo’lsak, asosli belgilar sifatida neftga shimilgan qalinlik, g’ovaklik va neftga shimilganlik darajasi qabul qilinishi lozim va ko’rilayotgan uyum darajasida shunga qarab elementlar qabul qilinadi.
16
Aksariyat geologik sistema bir-biridan o’zining ko’rsatkichi bilan farq qiladigan elementlardan tashkil topgan bo’ladi. Bunda ikki shaklga e’tibor beriladi:

  1. geologik munosabatlar 2) har xil elementlar orasidagi miqdoriy munosabatlar.

Geologik munosabatlar geologiyada har xil xaritalar, kesmalar va ularning solishtirma natijalari hamda shartli belgilar shaklida ifodalanadi. Har xil elementlarning miqdoriy munosabatlarini ifodalashda esa matematik statistika usullari asqotadi.
YUqorida keltirilgan sxema bo’yicha geologik xilma-xillikni besh darajaga bo’lish mumkin: O’tamikroxilma-xillik, mikroxilmaxillik, mezoxilma-xillik, makroxilma-xillik, metaxilma-xillik. O’tamikroxilma-xillik qatlami tashkil qilgan har bir donadan iboratdir va ularning qatlamda turgan joyidan qatiy nazar, xossalarini o’rganish ularning mexanik tuzilishini tarkibini o’rganishdan iborat. Neftli qatlam donalari aksariyat 0,01-1mm orasida bo’ladi va ularning granulometrik tarkibini o’rganish - xilma-xillik darajasini belgilashga yordam beradi. Mutaxassislar granulometrik tarkib va uning xilma-xillik koeffitsientla-rini har bir region uchun aniqlaganlar. O’tamikroxilma-xillikni o’rganishlik ekspluatatsiya jarayonida quduq tubiga qo’yadigan filtrni tanlashda, neftni qazib chiqarish jarayonida uni siqib chiqarish ishlarini tashkil qilishda va qatlamda qanchalik neft qolib ketishi mumkinligini chamalashda asqotadi.
Mikroxilma-xillik bunda uyumni o’rganish darajasida element sifatida kollektorlik xususiyati aniqlanadigan namunalar qaraladi. Demak, namunaning litologiyasi, g’ovakligi, o’tkazuvchanligi, qoldiq
17
neftga shimilganlik darajasini o’rganish vazifasi turadi. Ko’p namunalar natijasini ehtimollik nazariyasi usuli bilan umumlashtiriladi. Mikroxilma-xillikni o’rganish qatlam qazib chiqarish jarayonida sodir qilinishi lozim bo’lgan qator amaliy ishlarga yo’llanma beradi, jumladan, zahiralarni hisoblash va qatlamga suv haydash usullarini tanlashda bu ko’rsatkichlar ish beradi. Mezoxilma-xillik qatlamning tuzilishini, uning tarkibidagi kollektor va kollektor bo’lmagan qatlamchalarning mavjudligi va ularning o’rni, ahamiyatini o’rganadi, shuning asosida past, o’rta va yuqori mahsuldor zonalar va oraliqlar belgilanadi. Bu ishlar quduqlar kesimini bir-biriga solishtirish usuli bilan olib boriladi.
Bunday ishlar har xil kesma va xaritalar tuzish bilan yakunlanadi. Bunda elementlarni ajratish uchun mahsuldorlik ko’rsatkichidan foydalanish mumkin.
Mezoxilma-xillikni o’rganish qatlamning ishlaydigan va ishlamaydigan qismini ajratish, qatlamdan oluvchi va unga haydovchi joylashtirish, qatlamning jadal va sust ishlashi mumkin bo’lgan qismlarini aniqlash, qatlamga suv haydash imkoniyatlarini chamalagan va suv-neft chegarasining holatini kuzatish va nazorat qilish imkoniyatlarini beradi.
Makroxilma-xillik bunda qatlamning qaysi qismi kollektor, qaysi qismi kollektor emas va bu holat kesimda hamda uyum maydonida qay ahvolda namoyon bo’lishi aniqlanadi. Bu tadqiqotlar xarita va kesmalar ko’rinishida ifoda etilishi mumkin. Makroxilma-xillikni o’rganish qatlamda neft-gaz bilan shimilgan qismini aniq kg’rsatadi, kollektorlar yo’q joylarni aniqlaydi, loyihalash vaqtida qatlamdan olinishi va unga haydalishi lozim bo’lgan joylarni belgilashga
18
yordam beradi, suv-neft chegarasining jadal va sekin surilishi mumkin bo’lgan hollarini aniqlashga yordam beradi, hamda qatlamning qaysi qismdan boshqa qismga oqib o’tish hollari bo’lishi mumkinligini ko’rsatib beradi, qazib chiqarish bilan qatlamning qay darajada jalb qilinganligini qamralganligini chamalaydi.
Metaxilma-xillik bunda strukturaning elementi sifatida uyumning bir-biridan ancha farq qiladigan yirik qismlari olinadi.
Mezoxilma-xillik bilan metaxilma-xillik darajala-rini birbiridan ajratish ko’rsatkichlarini yaxshilab ishlab chiqish taqozo etiladi. Bu ko’rsatkich bir qancha qatlamlarni bir ob’ekt sifatida qo’shilganda asqotishi mumkin. Bu masala o’rganilganda quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi: bir qancha qatlamlarni bir ob’ektga birlashtirish vaqtida ekspluatatsion va haydovchi quduqlarni qatlamning qaysi qismiga joylashtirishda, qazib chiqarishning foydali natijasini ko’tarish maqsadida bajariladigan ishlarni asoslashda, qazib chiqarish jarayonini nazorat qilishda va h.k. shular jumlasidandir.



19
Vatanmiz konlaridagi neftlarning tarkibi va xossalari rangbarangdir. Hatto bir kondagi har xil qatlamlariing neftlari bir-biridan farq qiladigan holar ko’plab uchraydi. Qatlamni qazib chiqarish jarayonida gaz ajralish kuzatilmasa gaz omilining neftdagi gaz miqdoridan kamligini kg’rsatadi. Qatlam sharoitidagi neftdan gaz ajrala boshlagan bosim tg’yinishlik bosimi (yoki bug’ hosil bg’lishining boshlanishi) deb ataladi.



20
Download 152,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish