Ko‘llar haqida umumiy ma’lumot


Ko‘llarning suv balansi, suv sathi va harorat rejimi



Download 215,21 Kb.
bet5/10
Sana23.07.2022
Hajmi215,21 Kb.
#841066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-ma'ruza. Ko'llar, ko'llarning morfometrik ko'rsatkichlari

Ko‘llarning suv balansi, suv sathi va harorat rejimi


Ushbu mavzuda asosiy e’tibor ko‘llarning suv balansi tenglamalari, ularni tuzish tamoyillari, ko‘llarning suv sathi va harorat rejimi hamda ularni belgilovchi omillarga qaratilgan.


Ko‘llarning suv balansi tenglamalari. Ko‘llardagi suv hajmi turli omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. Uning qiymati ko‘ldagi suv yuzasidan bug‘lanish, ko‘l kosasi tubiga shimilish kabi ko‘rinishlarda kamayib turadi. Ushbu kamayishni ko‘lga qo‘shiladigan suvlar - daryolar, atmosfera yog‘inlari to‘ldirib turadi. Ana shu to‘yintiruvchi va sarflanuvchi elementlarni hisobga olish bilan ko‘llarning suv balansi tenglamalari tuziladi.
To‘yintiruvchi elementlar guruhiga quyidagilar kiradi:
- ko‘l yuzasiga tushadigan atmosfera yog‘inlari - X;
- ko‘lga daryolar keltirib quyadigan suvlar - Uk;
- ko‘lga qo‘shiladigan yer osti suvlari - Uer;
- ko‘l yuzasida suv bug‘larining kondensatsiyalanishi - K.
Sarflanuvchi elementlar guruhi esa quyidagi tashkil etuvchilardan iborat:
- ko‘l yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish - Z;
- ko‘ldan oqib chiqib ketadigan suvlar - Uch;
- ko‘l kosasi tubiga shimiladigan suvlar - Ush;
- ko‘ldan turli maqsadlarda olinadigan suvlar - g.
Demak, ko‘llarning suv balansi tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
X + Uk + Uer + K = Z + Uch + Ush + g  W ,
tenglamadagi W-o‘rganilayotgan vaqt (oy, yil) davomida ko‘ldagi suv hajmining me’yorga nisbatan o‘zgarishini ifodalaydi. Tenglamadagi barcha kattaliklarni hajm birligi(m3,km3)da ifodalagan ma’qul.
Yuqorida keltirilgan suv balansi tenglamasi oqar ko‘llar uchun to‘g‘ridir. Oqmas (berk) ko‘llar uchun esa suv balansi tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
X+Uk+Uer+K = Z+Ush+g W.
Oqar ko‘llarda sarflanish, asosan, ko‘ldan oqib chiqadigan daryolar suvi hamda bug‘lanishdan iboratdir. Oqmas ko‘llarda esa sarflanish faqat bug‘lanish hisobiga bo‘ladi. Yuqoridagi tenglamalarni ixchamlashtirib, oqar ko‘llar uchun:
X + Uk = Z + Uch  W ,
berk ko‘llar uchun esa:
X + Uk = Z  W
ko‘rinishida yozish mumkin.
Agarda suv balansi tenglamasi tuzilayotgan vaqt davomida ko‘lga qo‘shilayotgan suv miqdori bilan undan sarflanayotgan suv miqdori o‘zaro teng bo‘lsa, W q 0 bo‘lib, yuqoridagi ifodalar oqar ko‘llar uchun:
X + Uk = Z + Uch ,
oqmas ko‘llar uchun esa:
X + Uk = Z .
ko‘rinishida yoziladi.
Oxirgi ifodalar suv balansi o‘rganilayotgan vaqt davomida ko‘ldagi suv hajmi, binobarin, ko‘ldagi suv sathi o‘zgarmaydigan holatlar uchun o‘rinlidir.

Download 215,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish