Kolbasa mahsulotlari Reja



Download 122,5 Kb.
bet4/5
Sana30.05.2022
Hajmi122,5 Kb.
#619870
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kolbasa mahsulotlari

Dudlangan kolbasalar
Bu kolbasalar tayyorlash usuliga qarab xom dudlangan va qaynatib-dudlangan kolbasalarga bo‘linadi.
Xom dudlangan kolbasalar tarkibida suv miqdori (25-30%) qaynatilgan va yarim dudlangan kolbasalarga nisbatan kam, konsistensiyasi zich va shu sababli uzoq saqlanish xususiyatiga egadir. Ular tarkibida yog‘ (25-60%), oqsil moddalar (21-22%) ko‘p bo‘lganligi uchun to‘yimli va yuqori energiya berish qobiliyatiga egadir.
Xom dudlangan kolbasalar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida oliy va 1-chi navli mol go‘shtlari, yog‘siz va yog‘li cho‘chqa go‘shti, cho‘chqa to‘shyog‘i, tuz, qand, nitratlar va ziravorlar ishlatiladi.
Bu kolbasalarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos-xususiyati shundan iboratki, tayyorlangan go‘sht etilishi uchun 0-20S da 3-7 sutka davomida ushlab turilib, keyin undan qiyma tayyorlanadi. Qiyma qobiqlarga joylanib zich konsistensiya berish uchun 2-40S haroratda bir hafta davomida ilgaklarga osib qo‘yib tindiriladi. Keyin esa 18-220S haroratda 2-3 sutka davomida sovuq dudlash usuli yordamida dudlanadi. Dudlangandan keyin esa kolbasalar tarkibida namlik 30% qolguncha 120S haroratda va havoning nisbiy namligi 65-75% bo‘lgan sharoitda 20-25 sutka davomida quritiladi.
Quritish jarayonida go‘sht qiymasi fermentativ jarayonlarning borishi natijasida etiladi va ular boshqa issiqlik ishlovi bermasdanoq iste’molga yaroqli holga keladi.
Qanday xom ashyodan tayyorlanishiga qarab xom dudlangan kolbasalar oliy va 1-chi navli bo‘ladi. Oliy navli xom dudlangan kolbasalar assortimentiga Moskovskiy, Kubanskiy, Maykopskiy, Uglichskiy, Servelat, 1-chi nav kolbasalariga esa Lyubitelskiy, Ukrainskiy kolbasalari kiradi.
Moskovskiy kolbasa tarkibida 75% oliy navli mol go‘shti va 25 % cho‘chqa yog‘i bo‘ladi. Ularning batonlari to‘g‘ri, o‘rtasining ikki joyidan bog‘langan bo‘ladi.
Servelat kolbasasi oliy navli mol go‘shti(25%), yog‘siz cho‘chqa go‘shti (25%), saryog‘ cho‘chqa go‘shtidan (25%) tayyorlanadi. Qiymasiga ziravorlardan muskat yong‘og‘i va qalampir qo‘shiladi. Qiymasi pushti rangda bo‘ladi. Servelat kolbasasi batonlari to‘g‘ri yoki sal bukik shaklida bo‘lib, ularning uzunligi 15-50 sm ni tashkil etadi.
Lyubitelskiy kolbasasi birinchi navli mol go‘shti (65%) bilan cho‘chqa to‘shidan (35%) tayyorlanadi. Uning batonlari to‘g‘ri, to‘rt joyidan bog‘langan bo‘ladi.
Ukrainskiy kolbasa tarkibida cho‘chqa go‘shti ko‘proq va birinchi nav mol go‘shti kamroq. 15% cho‘chqa to‘shi bo‘ladi. Bu kolbasaning batonlarining shakli xalqasimon, o‘rtasidan bitta bog‘langan bo‘ladi.
Qaynatib-dudlangan kolbasalar tarkibi bo‘yicha xom dudlangan kolbasalardan deyarlik farq qilmaydi. Ularni tayyorlashning farqi shundaki, avvaliga kolbasalar 600S haroratda issiq dud bilan dudlanadi, keyin sovitilib qaynatilib-pishiriladi. So‘ngra pishgan kolbasa ikkinchi marta 400S haroratda 1sutka davomida dudlanadi. Dudlanib bo‘lganda keyin esa 7-12 sutka davomida quritiladi. Qaynatib-dudlangan kolbasalar tarkibida suv miqdori (43% gacha) ko‘proq bo‘ladi, shu sababli ham ular kamroq muddat saqlanadi.
Qaynatib dudlangan kolbasalar ham qanday xom ashyo ishlatilganligiga qarab oliy va 1-chi navlarga bo‘linadi. Oliy navli kolbasa assortimentiga Delikatesniy, Moskovskiy, Servelat, 1-chi navlariga esa Rostovskiy, Ukrainskiy, Qo‘y go‘shtli kabi kolbasa turlari kiradi.

Download 122,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish