Koʻkyoʻtal oʻtkir antroponoz, havo-tomchi yoʻli bilan yuquvchi bakterial infektiya hisoblanadi



Download 85,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana11.03.2022
Hajmi85,87 Kb.
#489444
1   2
Bog'liq
Koʻkyoʻtal - Vikipediya

Koʻkyoʻtal
(frans. cogueluche) -boʻgʻilib-boʻgʻilib yoʻtal tutishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli
kasallik. Koʻpincha bolalarda uchraydi. Borde-Jangu tayoqchasi degan bakteriya qoʻzgʻatadi (uni
kashf etgan belgiyalik J. Borde va fransiyalik O. Jangu nomidan). Havo-tomchi yoʻli orqali
yuqadi. Kasal bola aksirganda, yoʻtalganda havoga tarqalgan shilliq tomchilaridagi K. tayoqchasi
sogʻlom bolaning nafas yoʻllari orqali organizmga kiradi.
K. qoʻzgʻatuvchisi bola organizmida 2— 15 kun davomida hech qanday kasallik alomatlarini
paydo qilmasligi ham mumkin — bu inkubatsion davr. Keyinchalik bola bir oz yo'tala boshlaydi,
yoʻtal kun sayin zoʻraya boradi, harorati koʻtariladi, bola injiq boʻlib qoladi, yaxshi uxlay olmaydi,
ishtahasi yoʻqoladi, bu — kataral davr boʻlib, 2 haftagacha davom etadi. Bolaning ahvoli asta-
sekin yomonlasha boradi, ketma-ket qattiq yoʻtaladi va ikkinchi haftaning oxiri, uchinchi
haftaning boshlariga kelib, xurujsimon yoʻtalga aylanadi, kasallik uchinchi davrga — spazmatik
davrga oʻtadi, u 1—5 hafta davom etadi. Yoʻtal tutish davri kasallikning asosiy va doimiy alomati
boʻlib, yoʻtal 2—3-marta qattiq yoʻtalish bilan boshlanadi, keyin tinmay ketma-ket kalta-kalta
yoʻtalaveradi va nafasi ichga tushib ketib, tovush yorigʻi qisqarishi natijasida "gʻiyq" degan
tovush chiqadi. Yoʻtal tutganda bolaning yuzi avval qizarib, keyin koʻkaradi, koʻzi yoshlanib, unga
qon quyilishi mumkin, tili osilib ketadi, boʻyin tomirlari boʻrtadi. Ozroq balgʻam koʻchishi va
koʻpincha qayt qilish bilan yoʻtal tutishi toʻxtaydi. Yoʻtal tutgan paytida bolani koʻtarib olish yoki
oʻtirgʻizib qoʻyish lozim, ogʻizda yigʻiladigan shilliq ajralishini kamaytirish uchun boshini sal oldinga
engashtirib ushlab turish kerak. Yoʻtal tutmagan paytda bola oʻzini yaxshi sezadi. Bora-bora
yoʻtal tutishi kamayadi, bolaning ruhi yengillashib, sogʻayish davri boshlanadi, budavr 1—3 hafta
davom etadi. Bola kasallik boshlangan kunidan tortib 30 kungacha yuqumli hisoblanadi. K.ga
qarshi ommaviy emlash tufayli K. ning yengilroq turi koʻproq uchraydi, bunda yoʻtal tutish davri
juda yengil oʻtishi yoki yoʻtal tutmasligi ham mumkin. Emadigan va nimjon bolalarda K. ogʻirroq
kechadi. K.ning ogʻir xilidan keyin koʻpincha burun qonashi, bronxit, zotiljam (aksari goʻdaklarda)
kabi asoratlar kuzatiladi.


Oldini olish. Shu maqsadda AKDS (adsorbirlangan kukyoʻtal difteriya qoqshol) vaksivasi
qoʻllaniladi (bolalar 5, 6, 7 oyligida, keyin 1—2 yoshida va 6 yoshida vrach buyurganida emlanadi).
Kasal boʻlmagan, lekin bemor bilan muloqotda boʻlgan bolalar maʼlum kungacha alohidalab
qoʻyiladi.
Davosi. Kun tartibiga rioya qilish, sof havodan bahramand boʻlish, oz-ozdan, lekin dam-badam
toʻyimli ovqat berib turish tavsiya etiladi. Bemorni vrach davolaydi. K. bir umrga immunitet
qoldiradiDiagnostikasi: koʻp hollarda 2 stadiyada tashhis qoʻyiladi. Differential diagnoz asosan broxial
astma, 
sil
, surunkali obstruktiv oʻpka kasalliklari bilan qilinadi.
Davolash: kataral yoki konvulsiya davrida 2 hafta erytxromiysin yoki makrolidlar gruppasiga
kiruvchi preparatlar beriladi. Koʻkyoʻtalning oldini olish uchun profilaktik emlov qilinadi. Hozirgi
kunda kombinatsiyalashgan emlov, yani koʻkyoʻtal, 
qoqshol
, difteriya va poliomielitga qarshi
emlov qilinad1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. 
ГРАМОТА.РУ – справочно-информационный интернет-портал «Русский язык» | Словари |
Проверка слова (https://web.archive.org/web/20150227174739/http://gramota.ru/slovari/dic/?w
ord=%EA%EE%EA%EB%FE%F8&all=x)
, archived from 
the original (http://gramota.ru/slovari/dic/?w
ord=%EA%EE%EA%EB%FE%F8&all=x)
 on 2015-02-27,
https://web.archive.org/web/20150227174739/http://gramota.ru/slovari/dic/?
word=%EA%EE%EA%EB%FE%F8&all=x
, qaraldi: 2013-03-22
http://koklusch.narod.ru/
Versteegh FGA, Schellekens JFP, Fleer A, Roord JJ. Pertussis: a concise historical review
including diagnosis, incidence, clinical manifestations and the role of treatment and
vaccination in management. Rev Med Microbiol |2005;16(3)79-89 (http://www.sepeap.es/re
visiones/archivos/9902.pdf)
 
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/20090824054433/ht
tp://www.sepeap.es/revisiones/archivos/9902.pdf)
 2009-08-24
 Wayback Machine
saytida.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Havolalar


 
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Ko
ʻ
kyo
ʻ
tal&oldid=2402822

dan olindi

Download 85,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish