Koksinellidlar yoki tugmacha qо‘ng‘izlar turkumini aniqlash



Download 18,22 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi18,22 Kb.
#456655
Bog'liq
16. Koksinellidlar yoki tugmacha qо‘ng‘izlar turkumini aniqlash.


Koksinellidlar yoki tugmacha qо‘ng‘izlar turkumini aniqlash.
Koksinellidlar yoki tugmacha qо’ng’izlar-Coccinellidae oilasi. Ular qisman yirtqich va qisman о’simlikxо’r. Tanasi turli rangda, yelka tomoni bir oz bо’rtib chiqqan, tugmacha shaklli (yumaloq) qо’ng’izdir. Panja tuzilishi formulasi 4-4- 4, lekin uchinchi bо’g’imi kichkina va yashiringan, shuning uchun hamma panjalari 3 bо’g’imlikka о’xshaydi. Lichinkalari serharakat, kompodesimon, tukdor, xollar va sо’gallar bilan qoplangan, о’simliklarda yirtqichlik qilib hayot kechiradi. Faqat bir kenja oila vakillari о’simlikxо’r hisoblanadi, ularning lichinkalari uzun shoxlagan, tuklar bilan qoplangan. Koksinellidlar о’simliklarda g’umbaklanadi. Yirtqich turlari shiralar, shirinchalar, koksidalar va о’rgimchakkanalar bilan oziqlanadi. Har bir lichinka kunda 30-50 tagacha shira lichinkalarini yeyishi mumknn. Ular qishloq xо’jalik zararkunandalariga qarshi biologik kurashda juda qо’l keladi. Masalan, yetti nuqtali tugmacha qо’ng’iz va ikki nuqtaliadaliy qo‘ng‘izi. Malhamchilar-Meloidae oilasi. Bularning teri qoplagichi va ust- qanotlari yumshoq. Ba‘zi turlari rangli. Tirnoqlari asosiy qismiga qadar ayrisimon ajralgan. Rivojlanishi ortiqcha о’zgarishli yoki gipermetamorfoz tariqasida о’tadi. Tuxumdan kichkina kompodesimon lichinka chiqadi, u chigirtka kо’zachasiga kiradi yoki gullarga chiqib olib, biror asalariga ilashib, uning iniga kirib oladi. Lichinka u yerda tullaydi va qurtsimon lichinkaga aylanadi. Lichinka chigirtkalarning tuxumlari yoki asalarilarning ozig’i bilan oziqlanadi, bir necha qayta tullab, bir qator о’zgarishlarni о’taydi. Shunday qilib, malhamchilar chigirtka va asalarilarning paraziti qatoriga kiradi. Qо’ng’izlari о’simlikxо’r, sekin harakatchan. Qora tanlilar-Tenebrionidae oilasi. Bularning tanasi qattiq qoplagich bilan qoplagan, qora, oldingi yelkasining chetlari uchli, ingichkalashgan. Panja tirnoqlari oddiy. Kо’p turlarining ust qanotlari о’rta choki orqali yoyilib ketgan va orqa qanotlari yо’q. Lichinkalari uzun va qurtsimon: ikkita asosiy tipdagi lichinkalari bor. Birinchi tipdagi lichinkalar qoplagichi ojizroq skeletlangan va qorincha oxirida bir juft о’simtasi bor. Bunday lichinkalar namsevar bо’lib, kо’proq о’rmon zonalaridagi chirigan yog’ochlarda, pо’stloqlar ostida va shunga о’xshash joylarda yashaydi. Ular о’simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadi yoki yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Ikkinchi gruppaga quruqsevar lichinkalar kiradi. Bu gruppaga qarashli lichinkalarning teri qoplagichi tekisroq, qorinchasi uchida о’simtalari yо’q va tuproqda yashaydi. Ust kо’rinishi qirsildoq qо’ng’izlar lichinkasiga о’xshaydi hamda soxta simqurtlar deb ataladi. Qora tanli qо’ng’izlarning turi 15 mingdan ortiq. Ular chо’l va sahro zonalari uchun xarakterli. О’rta Osiyo territoriyasida kо’proq tarqalgan. Qо’ng’izlar, odatda, sekin yuradi. Yertо’lalarda uchraydigan sassiqqo‘g‘izBlaps mortisaga L. zararkunandalar qatoriga kiruvchi keng kо’krakli sekin yurar V. lethifera Marsch hasharot hisoblanadi. Kо’p turlari kechasi harakatlanadi, kunduzi toshlar, xas-hashaklar orasida va pastqam yerlarda yashirinib yotadi. Qator turlarning lichinkalari ekilgan urug’lar va о’simlik ildizlariga zarar keltiradi.
Download 18,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish