Manzilgohlarni loyihalashtirishda ko'chatlar me'yorini elementlar bo'yicha qayta taqsimlab chiqish mumkin. Ko'chatlardan yanada unumliroq foydalanish maqsadida ularni markazni shakllantiruvchi jamoat binolari oldidagi xiyobonlar (bog'lar), turar-joy guruhlari va turar-joy uylarining o'rtasida joylashtirsa bo'ladi, shunga ko'ra park va bulvarlar hajmini kichraytirish maqsadga muvofiq. Aholisi 2 ming kishigacha bo'lgan qishloq xo'jalik korxonalarining yordamchi posyolkalarida klub, ma'muriy bino, mahalla markazlarida xiyobon yoki bog' loyihalansa ma'qul ish bo'lar edi.
O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibidagi "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi va Turkiyaning "Arifiye Fidanchilik" kompaniyasi o'rtasidagi anglashuv memorandumi – Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'onning O'zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan edi. Mazkur hujjat ikki tomonlama amaliy hamkorlikning huquqiy asosi bo'lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |