Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari. Shaharni ko’kalamzorlashtirish toifalari, me’yorlari



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana03.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#632554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17-ma’ruza.Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari

-
 
poydevor; devor “tana”si; suv ketish joyi. 
Poydevor bu devor “tana”si o’rnatiladigan asosdir. 30 sm balandlikdagi 
devorlar uchun poydevor o’rnatilmaydi. 1 metrdan baland bo’lgan devor uchun 
mustaxkam poydevor lozim (devor balandligining 1/3 nisbatida). Tirgak devor 
qiyaligi devorning balandligiga uning uzunligi nisbatidan kelib chiqadi. 
Poydevorlarni tosh, shag’al, qum, ba’zan zichlangan og’ir yoki sement 
qorishmasi bilan mustaxkamlangan loydan qilinadi. 
Teskari tomondan grunt bosimini ushlab turish uchun devor konstruktsiyasi 
mustaxkam bo’lishi kerak. Devorga bosim yog’ingarchilik ko’p bo’ladigan va qor 
erish paytida yerning suv bilan to’yinganligida ko’p marta oshadi. SHuning uchun 
devor konstruktsiyasida maxsus drenaj teshiklari bo’lgan suv ketish joyi bo’lishi 
lozim. Devorning yuqori qismini suv ketish chizig’i tomonga qiyalatib ornatiladi. 
Suv ketish joyini devorning pastki qismidan chiquvchi shag’aldan va drenaj 
quvurlaridan qilinadi. Devor “tana”si orasida va yonidagi gruntga yirik zarrali qum 
sepiladi, poydevorda devor bo’ylab ortiqcha namlikni yig’ib, ketkazish uchun 
asbosement yoki keramik quvur (100 mm diametrli) o’tkaziladi. 
Tirgak devorga zina o’rnatish, skameyka, chiroqlar, fontan va boshqa 
dekorativ elementlar o’rnatish mumkin. 
Devorning old qismi yuzani pardozlash ashyolari bilan bezatiladi: plitka, 
mayda shag’al, tosh, yirik galka va b. 
Tirgak devor gulli o’simliklar bilan birga terrasa kompozisiyalarining 
aksenti, fon yoki shunchaki aloxida gazon hududlari va maydonchalarni chegaralab 
turishi 
mumkin. 
Vertikal 
ko’kalamzorlashtirishni chirmashib o’suvchi 
o’simliklardan tashkil etish mukin. Bu xolda devorga oldindan tayanchlar 
o’rnatiladi, chunki betonning silliq yuzasida o’simliklar o’sishi qiyin bo’ladi. 
Tirgak devorlarni yaratishda tanlangan ashyo xam muhim ahamiyatga ega. 
Gishtli devorlar
bog’ning shakl strukturasini ajratib ko’rsatadi, shuningdek, 
gisht unchalik kimmat bo’lmaydi, lekin uni terishda qiyinchiliklar tug’ilishi 
mumkin. Gishtlarni joylashtirishda vertikal choklar keyingi qator choklariga ustma-
ust tushmasligi lozim. SHuningdek, gishtli devorni xar xil terish orqali turli 


ko’rinishlarda qurish mumkin. Gishtli devorni maxsus plitka, tabiiy yoki sun’iy tosh 
bilan yuzasini pardozlash mumkin. Bu xolda toshlar tutashgan joydan eritma 
o’tishiga yo’l qo’ymaslik kerak. 
Tabiiy toshli devorlar
juda chiroyli ko’rinadi. Buning uchun oxak, plita, 
slaneq, granit, gneys, porfir, dolomit, valun yoki daryo galkasini qo’llash mumkin. 
Xarchil o’lchamdagi toshlarini bir-biriga shunday o’rnatiladiki, ular o’zaro zich 
joylashishi lozim. Ko’pincha toshlarni mustaxkamlovchi eritma qo’llanilmaydigan, 
orasini grunt bilan to’ldirib, tog’ o’simliklari ekish mumkin bo’lgan quruq terish 
qo’llaniladi. 
Yog’ochli tirgak devorlar.
Quruq tirgak devorlar uchun yog’ochdan 
foydalanish mumkin. Ular ko’p muddatga yaroqli bo’lmasa xam zamonaviy 
landshaft dizayni nuqtai nazaridan qulayroq xisoblanadi. Yog’och to’sin yoki torf 
bloklar kichik muntazam bog’chaga to’g’ri keladi, lekin ular istiroxat bog’i yoki 
tabiiy, yarimyovvoyi bog’ uchun juda mos. 
Dekorativ beton bloklardan tashkil topgan devor.
Bu, qoida bo’yicha, 
monolit beton (yog’och qolip qo’llangan). Beton devorga metall to’r o’rnatiladi, 
keyin tabiiy yoki sun’iy tosh bilan yuzasi qoplanadi. Beton bloklarni qo’llash 
nafaqat narxini arzonlashtiradi, balki devorni mustaqil qurishni osonlashtiradi. 
Qurilishda egri chiziqli shakldagi devorlar qulayroqdir. SHuningdek, xar xil 
shakldagi teshikli beton bloklar xam mavjud. 
Sun’iy toshli bloklar.
Bunday bloklarni ishlab chiqarishda betonga odatiy 
qo’shimcha o’rniga tosh mayda zarrachalari qo’shiladi. Yuzasi silliq xam, g’adir-
budir xam bo’lishi mumkin. Sun’iy bloklar nafaqat to’siq va tirgak devorlar uchun, 
balki skameykalar, ochiq o’choqlar, o’simliklar uchun idish, pergolalarda va 
x.k.larda xam qo’llash mumkin. 
Yuqorida sanab o’tilganlarning qaysi birini tanlash lozim? Albatta, bog’ning 


umumiy arxitekturaviy ko’rinishiga mos keladiganini. 
Tirgak devorlar qanday xollarda zaruriy konstruktsiya xisoblanadi? Agar 
aloxida joylarda tirgak devorlar dekorativ rol o’ynasa, suv xavzalari va daryolar 
bo’yida ular eng kerakli elementdir. Qirgoqlari mustaxkamlanmagan suv 
xavzalarida suv doim xira bo’ladi, qiyaligi esa eruvchan va sirpanchiq bo’ladi. 
Tirgak devorlarni suv tagidan, keskin qiyali qirg’oqlarda gruntni maxkamlab 
o’rnatiladi. Suv xavzalari bo’ylari va jarliklarda ko’chkilar ko’p uchraydi va bu 
xolat kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin. Balandligi 3 metrgacha bo’lgan 
farqlarda keskin qiyaliklarni qurishni tirgak devorlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish