99
Barcha temir navlari orasida ishlov berish va toblash orqali kerakli darajadagi pishiqlik
va puxtalikka yetkazish qulayligi borasida po‘lat birinchi o‘rinda turadi. Bunda temir avvaliga
qizarib, chog‘ holatiga kelgunicha qizdiriladi va so‘ngra uni birdaniga sovuq (muzdek) suvga
solinadi. Mazkur jarayon metallurglar tilida «metallni bo‘shatish» deyiladi. Po‘latning
pishiqlik va qattiqlik borasidagi muayyan xususiyatlari, uni tayyorlash
jarayonida temirning
qanday toblangani va tarkibida uglerod qancha miqdorda qo‘shilgani bilan bog‘liq bo‘ladi.
Agar po‘lat tarkibida uglerod miqdori 0,2% dan kam bo‘lsa, u
kam uglerodli po‘lat
deyiladi.
Bunday po‘lat xossalariga ko‘ra cho‘yanga o‘xshab ketadi va juda arzonligi tufayli, hozirda
deyarli cho‘yanning o‘rnini egallab bo‘lgan. tarkibida 0,2% dan 0,6% gacha uglerod tutadigan
po‘latni
konstruksion po‘lat
deyiladi. Qurilish uchun ishlatiladigan metall balkalar, ko‘priklar
va boshqa inshootlarning metall asoslari va metallokonstruksiyalar aynan shunday po‘latdan
quyiladi. Po‘lat navlari ichida eng pishiq va qattig‘i
instrumental po‘lat
deyiladi. Instrumental
po‘latda 1-1,5% uglerod mavjud bo‘ladi. Mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi metall
detallari, turli muhandislik ish qurollari va tig‘li kesish asboblari shunday navli po‘latdan
tayyorlanadi.
Po‘latning xossalari shuningdek, temir va ugleroddan tashqari,
unga boshqa
qo‘shimchalarning qo‘shilganligi va ularning nisbati bilan ham belgilanadi. Hozirda jahon
bozorida po‘latning yuzdan ortiq navlari mavjud. Butun dunyo bo‘ylab har yili millionlab tonna
po‘lat ishlab chiqariladi. Avtomobilsozlik sanoati jahon po‘lat ishlab chiqarishining deyarli
20% qismini iste’mol qiladi. Ishlab chiqarilgan po‘latning
qolgan qismi esa, asosan,
mashinasozlik, temir yo‘l qurilishlari va qurilish sohalariga yo‘naltiriladi. Hozirda insoniyat
po‘latdan shu darajada keng foydalanmoqdaki, tarixchilar hozirgi davrni qo‘rqmay
po‘lat davri
deyish mumkin deb ta’kidlashmoqda.
Zamonaviy dunyoda po‘lat odamzot hayotini shu darajada o‘zgartirib yuborganki,
endilikda sivilizatsiyamizni usiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Xususan, barcha yirik shaharlardagi
osmono‘par bino va inshootlar aynan po‘lat tufayli shu maqomda qad rostlashgan. Avvallari
binolar asosan yog‘och va g‘ishtdan qurilgan zamonlarda, bino balandligi bir necha qavatdan
ortishi mumkin emas edi. Chunki, bunda bino og‘irligi uning asosiga quyilgan poydevorni
(fundament) pachoqlab tashlardi. Hozirda yuzlab qavat balandlikka
ega bino va inshootlar
istisnosiz ravishda faqat po‘lat karkas asosiga quriladi. Po‘lat asosida qurilgan binolarda tashqi
qoplamani oynavand qilishi orqali yanada jozibador va shu bilan birga yengil qilish urfga
kirmoqda.
Po‘lat shunchaki mustahkam bo‘lib qolmay, balki, ajoyib elastik xossaga ham ega.
Agar po‘latga tashqi omillar ta’sir qilishi natijasida u egiladigan bo‘lsa, o‘sha ta’sir kuchi yo‘q
bo‘lishi bilan, po‘lat yana o‘z holiga qaytadi. Shu sababli ham, me’morlar
yuzlab qavatli
osmono‘par binolarni shamol va zilziladan qo‘rqmay bunyod etishadi. Insoniyat aynan po‘lat
tufayligina osma ko‘priklar va boshqa murakkab me’moriy-muhandislik yechimlarini barpo
eta olmoqda. Xulosa qilib aytganda, qayerdaki pishiqlik va mustahkamlik zarur bo‘lsa, o‘sha
joy uchun po‘latdan o‘tadigan metall boshqa yo‘q. Boz ustiga, u eng arzon metall hamdir.
Biroq, ushbu eng pishiq va eng arzon metallning ham o‘ziga
yarasha ayrim
kamchiliklari mavjud. Bunday kamchiliklardan eng jiddiysi – uning kislorod bilan osongina
100
birikib qolishidir. Kislorod bilan birikish reaksiyasi ba’zi navlarda juda tez, ba’zilarda esa
birmuncha sekin kechishi mumkin. Oddiy xalq tilida bu jarayonni
Do'stlaringiz bilan baham: