Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

alyuminiy oksidining gidratlari
dan iborat mayda zarrachalarni hosil qiladi. Bunday zarrachalar 
bilan ishlov berilsa, mato tolalari bir-biriga yanada jips yopishadi va matoning pishiqligi ortadi. 
Boz ustiga, bunday gidrat bilan ishlov berilgan mato sirtiga bo‘yoqlar ham yaxshi o‘rnashadi 
va to‘qimachilikda shu orqali mahsulot rang-barangligi ortishiga erishiladi. Bo‘yoq 
moddalarning yaxshi o‘rnashishiga zamin bo‘luvchi bunday moddalarni kimyogarlar 
mordantlar deb nomlaydilar. Mordantlar vositasida matolarni bo‘yash ancha osonlashadi.


91 
Siz yuqoridagi hikoyalardan kelib chiqib, alyuminiyning birikmalari atrofda tiqilib 
yotibdi ekan degan fikrga borgan bo‘lishingiz mumkin. Haqsiz. Alyuminiy birikmalari tabiatda 
haqiqatan ham juda ko‘p va u har tarafda sochilib yotibdi. Lekin, bu degani alyuminiyning o‘zi 
har yerdan topsa bo‘ladigan arzon metall degani emas. Alyuminiy tuproq va gil tarkibida 
salmoqli miqdorda ekanini bilgan holda, ko‘pchilik uni juda oson va deyarli tekinga olinadigan 
modda deb o‘ylaydi. Aslidachi?
Aslida hammasi tamomila boshqacha. U oyoq ostimizda, har yerda to‘lib yotgani bilan, 
lekin alyuminiyni alohida holda ajratib olish oson ish emas. Tuproq va umuman, silikatlar 
tarkibida mavjud bo‘lgan alyuminiy atomlari boshqa elementlar atomlari bilan shu darajada 
mustahkam birikib olganki, ularning bog‘larini uzish, ya'ni, alyuminiyni alohida ajratib 
olishning deyarli iloji yo‘q.
Metall alyuminiyni birinchi bo‘lib, 1825-yilda Daniyalik kimyogar Xans Xristian 
Ersted (1777-1851) ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, uning alyuminiy ajratib olish usuli 
juda qimmat bo‘lib, iqtisodiy jihatdan o‘zini mutlaqo oqlamas edi. Shunga qaramay, Ersted 
yo‘lga qo‘ygan usul, alyuminiyni metall holida ajratib olish uchun yana 25 yil davomida 
yagona usul bo‘lib qoldi va shu sababli, to 1850-yilgacha alyuminiydan tijorat va sanoat 
maqsadlarida foydalanishning iloji bo‘lmagan. Lekin, 1850-yillarda alyuminiyni sanoat 
miqyosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganida ham, uning tannarxi juda qimmat bo‘lib 
qolavergan. O‘sha paytlarda ushbu metall xuddi oltin va kumush kabi qimmatbaho metallar 
turkumiga kirgan. Chunonchi, 1850-yilda 1 kg alyuminiy narxi 180 AQSH dollarini tashkil 
qilgan. Bu narx o‘sha paytdagi kumush narxidan deyarli ikki barobar qimmat bo‘lib, oltinning 
narxi bilan teng yurgan.
Narxining o‘ta qimmatligi sababli, alyuminiydan tayyorlangan buyumlar XIX asr 
o‘rtalarida ziynat va hashamat buyumlari sifatida qadrlangan. Alyuminiydan yasalgan 
narsalarga faqat qirol va uning oilasi, shuningdek eng badavlat mulkdorlar va zodagonlar, ega 
bo‘lishgan xolos. 1850-1860 yillarda Farangistonda hukmronlik qilgan imperator Napoleon III 
uchun maxsus alyuminiy sanchqi (vilka) tayyorlangan. Uning go‘dak o‘g‘li uchun esa 
alyuminiydan shildiroq o‘yinchoq tayyorlab berishgan. Ya'ni, o‘sha paytlarda alyuminiy faqat 
imperatorga tegishi hashamat belgisi bo‘lgan. 1855-yilda Parijda o‘tkazilgan butunjahon 
ko‘rgazmasida alyuminiy quymasi Fransiya fan-texnikasining eng yuksak yutuqlaridan biri 
sifatida katta shov-shuv bilan namoyish qilingan. Uni olimlar «loydan olingan kumush» deb 
atashgan.
Biroq, kimyogarlar tuproqdan alyuminiy ajratib olishning nisbatan oson va arzon 
yo‘llarini muntazam qidirib, tobora yangi-yangi usullarni ishlab chiqa boshladilar. 
Mutaxassislarning sayi-harakatlari bilan, 1880-yillar boshiga kelib alyuminiyning bozor narxi 
10 AQSH dollari qiymatigacha tushib ketdi. Chunki, alyuminiy olishning juda arzon 
texnologiyalari ixtiro qilingan edi. Alyuminiy olish texnologiyasidagi eng muhim voqea esa 
1886-yilda sodir bo‘ldi. O‘shanda, atiga 22 yoshda bo‘lgan amerikalik kimyogar Charlz Martin 
Xoll (1863-1914) tomonidan, alyuminiy oksididan metall alyuminiy ajratib olishga asoslangan 
juda arzon texnologik usul o‘ylab topilgan edi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Xoll bilan bir 
yilda tug‘ilib, u bilan aynan bir yilda vafot etgan farang kimyogari Pol Eru ham, aynan o‘sha 


92 
1886-yilda metall alyuminiy olishning xuddi shunday usulini kashf qilgan edi. Aytilishicha, 
Xoll va Eru bir biridan mutlaqo bexabar, har ikkisi ham mustaqil tarzda ushbu usulni kashf 
qilishgan emish.
Alyuminiyning toza oksidi oq kristall modda ko‘rinishida bo‘lib, u ikki atom alyuminiy 
va uch atom kisloroddan iborat bo‘ladi (Al
2
O
3
). Tabiiy alyuminiy oksidini shuningdek 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish