Atmosfera. Quyosh atmosferasi bir necha qatlamlardan iborat: - - Fotosfera. Quyosh atmosferasining quyi qatlami. Bevosita konvektiv oblastining tepasida joylashgan. Fotosfera qizigan, ionlashgan gazlardan iborat. Uning quyi qismida (asosida) harorat 6000 daraja, yuqori qismida esa 4500 daraja. Fotosfera juda yupqa gaz qatlamidan iborat;
- - Xromosfera. Quyosh to‘la tutilganda qoraygan doiraning eng chekkasida och qizil yog‘du ko‘rinadi. Ana shu yog‘du xromosfera deyiladi. Xromosfera fotosferaning tepasida joylashgan;
- - Quyosh toji-Quyoshning tashqi atmosferasi hisoblanadi. U juda siyrak ionlashgan gazlardan iborat. Quyosh tojining tashqi qatlamlari koinotga toj gazlarini tarqatadi. Mazkur gazlarni Quyosh shamoli deb atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |