2.1. Linux operatsion tizim………………………………………………….…...15
2.2. Mac os……………………………………………………………...27
3.TEXNIKA XAVFSIZLIGI………………………………………………………………38
4.Xulosa……………………………………………………………………………………39
5.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………
Kirish
Windows operatsion tizimlari, Apple firmasining– MacOS operatsion tizimi, Unix va Linux operatsion tizimlari - bu maxsus dastur bo’lib, bu dasturning asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ularning ishlash holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Apple firmasining Macintosh – MacOS operatsion tizimi, Unix va Linux operatsion tizimlari.
UNIX (talaffuzi: yuniks; UNIX — The Open Group[1] kompaniyasining ro’yxatdan o’tgan savdo belgisidir) — portativ, ko’p vazifali va ko’p foydalanuvchili operatsion tizimlar oilasi bo’lib, ular 1970-yillarda Ken Tompson, Dennis Richi va boshqalar tomonidan Bell labaratoriyasi (Bell Labs)da ishlab chiqilgan original AT&T Unix loyihasi g’oyalariga asoslangan. Unix tizimining yuzaga kelishida Multics operatsion tizimining ta’siri katta bo’lgan. UNIX logotipi. Unix turkumiga kiruvchi operatsion tizimlar modulli konstruksiya bilan ajralib turadi, bunda har bir vazifa alohida yordamchi dastur tomonidan bajariladi, o’zaro aloqa yagona fayl tizimi orqali amalga oshiriladi va utilitlar bilan ishlash uchun buyruqlar satri qo’llaniladi. Unix g’oyasi kompyuter operatsion tizimlarining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Unix tizimlari hozirda tarixiy eng muhim operatsion tizimlardan biri sifatida tan olingan.
Linux operatsion tizim harakterli hossalari Linux operatsion tizimi 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida taxsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning disеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha "free", "freak" so’zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi "X" xarflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Tordaldsning do’sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi. Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog’iga joylashtirishi natijasida tеz orada o’z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo’ldi va ko’pgina dasturchi (programmist)larni o’ziga jalb qilishi Linux opеratsion tizimining kеskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi. Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o’ziga xos o’riniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog’i orqali yoki bo’lmasa kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega.
Mac OS (Macintosh Operating System) - bu Macintosh kompyuterlari qatori uchun Apple tomonidan ishlab chiqilgan (avval Apple Computer) bir qator grafik foydalanuvchi interfeysi operatsion tizimlarining markasi. Zamonaviy operatsion tizimlarda foydalanuvchilarning grafik interfeysini ommalashtirish ko'pincha Mac OS uchun muhim hisoblanadi. U 1984 yilda original Macintosh 128K bilan birgalikda sotuvga chiqarildi. Mac OS 1984 yilda Apple-ning birinchi Macintosh shaxsiy kompyuteri bilan ishga tushirildi. Mac OS tizimining birinchi versiyasida yaratilgan g'oyalar, uning mualliflari Xerox kompaniyasidan to'plangan. O'sha paytda, Xerox PARC tadqiqot markazida allaqachon operatsion tizimlarning evolyutsion rivojlanishida haqiqiy yutuq bo'lgan grafik operatsion tizimli kompyuter mavjud edi. Ammo ular buni faqat o'z ehtiyojlari uchun ishlatishdi va tijorat maqsadlarida foydalanishni rejalashtirishmagan. Mavjud tajriba va o'zlarining fikrlarini birlashtirib, Apple dasturchilari hamma uchun mavjud bo'lgan birinchi grafik operatsion tizim Mac OS-ni yaratdilar.