Кодирова Назокат асосий восита хисоб


IV-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA



Download 366,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/43
Sana28.06.2021
Hajmi366,95 Kb.
#103764
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobi va ulardan foydalanish samaradorligining tahlili payariq tuman ziyaboy ortiqov fermer xojaligi misolida

IV-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 

FERMER XO’JALIKLARIDA ASOSIY VOSITALARDAN FOYDALANISH 

SAMARADORLIGINING TAHLILI 

4.1. Samaradorlik va uni tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar 

Samaradorlik  -  ma’lum  bir  davr  mobaynida  yaratilgan  pirovard  natija  bilan 

mahsulot  birligi  ishlab  chiqarishga  sarflangan  moddiy  va  mehnat  resurslari 

xarajatlarini nisbatidir. 

Samaradorlikni oshirish har bir qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining eng 

asosiy  vazifasi  hisoblanadi.  U  xo’jalik  yuritishning  sifat  va  miqdor 

ko’rsatkichlarini,  shuningdek,  buyumlashgan  va  jonli  mehnat  xarajatlari  hamda 

olingan natijalar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. 

Biroq, 

iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash 

sharoitida 

“samaradorlik” 

tushunchasi, 

garchi, 

daromad 


olish, 

xarajatlarni 

kamaytirish, 

mehnat 


samaradorligining  o’sishi,  fond  qaytimi,  rentabellik  va  hokazolar  samaradorlik 

tabiatiga  mos  kelib,  bozor  iqtisodiyoti  talablariga  zid  kelmasada,  baho,  foyda, 

daromad,  xarajat  kabi  tushunchalarga  qaraganda  kam  qo’llanilmoqda.  Samarali 

ishlash degani o’z mohiyatiga ko’ra, mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, 

noishlab  chiqarish  xarajatlari  va  yo’qotishlarni  kamaytirish,  ishlab  chiqarish 

quvvatlari  va  ishchi  kuchidan  yaxshiroq  foydalanish,  mehnat  samaradorligini 

oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. 

 “Samara”, 

“samaradorlik”, 

“ijtimoiy-iqtisodiy 

samaradorlik” 

kabi 


tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur. 

Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad 

hajmini  oshirish,  mahsulot  tannarxini  kamaytirish,  sifatsiz  mahsulot  ishlab 

chiqarishni  kamaytirish  yoki  umuman,  yo’q  qilish  bilan  bog’liq  bo’lgan  korxona 

faoliyatining  ijobiy  natijalaridir.  Bu  yutuqlar  natural  shaklda  ishlab  chiqarish 

samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




50 

 

Samaradorlik,  avvalo,  qishloq  xo’jalik  korxonalari  faoliyatining  sifat 



jihatlarini  tavsiflovchi  tushunchadir.  U  “samara”  toifasidan  kelib  chiqadi  hamda 

unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega. 

Samaradorlik  chora  sifatida  ko’plab  texnik,  iqtisodiy,  loyiha  va  xo’jalik 

qarorlarini  avvaldan  belgilab  beradi.  Korxona  o’zining  xo’jalik,  ilmiy-texnik  va 

investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. 

Iqtisodiy  samaradorlik  samaradorlikka  qaraganda  bir  muncha  tor  ma’noni 

anglatadi.  U  qabul  qilinayotgan  qarorlarning    xo’jalik  yuritishda  maqsadga 

muvofiqligini  tavsiflaydi  hamda  barcha  hollarda  samaraning  unga  erishish  uchun 

ketgan  xarajatlar(ishlab  chiqarish  resurslari)ga  nisbati  sifatida  aniqlanadi. 

Xarajatlar qanchalik kam  bo’lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan  holda), samara 

shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorlik  ishlab  chiqarish  samaradorligini  mehnat 

sharoitlarini,  uning  ijodkorlik  mazmunini  boyitish,  aqliy  va  jismoniy  mehnat 

o’rtasidagi  farqni  yo’qotishni  inobatga  olgan  holda  tavsiflaydi.  Ijtimoiy-iqtisodiy 

samaradorlik  bir  vaqtning  o’zida,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  kuchaytirish, 

korxonaning  muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritishi,  shaxsning  har  tomonlama 

rivojlanishi  va  uning  barcha  qobiliyatlaridan  foydalanishning  sabab  va  natijasi 

hisoblanadi.  Bevosita  ijtimoiy  samara,  xodimlarning  bilim  va  malakasi,  tajriba  va 

madaniyatining  o’sishi,  aholi  sog’lig’ining  yaxshilanishi  va  umr  ko’rishining 

uzayishida aks ettiriladi. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  –  korxona  rahbariyatining  doimiy 

vazifasidir. Bu vazifani echish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog’liq bo’ladi: 

  bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda 



eng  kam  xarajatlar  bilan  ishlab  chiqarishning  maksimal  hajmini  ta’minlovchi, 

optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash; 

  iste’molchilar  talabini  qondirishga  yo’naltirilgan  mahsulotni  sotish  va 



yuqori daromad (foyda) olish; 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



51 

 



  aylanma  vositalarni  tejash  imkoniyatini  yaratuvchi  optimal  ishlab 

chiqarish zahiralarini yaratish. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish,  xo’jalik  yuritishning  bozor  tizimi 

hamda  har  qanday  davrning  muhim  talabidir.  Samaradorlik  istalgan  korxonaning 

iqtisodiy  barqarorligi  va  faoliyat  yuritish  qobiliyatini  aks  ettiradi.  Har  qanday 

ishda,  jumladan,  korxonalar  faoliyatida  samaradorlikning,  ijobiy  natijalarning 

mavjud  bo’lmasligini,  obrazli  qilib  aytganda,  ovoragarchilik,  vaqt,  kuch  va 

resurslarni yo’qotish bilan izohlash mumkin. 

Fan-texnika 

taraqqiyoti 

korxonalarning 

ishlab 


chiqarish 

faoliyati 

samaradorligini  oshirishda  muhim  omil  bo’lib  kelgan  va  hozirda  ham  o’z 

ahamiyatini  yo’qotmagan.  Mazkur  omildan  quyidagi  yo’llar  bilan  foydalanish 

mumkin: 

  ishlab  chiqarish  va  mehnatni  mexanizatsiyalashtirish,  avtomatlashtirish 



hamda kompleks ravishdagi mexanizatsiyalashtirish; 

  asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish; 



  progressiv,  mehnat  hamda  resurslarni  tejashga  yo’naltirilgan  texnologik 

jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish; 

  xom  ashyo  va  materiallar  (mehnat  predmetlari)  zamonaviy  turlarini 



yaratish va ulardan foydalanish; 

  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,  rejalashtirish  va  boshqarish  jarayonlarida 



zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish; 

  ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish. 



Amaliyotda 

fan-texnika 

taraqqiyotining, 

jumladan, 

uning 

tarkibiy 



qismlarining  ahamiyati  va  rolini  inkor  qiluvchi  yoki  tushunmovchi  korxonani 

topish amrimahol.  Biroq  ushbu  omilni amalga oshirish  uchun  faqatgina  hohish  va 

istaklarning  o’zigina  etarli  emas.  Buning  uchun  birinchidan,  fan-texnika 

taraqqiyotining  ayni  paytda  zarur  bo’lgan  yo’nalishlarini  izlash  va  aniqlash, 

ikkinchidan,  pul  mablag’larini  va  boshqa  zarur  bo’lgan  resurslar  (investitsiyalar) 

izlab topish, uchinchidan, zamonaviy ilmiy-texnikaviy  ishlamalarga ixtisoslashgan 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




52 

 

ilmiy-tadqiqot  institutlari,  konstruktorlik,  texnologik  va  boshqa  ilmiy  muassasalar 



bilan  kerakli  aloqalarni  “bog’lash”,  to’rtinchidan,  o’z  ilmiy-texnikaviy 

maqsadlarining samaraliligini hisoblab chiqish talab qilinadi. 

Qishloq  xo’jalik  korxonalari  faoliyatining  samarali  bo’lishida  ishlab 

chiqarishni  intensivlashtirish,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  turi  va 

sifatini  oshirish  hamda  jahon  standartlari  darajasiga  etkazish,  korxonaning  ishlab 

chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o’rinni egallaydi. Bunga 

esa  zamonaviy  mashina  va  asbob-uskunalar,  zamonaviy  texnologiyalar,  ishlab 

chiqarish  va  mehnatni  tashkil  qilishning  ilg’or  usullaridan  foydalanish  orqali 

erishiladi. 

Fermer  xo’jaliklarida  asosiy  vositalardan  foydalanish  samaradorligini 

ifodalaydigan ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 

  100 so’mlik moddiy xarajat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;  



  100  so’mlik  asosiy  ishlab  chiqarish  fondiga  to’g’ri  keladigan  foyda 

miqdori; 

  1 gektar hisobiga to’g’ri keladigan energetik resurslar quvvati; 



  1 xodim hisobiga to’g’ri keladigan asosiy fondlar hajmi;  

Iqtisodiy samaradorlikni ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlar resurslar va ulardan 

foydalanish  ko’rsatkichlari  hisoblanadi.  Qishloq  xo’jaligida  ishlab  chiqarish 

samaradorligi  natijasiga  katta  ta’sir  qiladigan  ko’rsatkichlardan  biri  xo’jalikning 

fondlar  bilan  ta’minlanish  ko’rsatkichi  hisoblanadi.  Asosiy  vositalardan 

foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar uch guruhga bo’linadi: 

1.  Fond qaytimi. 

2.  Fond sig’imi. 

3.  Fond rentabelligi. 

Asosiy  fondlardan  foydalanishning  iqtisodiy  samaradorligi  fond  qaytimi  va 

fond  sig’imi  ko’rsatkichlari  yordamida  aniqlanadi.  Fond  qaytimi  yil  davomida 

ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotni yoki foydani asosiy fondlarning o’rtacha yillik 

qiymatiga  taqsimlash  yo’li  bilan  aniqlanadi.  Fond  qaytimi  xo’jalikda  mavjud  1 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




53 

 

so’mlik asosiy fondlar evaziga qancha so’mlik yoki tiyinlik yalpi mahsulot (foyda) 



ishlab  chiqarilganini  bildiradi.  Bu  ko’rsatkich  natijasi  qancha  yuqori  bo’lsa, 

fondlardan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. 

Fond  sig’imi  fond  qaytimining  aksi  bo’lib,  asosiy  fondlarning  o’rtacha  yillik 

qiymatini  xo’jalikning  yalpi  mahsulotiga  bo’lish  natijasida  aniqlanadi.  Fond 

sig’imi xo’jalikda 1 so’mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarish uchun qancha so’mlik 

asosiy  fond  ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashganini  ko’rsatadi.  Fond  sig’imi 

ko’rsatkichi  qanchalik  past  bo’lsa,  asosiy  fondlardan  foydalanish  samaradorligi 

shunchalik  yuqori  hisoblanadi.  Fond  qaytimi  va  sig’imini  foydaga  nisbatan  ham 

aniqlash maqsadga muvofiq.  

Asosiy  vositalarning  samaradorlik  ko’rsatkichlarini  omilli  tahlil  asosida 

mahsulot ishlab chiqarish hajmini yoki fondlar samarasini oshirish  yuzasidan ichki 

imkoniyatlarning  mavjudligi  o’rganiladi  va  tahlil  yakunida  korxonada  asosiy 

fondlardan  foydalanishga  va  ularning  samaradorligini  oshirish  yuzasidan  muhim 

iqtisodiy  yo’nalishlar belgilanadi. 

Demak, fermer xo’jaliklarida asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini 

oshirish  imkoniyatlarini  xo’jalik  xususiyatlaridan  kelib  chiqib  o’rganish,  bunda 

fondlar bilan ta’minlanish darajasi va ko’rsatkichlarini tuman darajasida o’rganish 

bilan birgalikda xo’jalik miqyosida amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi. 

Asosiy  vositalarning  samaradorlik  ko’rsatkichlarini  omilli  tahlil  asosida 

mahsulot ishlab chiqarish hajmini yoki fondlar samarasini oshirish  yuzasidan ichki 

imkoniyatlarning  mavjudligi  o’rganiladi  va  tahlil  yakunida  korxonada  asosiy 

fondlardan  foydalanishga  va  ularning  samaradorligini  oshirish  yuzasidan  muhim 

iqtisodiy  yo’nalishlar belgilanadi. 


Download 366,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish