3.3. Asosiy vositalar eskirishining hisobi
Asosiy vositalar qiymati amortizatsiyani hisoblash yo’li bilan so’ndiriladi.
Amortizasiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati mobaynida subyekt
xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida muntazam taqsimlanadi.
Amortizasiya - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning
amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan
holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam
taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasi.
Asosiy vositalar qiymatini xarajatga bosqichma-bosqich, ya’ni qisman qo’shib
boradi. Ana shu asosiy vositaning xarajatga, ya’ni mahsulot (ish, xizmat)
tannarxiga qo’shiladigan qismi amortizasiya ajratmalari deyiladi. Amortizasiya
ajratmalari yig’indisi – eskirish summasini tashkil etadi.
Fermer xo’jaliklarining mulki hisoblangan yoki uzoq muddatli ijara
shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to’g’risidagi
axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0211 "Yerni obodonlashtirishning eskirishi";
0212 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni
obodonlashtirishning eskirishi";
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi";
0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi";
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi";
0260 "Transport vositalarining eskirishi";
0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi";
0280 "Ko’p yillik o’simliklarning eskirishi";
0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi".
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
40
Analitik hisobning tashkil qilinishi O’zbekiston Respublikasi hududidagi va
xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati to’g’risidagi
ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash O’zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10
oktyabrda 114-son bilan tasdiqlangan (5-BHMS) "Asosiy vositalar" Buxgalteriya
hisobining milliy standartida (20.01.2004 y. 1299-sonli ro’y., "O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) belgilangan
me’yor va usullar asosida amalga oshiriladi (3.3.1-jadval).
0211-0290 schyotlarda mulkchilik huquqi fermer xo’jaligiga tegishli bo’lgan
asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi" schyotida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi
xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga
olinadi.
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning
eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga
oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda olib boriladi.
Ijaraga beruvchi fermer xo’jaliklar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar
bo’yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini
hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operasion
xarajatlar" schyotining debetida aks ettiradilar.
Fermer xo’jalik mulki bo’lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga
berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish,
kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish
summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning
(0200) debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga
hisobdan chiqariladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
41
Do'stlaringiz bilan baham: |