3.2.1–jadval
Payariq tumani «Ziyaboy Ortiqov» fermer xo’jaligining asosiy vositalari
tarkibi*, 1-yanvar holatiga
Nomlanishi
2012 yil
2014 yil
Q
iy
m
a
ti
,
m
in
g
so
’m
S
a
lm
o
g
’i
,
%
Q
iy
m
a
ti
,
m
in
g
so
’m
S
a
lm
o
g
’i
,
%
Bino
7210
10,5
6728
6,8
Mashina va uskunalar
6850
10,0
16420
16,7
Mebel va ofis jihozlari
2374
3,5
2180
2,2
Transport vositalari
42630
62,0
66810
67,9
Mahsuldor hayvonlar
9720
14,1
6300
6,4
Jami
:
68784,0
100,0
98438,0
100,0
*Manba:
«Ziyaboy Ortiqov» fermer xo’jaligi 2012, 2014 yillar buxgalteriya balansi
3.2.1–jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumani «Ziyaboy
Ortiqov» fermer xo’jaligida asosiy vositalar salmog’i yildan-yilga oshib borgan.
2014 yil 1-yanvar holatiga asosiy vositalar tarkibida yuqori salmoqni transport
vositalari (66810 ming so’m yoki 67,9 foiz)ni tashkil etgan. Shuningdek, mashina
va uskunalar 16,7 foiz (16420 ming so’m), bino 6,8 foiz (6728 ming so’m),
mahsuldor hayvonlar 6,4 foiz (6300 ming so’m), mebel va ofis jihozlari 2,2 foiz
(2180 ming so’m) salmoqqa ega bo’lib, bu 2012 yil yanvar holatiga ko’ra 43,1
foizga oshgan. Fermer xo’jaligida ishlab chiqarish jarayonida qo’l kuchini
kamaytirish, ishlab chiqarishni modernizasiyalash, texnologik jarayonlarni vaqtida
o’tkazish uchun bevosita ishlab chiqarishda ishtirok etadigan transport vositalarni
ko’paytirish lozim.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
39
3.3. Asosiy vositalar eskirishining hisobi
Asosiy vositalar qiymati amortizatsiyani hisoblash yo’li bilan so’ndiriladi.
Amortizasiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati mobaynida subyekt
xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida muntazam taqsimlanadi.
Amortizasiya
-
foydali
xizmat
muddati
mobaynida
aktivning
amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan
holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam
taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasi.
Asosiy vositalar qiymatini xarajatga bosqichma-bosqich, ya’ni qisman qo’shib
boradi. Ana shu asosiy vositaning xarajatga, ya’ni mahsulot (ish, xizmat)
tannarxiga qo’shiladigan qismi amortizasiya ajratmalari deyiladi. Amortizasiya
ajratmalari yig’indisi – eskirish summasini tashkil etadi.
Fermer xo’jaliklarining mulki hisoblangan yoki uzoq muddatli ijara
shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to’g’risidagi
axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0211 "Yerni obodonlashtirishning eskirishi";
0212 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni
obodonlashtirishning eskirishi";
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi";
0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi";
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi";
0260 "Transport vositalarining eskirishi";
0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi";
0280 "Ko’p yillik o’simliklarning eskirishi";
0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi".
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
40
Analitik hisobning tashkil qilinishi O’zbekiston Respublikasi hududidagi va
xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati to’g’risidagi
ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash O’zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10
oktyabrda 114-son bilan tasdiqlangan (5-BHMS) "Asosiy vositalar" Buxgalteriya
hisobining milliy standartida (20.01.2004 y. 1299-sonli ro’y., "O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) belgilangan
me’yor va usullar asosida amalga oshiriladi (3.3.1-jadval).
0211-0290 schyotlarda mulkchilik huquqi fermer xo’jaligiga tegishli bo’lgan
asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi" schyotida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi
xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga
olinadi.
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning
eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga
oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda olib boriladi.
Ijaraga beruvchi fermer xo’jaliklar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar
bo’yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini
hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operasion
xarajatlar" schyotining debetida aks ettiradilar.
Fermer xo’jalik mulki bo’lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga
berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish,
kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish
summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning
(0200) debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga
hisobdan chiqariladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
41
Do'stlaringiz bilan baham: |