7. Ergashev R.X. Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti.– T.: “EXTREMUM
PRESS”, 2010. – 416 b.
Darslikda qishloq xo’jaligida mavjud yer-suv, moddiy-texnika va mehnat
resurslaridan samarali foydalanishning hozirgi holati, qishloq xo’jalik
korxonalarining barqaror shakllanishi, iqtisodiy samaradorligi ilmiy jihatdan
asoslangan holda tahlil qilingan.
Mazkur darslik 17 bobdan iborat bo’lib, uning VII bobi “Qishloq
xo’jaligining asosiy va aylanma fondlari va ulardan foydalanish” (195-221 betlar)
deb nomlanib, bu bobda qishloq xo’jalik asosiy vositalari haqida tushuncha,
ularning mazmuni va tarkibi, asosiy vositalardan foydalanish darajasining
samaradorligini ifodalaydigan ko’rsatkichlar, ularning aniqlanishi kabilar bayon
qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |