k
a
(bu yerda
1
10
a
,
k
– butun son) standart shakldagi sonlar ustida
amallar bajara oladi.
1.5
Sodda ketma-ketliklar, jumladan, arifmetik va geometrik progressiyalarni tahlil
qila oladi.
Arifmetik va geometrik progressiyaning xossalarini biladi. Arifmetik va geometrik
progressiya dastlabki n ta hadining yig‘indisi formulasini biladi va unga doir mi-
solllarni ishlay oladi.
Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiyaning barcha hadlar yig‘indisi formu-
lasini biladi va unga doir misollarni ishlay oladi. O‘rganilgan matematik
tushunchalarni va qoidalarni tushungan holda tegishli misollarni yecha oladi.
1.6
Logarifm haqida tushunchaga ega bo’lib, logarifmlash amalini o‘z ichiga olgan
ifodalarni ayniy almashtira oladi. Logarifmik tenglamalar va ularning sistemalarini
yecha oladi. Logarifmik tengsizliklarni yecha oladi. Logarifmik funksiya va uning
xossalarini biladi. Logarifmik funksiyani tasvirlay oladi. Ko‘rsatkichli tenglamalar
va ularning sistemalarini yecha oladi. Ko‘rsatkichli tengsizliklarni yecha oladi.
Ko‘rsatkichli funksiya va uning xossalarini biladi. Ko‘rsatkichli funksiyaning
grafigini tasvirlay olish. O‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni
tushunadi, tegishli misollarda qo‘llay oladi. Logarifmlarni o‘z ichiga olgan
ifodalarni ma’lum formulalar va qoidalar bo‘yicha almashtirishlarni bajara oladi.
1.7
Burchakning gradus va radian o‘lchovlarini bog‘lay oladi. Nuqtani koordinata
boshi atrofida aylantira oladi. Sinus kosinus, tangens va kotangensni masalalarda
qo‘llay oladi. Sinus, kosinus, tangens va kotangensning ishoralarini aniqlaydi. Bir
argumentning trigonometrik funksiyalari orasidagi asosiy munosabatlarni biladi.
Trigonometrik ayniyatlarni soddalashtiradi. α va –α burchakning sinusi, kosinusi,
tangens va kotangensiga doir masalalarni yechadi. Ikki burchak yig‘indisi va
ayirmasining trigonometrik funksiyalariga doir masalalarni yecha oladi. Ikkilangan
burchakning va yarim burchakning trigonometrik funksiyalariga doir masalalarni
yecha oladi. Keltirish formulalarini qo‘llay oladi.
Trigonometrik funksiyalarni o‘z ichiga olgan parametrik ifodalarni
almashtirishning ma’lum formulalari va qoidalarini biladi. Trigonometrik tengla-
malarni yecha oladi. Trigonometrik tengsizliklarni yecha oladi. O‘rganilgan
matematik tushunchalarni va qoidalarni tushunadi, tegishli misollarga tatbiq qila
oladi.
1.8
Sonli ifodalarni hisoblay oladi. Algebraik ifodalarni standart shaklga keltiradi. Al-
gebraik ifodalarni soddalashtiradi. Algebraik tengliklar, formulalardan foydalanadi.
Amaliy-tajriba va sinov mashqlarini yecha oladi. Arifmetik amallarning xossalarini
biladi. Birhad va uning standart shaklini tushunadi. O‘xshash hadlarni ixchamlay
oladi. Ko‘phadlar ustida amallar bajara oladi. Ko‘phadni birhadga ko‘paytira oladi.
Ko‘phadni ko‘phadga ko‘paytira oladi. Birhad va ko‘phadni birhadga nisbatlay oladi.
Qisqa ko‘paytirish formulalarini biladi va ularni ishlata oladi. Ko‘phadni
ko‘paytuvchilarga ajratishning bir necha usullarini qo‘llay oladi. Algebraik kasrlarni
umumiy maxrajga keltira oladi. Algebraik kasrlar ustida birgalikda bajariladigan
amallarni ishlay oladi. Arifmetik amallarni o‘z ichiga olgan ifodalarni sodda-
lashtira oladi. Darajaga ko‘tarish amalini o‘z ichiga olgan ifodalarni soddalashtira
oladi.
1.9
To‘plam tushunchasi, chekli va cheksiz, bo‘sh, universal to‘plam to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni biladi, ularga doir misollarni ishlay oladi. To‘plamlar ustida amallar
bajara oladi. Chekli va cheksiz to‘plamlarning kesishmasi, birlashmasi, ayirmasi,
to‘ldiruvchisiga doir amaliy masalalarni yecha oladi. To‘plamlarni Venn diagramma-
lari yordamida tasvirlay oladi. To‘plamlar elementlari sonini hisoblashga oid amaliy
masalalarni yecha oladi.
Mulohazalar va ular ustida mantiqiy amallar bajara oladi. Ikkita mulohazaning
teng kuchli yoki teng kuchli emasligini aniqlay oladi.
1.10
Kombinatorika va ehtimollar nazariyasiga doir masalalarni yecha oladi.
Ehtimollar nazariyasi va statistika tilida real holatlarni modellashtirisha oladi va
hodisalarning ehtimolligini hisoblay oladi.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |