Egallanadigan ko‘nikmalar:
• Asosiy kurs. Talabalar kursda amaliyot va kelgusida kasbiy mahoratlari uchun kerak bo‘ladigan sxema tahlillari uchun turli qurilmalar bilan tanishishlari va bilishlari kerak. Talaba o‘rganilayotgan fan ahamiyatini yaxshi bilishi va uni barcha muhandislarni tayyorlash uchun poydevor deb tushunishi kerak.
• Laboratoriya. Talabalar oddiy elektron sxemalarda o‘lchovlarni qanday bajarish kerakligini bilishlari va elektron tizimni simulyatsiya qilish uchun dasturiy ta’minotdan foydalanishlari kerak. Talabalar keyingi kurslarda ishlatiladigan matematik (Matlab kabi) hisob-kitob dasturini o‘rganishni boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |