Koagulyatsiya jarayonini kimyo va oziq ovqat sanoatidagi o`rni
KOAGULYATSIYA JARAYONINI KIMYO VA OZIQ OVQAT SANOATIDAGI O`RNI Koagulyatsiya hodisalari tabiatda va turmushda keng tarqalgan. Qand sanoatida qand lavlagi sharbatini( ya`ni diffuzion sharbatni) tozalashda kolloidlarning koagulyatsiya jarayonida foydalaniladi. Diffuzion sharbat tarkibida shakar va suvdan tashqari, ko`pincha, shakarmas moddalar ham uchraydi; ular kolloid dispers holatda bo`ladi. Diffuzion sharbatni shakarmas moddalardan tozalash maqsadida sharbatga 2-2,5 % kal`siy oksid qo`shiladi. Bunda ba`zi shakarmas moddalar koagulyatsiyaga uchraydi. Sharbat ikkinchi marta saturatsiya jarayoni natijasida tozalanadi. Saturatsiya jarayonining mohiyati shundaki, sharbatga karbonat angidrid yuboriladi. Bu vaqtda kal`isy oksid bilan CO2 orasida reaksiya sodir bo`lib, kal`siy karbonat cho`ka boshlaydi. Bu modda o`zining cho`kish jarayonida eruvchan shakarmas va rangdor moddalarni o`ziga yutib, sharbatni tozalaydi.
Koagulyatsiya hodisalari tabiatda va turmushda keng tarqalgan. Qand sanoatida qand lavlagi sharbatini( ya`ni diffuzion sharbatni) tozalashda kolloidlarning koagulyatsiya jarayonida foydalaniladi. Diffuzion sharbat tarkibida shakar va suvdan tashqari, ko`pincha, shakarmas moddalar ham uchraydi; ular kolloid dispers holatda bo`ladi. Diffuzion sharbatni shakarmas moddalardan tozalash maqsadida sharbatga 2-2,5 % kal`siy oksid qo`shiladi. Bunda ba`zi shakarmas moddalar koagulyatsiyaga uchraydi. Sharbat ikkinchi marta saturatsiya jarayoni natijasida tozalanadi. Saturatsiya jarayonining mohiyati shundaki, sharbatga karbonat angidrid yuboriladi. Bu vaqtda kal`isy oksid bilan CO2 orasida reaksiya sodir bo`lib, kal`siy karbonat cho`ka boshlaydi. Bu modda o`zining cho`kish jarayonida eruvchan shakarmas va rangdor moddalarni o`ziga yutib, sharbatni tozalaydi.
Koagulyatsiyaning qo`llanilishiga doir ikkinchi misol sifatida tuproq hosil bo`lishini qarab chiqamiz. Tuproq juda murakkab kolloid sistema deb qaraladi. Tuproq zarrachalarining katta-kichikligi, ularning shakli, tabiati tuproqning yutish qobiliyatiga, binobarin ekin unumiga katta ta`sir ko`rsatadi. Ichiladigan suvni tozalash uchun ham kolloidlarning o`zaro koagulyatsiyalanish hodisasidan foydalaniladi. Suvdagi organik moddalar, odatda manfiy zaryadli bo`ladi. Suvga xlor qo`shilib suvdagi bakteriyalar yo`qotilgandan keyin, suvga oz miqdorda temir sul`fat yoki alyuminiy sul`fat qo`shiladi.hosil bo`lgan gidroksidlarning musbat zaryadli kolloidlari suvdagi organik moddalarning manfiy zaryadli kolloidlarinikoagulyatsiyalaydi. Natijada hosil bo`lgan koagulyatlar cho`kadi va suv tiniydi.

Do'stlaringiz bilan baham: |