QO’LLANMA MATERIALLARINI QO’LLASH BO’YICHA YO’RIQNOMA
1. Har bitta blokning axborotga oid qismi o’rganilayotgan mavzu bo’yicha
misollar keltirilgan asosiy mavzuni taqdim etadi. Mamlakatni, auditoriyaning
bilim darajasini, o’rgatishni o’tkazish shartlarini va vaqtini inobatga olgan
holda, asosiy material va misollar trenerning istagiga ko’ra qo’shimcha
qilinishi, o’zgartirilishi, qisqartirilishi mumkin.
2. Har bir mashg’ulotni (u ofl ayn o’tkazilgan taqdirda) razminka mashqalaridan
boshlash tavsiya qilinadi (mavzularga doir bloklarda belgilangan. Razminka
trenerning istagiga ko’ra, o’rgatish shartlari, auditoriyaga bog’liq holda
tanlab olinadi. Muhim tavsiya – mashqlar shunday tanlanishi kerakki, ular
mashg’ulotning mavzusiga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita ko’prik bo’lib
xizmat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |