Кўллари ва сув омборлари


O`zbekiston yer osti suvlari



Download 76 Kb.
bet2/2
Sana11.04.2022
Hajmi76 Kb.
#542376
1   2
Bog'liq
O`zbekiston ko`llari va suv omborlari

O`zbekiston yer osti suvlari

O`zbekiston yyer osti suvlari umumiy suv resursining bir qismi sifatida xalq xo`jalik taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Bu suv resurslaridan ota-bobolarimiz juda qadimdan (koriz, quduq va buloq suvlaridan) foydalanib kelganlar.


O`zbekiston hududidagi barcha tor jinslari u yoki bu darajada o`z tarkibida suv saqlaydi. Ma`lumotlarga ko`ra O`zbekiston yyer osti suvlarining dinamik zahirasi (miqdory) sekundiga 1038,1 m3 ni tashkil etadi. Lekin ularning hammasida ham suvning miqdori, oifati bir xil emas. Bu esa eng avvalo o`sha joyning kompleks tabiiy sharoitiga — geologik tuzilishiga, relefiga, iklimiga va tabiatning boshqa unsurlari xususiyatlariga borliqdir.

O`zbekiston hududidagi yyer osti suvlarini joylashish sharoitiga qarab grunt suvi, qatlamlar orasidagi suv va mineral issiq suvga bo`lish mumkin.


1. Grunt suvlari yyer osti suvining zng ustki qatlami hisoblanib, yyer betiga yaqin joylashgan. U odatda suv o`tkazmaydigan qatlamning ustida yig`iladi. Bu yyerga suv yyer yuzidan — yog`inlardan, daryo, ko`l, ariq, suv omborlaridan sizib keladi va to`yintirib turadi. Chunki grunt suvining ustki qismida suv o`tkazmaydigan jinslar deyarli yo`q. Grunt suvlari bosim kuchiga.ega emas, ular faqat og`irlik kuchi ta`sirida sizib yuradi.
O`zbekiston hududida grunt suvlari uning tabiiy sharoitiga, xususan litologik tarkibi va relefiga bog`liq holda quyidagi uchta mintaqada (zonada) hosil bo`ladi: tor mintaqasi; tog` oldi va tog` oraliqlaridagi mintaqa; cho`l (tekislik) mintaqa tog` mintaqasidagi grunt suvlari qor, muz, yomg`ir suvlarining shimilishidan vujudga kelib, asosan chuchuk, toza bo`ladi. Shu sababli grunt suvning to`planish miqdori tog`larning hamma qismida bir xil emas. Eng ko`p grunt suvining to`planishi O`zbekiston torlarining 1500 m. dan 3000—3500 m. balandliklariga to`g`ri keladi. Chunki bu balandliklarga eng ko`p yog`in tushadi, natijada grunt suvining eng ko`p oqim moduli shu mintaqaga to`g`ri kelib, bir kv. km. maydondan sekundiga 3 litrdan 12 litrgacha yyetadi. Aksincha, bu ko`rsatkich 1500 m. balandlikkacha bo`lgan joylarda 0,10 dan 1—3 l (sek) km2 tashkil qiladi.
Tog` mintaqasidagi grunt suvlari tabiiy sharoitga bog`lik; holda bir qismi bo`lak, sizot tariqasida yyer yuzasiga chiqsa, yana bir qismi yyer ostidan tog` oldi, tog` oraliq mintakasiga (Farg`ona, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa vodiylarga) hatto ulardan o`tib tekislik cho`l mintaqasiga (Mirzacho`l, Qarshi cho`li, Qizilqum) qarab siljib ketadi.
O`zbekiston tog`li mintaqasida grunt suvining miqdori ancha katta. Agar Turkiston tog`larida uning mikdori sekundiga 1250 m3 (yiliga 39,4 km3) bo`lsa, shuning sekundiga 105 m3 O`zbekiston tog`lari zimmasiga tushadi. O`zbekiston tog`laridagi 105 m3/sek. yyer osti suv miqdorining 80% buloq tariqasida yoki daryo vodiylariga sizib chiqadi.
O`zbekistonning tog`li qismida bir sekundda vujudga kelgan 105 m3 yyer osti suvini 100% desak, o`shani 31,4% Toshkent oldi, 23,8% Surxondaryo, 13,5% Qashqadaryo, 11,6% Zarafshon, 6,7% Nurota-Turkiston, 5,25% Mirzacho`l, 5,9 Farg`ona va 2% ga yaqini Markaziy Qizilqum gidrogeologik mintaqasiga (rayoniga) to`g`ri keladi.
Tog` oldi va tog` oraliridagi mintaqadagi grunt suvlari xam yog`inlardan, daryo, kanal (ariq), ko`l, suv omborlardan sizgan suvlardan hamda tog` mintaqasidan oqib (sizib) kelayotgan suvlardan to`yinadi. Bu mintaqadagi grunt suvning (tabiiy sharoitga borliq holda) bir kismi chuchuk, bir qismi esa sho`r. Relefi nishab grunt suvning siljishi nisbatan tez bo`lgan Farg`ona, Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylaridagi grunt suvlari toza va chuchuk. Aksincha, relefi tekis grunt suvning siljishi sust, iqlimi quruk, issik bo`lgan Markaziy Farg`ona, Mirzacho`l, Qarshi cho`li va Quyi Zarafshon kabi joylardagi grunt suvi sho`rlashgan. Chunki oqim sust bo`lgach grunt suvi yyer yuziga yaqin joylashadi, yog`ingarchilik kam bo`lib, haroratning yukoriligi tufayli bug`lanish katta, oqibat natijada tuz to`planib, tuproqni xam sho`rlashtirib yuborishiga sababchi bo`ladi. Bunday joylarda zovur qurib grunt suv satxinn pasaytirib, tuprokni sho`rlashidan saqlat kerak. Tog` oldi va tog` oraliridagi mintaqada grunt suvining mikdori ancha katta. Fakat tog` oldi mintakasidagi yyer osti suvining dinamik miqdori sekundiga 295 m3 ni tagakil etadi. Farg`ona vodiysining o`zida yillik miqdori 3,0 km3 bo`lib, shuni 60% ga yakini O`zbekiston xududiga to`g`ri keladi.
Tekislik cho`l mintaqasidagi grunt suvlari asosan tog` va tog`oldi mintaqadan sizib kelayotgan suvlardan, bosim ostida pastki qatlamlardan sizib chiqayotgan yyer osti suvlaridan, qisman oqar suvlardan bo`layotgan sizishidan va yog`in suvlaridan to`yinadi. Tekislik cho`l mintaqasida yog`in kam, bug`lanish katta bo`lganligidan uning mikdori grunt suvning to`yinishida katta salmokqa ega emas.
Tekislik cho`l mintaqasida grunt suvning bir yyerdan ikkinchi yyerga siljishi juda sekin, yiliga bir necha metrga boradi, aksincha, bug`lanish katta, binobarin, uning tarkibida har xil tuzlar mavjud bo`ladi. Bu mintaqadagi grunt suvlari tarkibida natriy xlorid tuzi eng ko`p uchraydi, shuningdek, gidrokarbonatli va sulfatli suvlar xam mavjud. Shu sababli tekislik cho`l mintaqadagi grunt suvlari ichishga yaramaydi. Chunki uning har litrida 910 grammgacha har xil erigan tuzlar bor. Bunday grunt suvlari Qizilqumda, Sanduqli qumligi, Ustyurtda, Orol atrofida, Quyi Amudaryoning sug`oriladigan yyerlari atrofida keng tarqalgan. Ma`lumotlarga qaraganda Amudaryoiing quyi qismidagi va Orol atrofidagi bir litr grunt suvlari tarkibida 100 grammgacha, Qizilqumda 50 grammgacha har xil tuzlar borligi aniqlangan.
Qatlamlar orasidagi suvlar. Nisbatan chuqurda, suv o`tkazmaydigan ikki qatlam jinslar oraoidagi bo`shliqlarda suzib yuruvchi suvga qatlamlar orasidagi suvlar deyiladi. Bunday suvli qatlamlar ikki-uch va hatto o`n-o`n beshdan ortiq qatlamlardan iborat bo`lishi mumkin. O`sha qatlamlar orasidagi suvlar bosim kuchiga ega bo`lsa, artezian suvlari deb yuritiladi. Artezian suvlari mavjud bo`lgan tegaralar (joylar) artezian xavzasi deb yuritiladi. Artezian havzasida bosimi kuchli bo`lgan yyerlarida quduq kavlansa suvi o`zi otilib chiqadi. Suv olish uchun kavlangan bunday quduqlar artezian kuduqlari deb yuritiladi. Artezian suvlari ko`pincha toza va chuchuk bo`ladi. O`zbekiston hududida bir qancha artezian xavzalari joylashgan. Ularning eng muhimlari Farg`ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent oldi, Mirzacho`l, Qizilqum, Qarshi va boshqalar.
Artezian suvlari ancha chuqurdan, 100—400 m va undan ham chukurdan chiqqanligi tufayli suvning sifati (chuchuk va sho`rligi, sovuk va issikligi) hamma yyerda bir xil emas. Agar artezian suvlari yyer yuzasiga yaqin qatlamlar orasida joylashsa (suv qatlamlardan o`tib almashinib tursa), suvi chuchuk va sovuq bo`ladi. Aksincha, suvli qatlam nisbatan chuqurda joylashsa, suvning siljishi juda sekin bo`ladi, binobarin, suvi issiq, biroz minerallashgan bo`ladi.
Minerallashgan termal suvlar. Bunday yyer osti suvining turi ancha chuqurda (1500—3500 m va undan ham chukurda), asosan mezozoy va paleozoy davri yotqiziqlari orasida joylashgan. Bunday suvlarning to`yinishida yuvilar suvlar muhim ahamiyaga ega. Shu sababli ularning xarorati 40—70° ga yyetib, tarkibida har xil minerallar erigan holda uchraydi. Mineral suvlar tarkibida karbonat kislotasi, vodorod sulfidi, yod, brom, bor, litiy, bariy, strono`iy, radioaktiv moddalar va boshqa tuzlar erigan holda mavjud.
O`zbekiston xududida so`nggi yillarda 100 dan ortiq shifobaxsh termal mineral suvlar aniqlandi. Mineral suvlarning ba`zilari tektonik yoriqlar orkali yyer betiga issiq buloqlar tariqasida chiqsa, ko`p hollarda quduqlar orqali chiqariladi. O`zbekistonda kavlangan quduqlar orqali bunyod etilgan bir necha shifobaxsh mineral suvlar mavjud. Ularning eng muhimlari vodorod sulhfidli (serovodorodli) shifobaxsh suvlar (Chimyon, Polvontbsh, Xonobod, SHo`rsuv, Shimoliy So`x, Andijon, Uchqizil, Ko`kayti, Lalmikor, Xaudog` va boshqa, yodli suvlar (Chortoq, Namangan), radonli (Arason Buloq, Jayronxona), kam minerallashgan ishqorli (vdelochnik) termal suvlar (Toshkent, Vannovsk-Qiziltepa yoki Farg`ona), sulfat-xlornatriyli suvlar (Moxosa, Qorako`l, Gazli va boshqa)
Yuqorida qayd qilingan shifobaxsh mineral suvlardan turli kasalliklarga uchragan bemorlarni davolashda, ishtaha ochishda, kommunal xo`jalikda, rekreao`ion maqsadda va boshqa sohalarda foydalanilmoqda. O`zbekiston yyer osti suvlarining miqdori ancha katta bo`lib, ishlatilish miqdori sekundiga 906,9 m3 ni tashkil etadi (7jadval).
O`zbekiston hududidagi ishlatilish miqdori (sekundiga) 906,9 m3 yyer osti suvining 606,9 m3/sek. ni chuchuk, qolgan 300 m3/sek. ni minerallashgan suv tashkil etadi. Usha minerallashgan yyer osti suvining har litrida 2 — 3 dan 15 grammgacha erigan holda har xil tuzlar mavjud. O`zbekiston hududida hozir 30 mingga yaqin kuduqlar (skvajina) qazilgan bo`lib, ulardan sekundiga 150 —160 m3 yyer osti suvi olinib, xo`jalikni turli sohalarida foydalanilmoqda. O`sha olingan yyer osti suvini 100% desak, uning 39,6% shaxar va qishloq axolisini xo`jalik ichimlik suv bilan ta`minlashga, 38,0% sug`orishga, 19% texnik maqsadlarda, 2,4% yaylovni suv bilan ta`minlashga sarflanmokda.

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988.

  2. Ryabchikov A.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988.

  3. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: Izdatelpstvo Moskovskogo Universiteta, 1988.

  4. Ryabchikov A.M. Dunyo qitoalari tabiiy geografiyasi, Toshkent, 1968.

  5. Vlasova T.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. Tom I-II, M: Prosveo‘yeniye, 1976.

  6. Vlasova T.M. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. I-II tom.Toshkent, 1985.

  7. Leontpev O.K. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: 1982.

Ensiklopeditseskiy slovarp geograficheskix terminov. M.1968.

  1. http://ziyonet.uz

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish