Jarrohlik bo'limi (xona)da ishni tashkillasbtirish. Jarrohlik bo'lim (xona) ishining samaradorligi ko'p miqdorda kvaliflkatsiyali kadrlar bilan ta' minlanishi va uJa rning ishini samaralashtirishdan iborat. Bitta smenada 2-3 ta shifokor ishlaydigan poliklinikalarda ishchi ro'yxatni tuzishda, amaliyoti ko'proq bo' lgan shifokorga amaliyoti kamroq bo' lgan shifokomi birga qo'yish maqsadga muvofiq. Poliklinikalarda bemorlar ko'proq keladigan smenada amaliyoti ko'proq bo'lgan shifokorni qo' yish kerak.
Bo'limda ish xonasi bemorlarru ko'rish uchun tayyorlashdan boshlanadi. Xonaning sanitar holati tekshiriladi. Hamshira har kuni ish boshlashdan oldin i.kkita ste ril stol tayyorlaydi, shulardan bittasi asboblar uchun , i.kkinc hisi esa ashyolar uchun ishlatiladi. Agar xonada ikkita hamshira bo'lsa, ulardan biri steril stolda
ishlaydi, ikkinchisi esa shifokorga bemorlarni qabul qilishda yor dam beradi. Agar xonada bitta hamshira ishlasa, u holda ham shira steril stoldan asboblami korsang yordamida oladi (apodoktal). Hamshira qabulga yozilgan, kutayotgan bemorlar bilan tanishib, bemorlar kirish galma-galligini aniqlaydi: birinchi bo'lib og'ir va tana harorati bor bemorlar qabul qilinadi, qolganlari keyin qabul qilinadi.
Jarrohlik bo'limiga birlamchi bemorlar ro'yxatxonadan,
shuningdek, davolash hamda ortopedik bo'limlardan murojaat etishi mumkin. Bemor kasallik tarixi bo'lgandagina qabul qilinadi. Kasallik tarixi, yo'llanma va bemordagi boshqa tibbiy hujjatlar bilan tanishib, shifokor bemorni so'rashni va tekshirishni bosh laydi, kerak bo'lsa, yengil asboblar va tashxislashning boshqa usul larini (rentgenologik, terapevtik yoki ortopedik, laborator) qo'llaydi. Jarrohlik davolash kerak bo'lganda bemorni operatsiyadan oldin tayyorlash muddati, kengligi, joyi, tavsifi aniqlanadi. Bemoming maxsus tayyorlanishini talab qilmaydigan operatsiyalar darhol jarrohlik xonasida o'tkazilishi mumkin. Murakkab bo'lmagan ope ratsiyalar ham jarrohlik yoki operatsiya xonasida o'tkazilishi mumkin (aralashuv hajmiga qarab). Rejali operatsiyalar ma'lum operatsion kunlarga tayinlanadi. Operatsiyalar soniga qarab haftada 1-2-3 kun operatsiya uchun belgilanishi mumkin. Hamma natijalar va tavsiyalar davolash muassasasining maxsus varaqasiga yozib boriladi. Bemorni tekshirish to'g'risida ma'lumotlar, hamma muolajalar va shifokor tavsiyalari kasallik tarixida yozilishi kerak. Bemoming murojaat etishi har doim maxsus jurnalda registratsiya qilinadi. Hujjatlarni to'ldirishda shifokorga hamshira yordam bera di. Bemor qayta murojaat etishi kerak bo'lsa, bemorga talonda xona raqami, qabul kuni va vaqti hamda shifokor familiyasi yozib beriladi. Qayta kelishga tayinlangan bemorning kasallik tarixini shifokor xonasida maxsus kartotekada saqlash kerak. Ish tugatilganda qayta kelishga belgilanmagan bemorlarning kasallik tarixi ro'yxatxonaga topshiriladi. Bemomi uy sharoitida davolash kera bo'lsa, bo'lim shifokor va hamshira ajratib beradi, ular uy sharoitida bajarila olinadigan muolajalarni bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |