Клиник реставрацион стоматология



Download 13,3 Mb.
bet33/107
Sana18.01.2022
Hajmi13,3 Mb.
#385750
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107
Bog'liq
KRS ORALIQ JAVOBLARI 2021

Karies kasalligining ko'rsatkichlari. Kariesning tarqalishi - bu karies kasalligi ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Karies tarqalishi 90% miqdorida ko'rsatiladi. Misol, 100 ta tekshiril­ ganlardan 60 tasida karies bor, kariesning tarqalishi 60% ni tashkil qiladi. Masalan, yer yuzidagi davlatlarda kariesning tarqalishi har

, xii. Bolgariyada 40% dan 90% gacha, AQSH - 99%, Nigeriyada- 2% ni tashkil qiladi. O'zbekistonda bu ko'rsatkich 73-80,5% ni tashkil qiladi.

lkkinchi ko'rsatkich - kariesning tezkorligi (intensivligi) deyiladi. Bunda bitta tekshiriluvchida karies, plomba va oldirilgan tishlar soni (KPO) aniqlanadi. Masalan, auditoriyada 100 ta talaba bor, hammada KPO hisoblanadi va qo'shilib, tekshirilganlar soniga bo'linadi. Chiqqan raqam kariesning intensivligi deyiladi. Agar hamma KPO lar 170 ga teng bo'lsa, bu raqam 100 ga bo'linadi va o'rtacha 1,7 chiqadi. Demak, kariesning intensivligi 1,7 ga teng bo'ladi.

Shuningdek, kariesning doimiy va vaqtinchalik tishlarda uchrash intensivligi ichimlik suvi tarkibidagi ftor (F) miqdoriga bog'liqligi aniqlangan: ftoridlaming miqdori 0,5 ml/I dan ko'p bo'lgan sohalarda karies ko'rsatkichi ftoridlaming miqdori kam (0,5 ml/1 dan past) bo'lgan sohalarga nisbatan past bo'lgan.

JSST (Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti) karies intensivligining 5 ta darajasini tavsiya qiladi (KPO miqdoriga binoan 12 yoshlik bolalarda):


  • juda past (0- 1,1);

  • past (1,2- 2,6);

  • o'rta (2,7-4,4);

  • baland (4,5- 6,5);

  • juda baland (6,6 dan ko'p).

Past intensivli karies - Shveysariya, Birma, Mozambik, Efio­ piya, Shri-Lanka, Ugandada kuzatiladi.

0 'rta darajalik karies - Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Argentina, Avstriya, Chexoslavakiya va Finlandiyada kuzatiladi.

Ba/a n d - Norvegiya, Olmon jya, Yugoslaviya, Meksika , Kuba, Eron, Chilida aniqlandi.

Juda baland- Yaponiyada kuzatiladi. O' zbekistonda kariesning intensivligi 3,64 ga teng (Yunusov Yu.X., 1986).

Yuqoridagi ma'lumotlardan ma' lum ki, Yer sharining turli mintaqalarida kariesning ta rqalishi va intensivliga har xil , demak, bunga bir necha omillar ta'sir etadi.



+ lqlim va geografik joylashishi (Ivshina V.A., 1967; Maksudov M.M., 1975).

  • Ovqatlanish tark.ibi va tartibi (Evdokimov A.I., 1975; Ovrut­ skiy G.D., 1976) unli va qandli mahsulotlar 50 yil avval 1 yilda 10 kg iste'mol qilinsa, o'tgan asrning 90-yillarida esa 44 kg ga to'g ' ri keladi . Lek.in , eng mu himi, qandning

miqdori emas; uning og'iz bo'shlig'idagi saqlanish muddati rusoblanadi.
+ Mikroblarning tish emaliga ta's iri.

  • Og'iz bo'sh]ig'ining qoniqarsiz gigiyenik holati (Ovrutskiy

G.D., 1968, Vatsina S.A., 1983).

♦ Umurniy va yo'ldosh kasalliklari (Vinogradova T.F. , Smolyar

N.I., 1982).

Ftor va mineral tuzlarning ichimlik suvidagitarkibi past bo' lishi



  • Kasbiy zararlar (shikastlanish, zaharli moddalar, yuqori harorat, maxsido'zlar, chevarlar, shisha quyuvchilar, mashshoq, chekuvchilar kariesi).

Hozirgi paytda bu kasallikning juda keng tarqalganligini ta'kidlab o'tish lozim. Taxminan, Yer yuzida 90% gacha aholida karies kasalligi uchraydi.

Tishlaming kariesi (caries dentinum) kelib chiqishida ko'pgina omillar sababchi bo'lishi mumkin. Shulardan uchtasi asosiy omillar desak bo'ladi (birlamchi omillar):



  1. tish to'qimasining kariesga moyilligi;

  2. tish pilakchasi (plaque);

  3. kariesogen omillar bilan doimiy aloqa.

Ushbu asosiy omillardan tashqari, ikkilamchi omillarning ham kariesning kelib chiqishida ishtiroki katta (so'lak, uning tarkibi va miqdori, tish karashlarini hosil qiluvchi moddalarning davomli ta'siri va h.k). Prikusning buzilishlari va anomaliyalari ham karies kelib chiqishida muhim rol o'ynaydi. Ushbu omillar nafaqat karies­ ning kehb chiqishida, balki uning rivojlanishida ham ahamiyatli hisoblanadi.


Download 13,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish