So'rov - anamnez yig'ish - tekshirishning boshlang' ich bosqichi hisoblanadi. So'rov nafaqat kasallik kelib chiqishini, shikoyatlarini aniqlaydi, balki kasallikning kechishiga va davolash- ning borishiga baho beradi. .
So'rov bemorning shikoyatlaridan boshlanadi. Shifokor yo'nal tiruvchi savollar bilan bemorni so'rov qiladi.
Kasallik qachon boshlangan, og'riq qachon paydo bo'lgan, kasallikning kechishi, og'riqning kamayishi yoki ko'payishi kabi savollar bilan shifokor murojaat qiladi. Shu jumladan, kasallik awal davolanganmi, davolangan bo'lsa qachon, davo qanday natija bergani kabi so'rovlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bemor doimo to'g'ri va lo'nda javob bermasligi mumkin, shuning uchun bemor bilan shifokor til topishib, o'tkazilgan va yo'ldosh kasalliklami ham aniqlashi lozim. Boshqa a'zolardagi (ovqat hazm qilish a'zolari, endokrin, qon-tomir va boshqa) kasalliklar, qachon kasallik bilan kasallangan (yili, oyi, kuni), kasalliklar bemomi tash.xislashga yaqindan yordam beradi va kasalliklaming o'zaro aloqalari haqida ma'lumot beradi.
Tash.xis qo'yishda, ko'pincha, og'riqning turi asosiy o'rin tutadi. Og'riqning davomiyligi, taassurotlardan kuchayishi, og'riq paydo bo'lishi vaqti ham tash.xis qo'yishda muhimdir.
Tish qattiq to'qimalari zararlanganida, pulpit, periodontitda turli xil og'riqlar vujudga kelishi mumkin. Masalan, biron bir taassurotlardan (ximik, mexanik) og'riq karies, pulpitda paydo bo'lsa, o'z-o'zidan paydo bo'luvchi og'riq pulpaning yallig'la nishida, periodontit kasalliklarida ham turlicha turda bo'ladi. O'z o'zidan paydo bo'luvchi og'riqlar nerv retseptorlarining nevral giyasida ham kuzatilishi mumkin.
Parodont va shilliq qavat kasalliklarida milklar shishini, qona shini, tishlar qimirlashi, kasalning mehnat sharoitini, turmush tarzini, umumiy holatini aniqlash lozim bo'ladi. Tishlaming olinish sababi (karies asoratidan yoki parodontozdan), olingan vaqti muhim rol o'ynaydi. Ko'p hollarda stomato log qabuliga qon kasalliklari, gipovi taminoz, spetsiftk kasallik1ar (sifilis, sil) bilan kasalla ngan bemorlar og'iz bo'shligidagi o'zgarish]ardan shikoyat qilib murojaat etad ila r. Shu sababali, bemorlami sinchikJab tekshirib, shilliq qavat va teri qoplamlarini ko' zdan kechirish lozim bo' ladi.
Ba'zida shifo ko r qabuliga bemorlar og'izdan noxush hid kelishga shikoyat qilib murojaat etadilar. Bunday paytlar noxush hid sababi aniqlanadi. Tish-milk cho'ntakJarining yiringlashi , karioz tishlar, noto'g'ri tayyorlangan protez la r, og' iz bo'shlig'i gigiyena sining yomonligi sabab bo'lishi mumkin. Umumiy organizm kasal likJaridan murtaklarning surunkali yallig' lan ish i, yuqori nafas a' zo larining kasalliklari, ovqat hazm qilish a' zolari kasalliklari, modda almashinuvining buzilishi kabi sabablar noxush hidni keltirib chiqarishi rnumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |