levanlar katta energiya va organik kislotalar manbai hisob lanadi, yuqori adgeziv xususiyatga ega;
dekstranlar ham organik kislotalar manbai bo'lib, yuqori adgezivlikka ega.
Ko'plab kariesga ega kishilarda streptokokk va laktobakteriya laming bioximik aktivlikka egaligi kuzatiladi. Mikroorganizmlarning yuqori fermentativ aktivligi kariesga beriluvchanlik sifatida baho lanadi. Boshlang'ich kariesning yuzaga kelishi og'iz bo'shlig'ining past gigiyenasi bilan bog'liq, bunda mikroorganizmlar tish pellikulasiga yopishib, tish karashi va tish pilakchasi ostidagi pH ni 4,5 gacha tushirib yuboradi. Aynan shu vodorod ionlari gidroksiapatit kristallarini eritadi, natijada kislotalar yuza osti ema]ga o'tib, uni deminerallashtirish jarayonini aktivlashtiradi. Kristallar orasidagi mikrobo'shliqlar sekin-asta kattalashadi va natijada emalning o'tkazuvchanligi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |