KLINIK ORDINATORLARNING ATTESTATSIYA VARAQASI
F.I.Sh. Toshkenov Abdulaziz Mamatqodir o‘gli
Kafedra: Nevrologiya
Mutaxassislik: Nevrologiya
Ukish turi: Kontrakt
O‘quv yili: 2020-2021 y
Qabul qilindi: 01.12.2020 y
Bitirish: 01.12.2022 y
Men Toshkenov Abdulaziz Mamatqodir o‘gli ushbu yilda tasdiqlangan rejamni to‘liq bajardim. Jumladan, bo‘limdagi bemorlarni kafedra mudiri, dotsent U.T.Abdukadirov, davolash ishlar bo‘yicha mas’ul xodim dotsent I.K. Rustamova, katta o‘qituvchi O.B.Qo‘chqarova, assistent S.A.Kasimova ko‘riklarida faol qatnashdim. Kafedra mudiri, dotsent U.T.Abdukadirovni ma’ruzalarida qatnashdim. Har kuni bo‘lib o‘tadigan ertalabki klinik konferensiyalarda qatnashdim. Reanimatsiya bo‘limidagi nevrologik tashxisga ega bo‘lgan bemorlarni xar oyda kafedradagi mas’ul xodimlar bilan birga kunlik bemorlar ko‘rigida qatnashib kelmoqdaman. Shaxsiy ish rejada belgilangan mavzular bo‘yicha konspektlarimni, bo‘limdagi bemorlar xaqida ma’lumot beruvchi kundalikni o‘z vaqtida to‘ldirib boryapman. Menga biriktirgan katta o‘qituvchi O.B.Qo‘chqarova nazorati ostida nevrologiya bo‘limida 100 dan ortiq bemorlarni ko‘rdim, ularni davolash va nazorat qilishni birgalikda olib bordim.
O‘quv yili davomida quyidagi tashxislar bilan bemorlarni ko‘rdim:
Epilepsiya 14 ta
Ildizli ogriklar 17 ta
Parkinson va parkinsonizm 7 ta
Yuz nervi neyropatiyasi 8 ta
Uch shoxli nerv nevralgiyasi 3 ta
Polineyropatiyalar 5 ta
Dissirkulyator ensefalopatiya 25 ta
- Insult 25 ta
- Bo‘yin mielopatiyasi 3 ta
- Ko‘krak mielopatiyasi 5 ta
O‘z amaliy faoliyatimda quyidagi mavzular bo‘yicha katta o‘qituvchi O.B.Qo‘chqarova nazorati ostida quyidagi nazariy bilimlar oldim:
1. Nevrologiya faniga kirish. Nevrologiya tarixi. Nerv to‘qimalarining hujayralari morfologiyasi, fiziologiyasi, tekshirish usullari va patologiyasi. Asab tizimini o‘rganishning funksional diagnostikasi
2. Sezgi tizimi. Klinik anatomiyasi va patologiyasi
3. Orqa miya va perifirik nerv sistemasi. Klinik anatomiyasi va patologiyasi.
4. Miya ustuni. Miya oyoqchalari. Klinik anatomiyasi va patologiyasi
5. Varoliev ko‘prigi. Klinik anatomiyasi va patologiyasi.
6. Uzonchok miya. Klinik anatomiyasi va patologiyasi
7. Retikulyar formatsiya. Oraliq miya. Vegetativ va limbik nerv sistemasi. Tos a’zolari faoliyati. Klinik anatomiyasi va patologiyasi
8. Bosh miya yarim sharlari. Klinik anatomiyasi va patologiyasi. Nevrologiyada paraklinik tekshiruvlar
9. Xususiy nevrologiya. Bosh miyada qon aylanishining buzilishi. Orqa miyada qon aylanishining buzilishi.
10. Asab tizimining yallig‘lanish kasalliklari.
11. Periferik asab tizimining kasalliklari.
12. Sust boruvchi infeksiyalar. Tarqoq skleroz, yon tomonlama amiotrofik skleroz, o‘tkir tarqalgan ensefalomielit, leykodistro-fiyalar, leykoensefalopatiyalar va b.
13. Paroksizmal xush buzilishlar – epilepsiya va sinkopal xolatlar.Talvasa sindromi.
14. Nerv–mushakkasalliklari.Mushak xolsizligi.Nerv tizimni irsiy va degenerativ kasalliklari.
15. Nerv tizimni usmalari.
16. Bosh-miya va umurtka-orka miya jaroxatlari.
17. Bosh ogrik klassifikatsiyasi, klinik turlari, qiyosiy tashxisi, umumiy davolash prinsiplari.
Do'stlaringiz bilan baham: |