Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


F. Leykotsitlarni differensiatsiyalash



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

F. Leykotsitlarni differensiatsiyalash (bir-biridan farqlash).
Normada qonda besh turdagi leykotsitlar bo‘ladi: neytrofillar,
limfotsitlar, monotsitlar, bazofillar va eozinofillar. Patologik
holatlarda boshqa hujayralar, masalan, leykotsitlarning yetilmagan
shakllari ham topilishi mumkin.
Qon surtmasini mikroskopda tekshirib ko‘rish leykotsitlar va
eritrotsitlarning miqdoriy va morfologik tafsilotlarini iden-
tifikatsiyalashga, bilib olishga imkon beradi. Leykotsitlarni
differensiatsiyalash qanday bo‘lmasin tayinli bir kasallik yoki
patologik holat borligini ko‘rsatib berishi yoki davolash vaqtida
bemorning ahvolini kuzatib borish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Hujayralarni morfologik baholash juda subyektiv bo‘lib, ko‘p
jihatdan qon surtmasining to‘g‘ri tayyorlangani hamda laboratoriya
xodimining tajribasiga bog‘liqdir. Bu ishni laboratoriyadagi eng


101
tajribali xodimgagina ishonib topshirish mumkin. Shu xodim
tajribasi kamroq xodimlarni kundalik ish jarayonida o‘rgatib,
nazorat qilib borishi kerak. Qon surtmasida patologiya ko‘p
topiladigan bo‘lsa, topilgan shu o‘zgarishlarni tasdiqlash uchun
yana bir tajribali xodim o‘sha surtmani mikroskopda takror tekshirib
ko‘rishi zarur. Тopilgan o‘zgarishlar tasdiqlanganidan keyingina,
natijani davolovchi shifokorga taqdim qilish mumkin.
Bakterial yoki virusli infeksiya borligini ko‘rsatadigan leykotsitoz
va anemiya singari patologik holatlarda yupqa qon surtmasi tekshirib
ko‘riladi. Qon surtmasi eritrotsitlarning butunligini saqlab qolish
va ularni morfologik jihatdan baholash uchun spirtda qotiriladi.
Qondan yupqa qilib yaxshi surtma tayyorlash uchun muayyan
ko‘nikma bo‘lishi kerak. Qalin qatlamli surtmalarning chetlari notekis,
g‘adir-budur bo‘lib ko‘zga tashlanadi, ularda yotiq yoki tik yo‘llar,
chiziqlar bo‘ladi. Bunday surtmalarni tekshirib, tasvirlab berish
juda qiyin, chunki eritrotsitlar o‘zgarib ketgan, leykotsitlar esa
surtmaning chetlariga to‘planib qolgan bo‘ladi. Surtmalarni tay-
yorlashda toza buyum oynalaridan va qonni surtib, yoyish uchun
bir qirrasi tekis qilib silliqlangan maxsus oynadan foydalanish kerak.
Surtmaning yaxshi bo‘yalishi va uni ko‘rib chiqish hamda
natijalarni hisobga olish ishlarini standartlashni ta’minlash uchun
tekshirishga olinadigan qon miqdori hamisha bir xil bo‘lishi va qon
oynaning doim bir xil joyiga bir tekis qilib yoyilishi kerak.
Surtma tayyorlash uchun kerakli qon miqdorini stan-
dartlashning eng oddiy yo‘li ko‘p marta ishlatiladigan noksimon
shakldagi plastik piрetkadan foydalanishdir. Olinadigan qon
miqdorini ana shunday piрetkalar bilan nazorat qilib borish oson,
chunki buyum oynasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri barmoqdan olinadigan
qon miqdorini nazorat qilishning iloji yo‘q. Laboratoriyaga sotib
olinadigan plastik piрetkalarni quruq issiqlik beradigan shkafda
sterillash mumkin emas, chunki bunda polietilen erib ketadi, shunga
ko‘ra, ularni xlorli ohak yoki dezinfeksiyalovchi boshqa modda
eritmasi bilan yuqumsizlantirish, yuvib, quritish, keyin esa sterillik
talab qilinmaydigan joyda yana ishlatish mumkin. Olinadigan qon
miqdorini standartlash uchun noksimon plastik piрetka o‘rniga
ichimlik ichishga mo‘ljallangan, bir marta ishlatiladigan kichik
diametrli naychadan foydalanish mumkin. Bunday naycha
ishlatilganidan keyin xavfsizlik texnikasiga amal qilingan holda,
yo‘q qilinadi.


102
Ishlatiladigan qon miqdori va buyum oynasining shu qon
yoyiladigan qismini aniqlash uchun andazalardan foydalanish ham
surtma tayyorlashni standartlashga yordam beradi.
Тekshirib ko‘rish va solishtirish uchun, laboratoriyada sog‘lom
odamlar va turli patologiyasi bor bemorlar qonining surtmalari
bo‘lishi zarur.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish