Peshob reaksiyasini universal indikator qog'ozi yordamida
aniqlash:
indikator qog‘oz tekshirilayotgan peshobga tushiriladi va 1-2
min dan keyin rangli shkala bilan solishtirilib, bo‘yalishini o ‘zgarishi
aniqlaniladi.
Peshob reaksiyasini k o ‘k va qizil lakmus qog'ozi yordamida
aniqlash:
ko‘k va qizil lakmus qog‘oz tekshirilayotgan peshobga
tushiriladi va 1-2 min dan keyin bo‘yalishini o'zgarishi aniqlaniladi.
Agar ko‘k qog‘oz qizarsa, qizil qog‘oz o ‘zgarmasa, demak peshob
reaksiyasi kislotali; agar qizil qog‘oz ko‘kimtir bo‘lib, ko‘k qog‘oz
o‘zgarishsiz qolsa, demak reaksiya kislotali. Agar ikkala qog‘oz xam
rangini o ‘zgartirmasa, peshob reaksiyasi neytral. Ba'zi xolatlarda ikkala
qog‘oz xam rangini ozgina o ‘zgartiradi, bunday xolda reaksiya amfoter
xisoblanadi.
Peshob_reaksiyasini_bromtimol_koki_indikatori_yordamida__aniqlash'>Peshob reaksiyasini bromtimol ko'ki indikatori yordamida
aniqlash:
Usul rN 6,0-7,6 diapazonda, bo‘yoq o ‘tish joyi zonasiga ega,
bromtimol ko‘ki indikatorining xususiyatlariga asoslangan. Indikator
eritmasi 0,1 g ingichka qilib maydalangan bromtimol ko‘kini, 20 ml iliq
51
etil spirtida eritib tayyorlanadi.: sovuganidan keyin eritma suv bilan
aralashtirilib, 100 ml ga yetkaziladi.
2-3 ml peshobga, 1-2 tomchi indikator eritmasi qo‘shiladi. Sariq
rang paydo bo‘lsa - reaksiya kislotali, qoramtir - kuchsiz kislotali,
o ‘tsimon bo‘lsa - neytral, qoramtiryashil - kuchsiz ishqoriy, ko‘k -
ishqoriy.
Peshob
rN ini yanada aniqroq, rN-metr da aniqlash mumkin.
Oqsilni umumiy qabul qilingan usullar bilan aniqlab bo ‘Imaydi
25-75 mg/sut(0,017-0,050 g/l)
Proteinuriya (proteinuria)
- peshobdagi oqsilni, sifatiy usulrar
yordamida aniqlasa boMadigan konsentratsiyada paydo boMishi:
• fiziologik
(jismoniy,
emotsional
zo‘riqish,
sovuqdan,
intoksikatsion, ortostatik);
• koptokchali (glomerulonefrit, gipertoniya kasalligi, infeksion va
allergik faktorlar ta'sirida, yurak yetishmovchiligi dekompensatsiyasi);
• kanalchali (amiloidoz,o‘tkir kanal nekrozi, interstitsial nefrit,
Fankoni sindromi);
• prerenal
(mielomkasalligi,
mushak
to ‘qimasi
nekrozi,
eritrotsitlar gemolizi);
• postrenal (sistit, uretritlarda).
Buyrak proteinuriyasi glomerulyar filtr shikastlanishi yoki buyrak
kanalchalari epiteliysi disfunksiyasi bilan bog‘liq.
U yoki bu plazmatik va siydik oqsillari, ulaming molekulyar
massasi va zaryadiga qarab, selektiv va noselektiv proteinuriya
farqlanadi.
Selektiv
proteinuriya
glomerulyar
filtming
minimal
shikastlanishlarida (kam xollarda qaytar), past molekulyar oqsillar
ajraladi (molekulyar massasi 68 OOOdan past) - albumin, seruloplazmin,
transferrin.
Noselektiv proteinuriya ko‘proq filtrni og‘irroq shikastlanishlarida,
yirik molekulyar oqsillar ajralayotganda kuzatiladi.
Proteinuriyaning selektivligi muxim diagnostik va prognostik
belgi xisoblanadi.
Buyrak proteinuriyasi organik va fimksional (fiziologik) bo‘lishi
mumkin.
52
Organik
buyrak
proteinuriyasi
nefronlaming
organik
shikastlanishida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |