EChT ortishi (tezlashishi) kuzatiladi:
• o ‘tkir va surunkali infeksiyalarda;
• to‘qimalar yallig‘lanishi va nekrozida;
• biriktiruvchi to ‘qima kasalliklarida;
• anemiyalarda;
• tuberkulez;
• buyrak kasalliklari;
• surunkali aktiv gepatit, jig ar sirrozida;
• shok, travmalar, operatsiya muolajalarida;
• intoksikatsiyalar, kimyoviy birikmalar bilan zaxarlanganda;
• xavfli o ‘smalarda;
• paraproteinemik
gemoblastozlarda
(mielom,
Valdenstrem
kasalligi va x.k );
• gipertireoz, gipotireozda;
• xomiladorlik, tug'ruqdan keyin, menstruatsiya vaqtida;
• dori preparatlari ta'sirida (morfm, metildopa, vitamin A, peroral
kontratseptivlar).
EChTpasayishi (sekinlashishi)kuzatiladi:
•
eritrotsitozlarda;
• qon aylanishining surunkali yetishmovchiligida;
34
• anafilaktik shokda.
EChT mustaqil diagnostik simptom bo‘lib xisoblanmaydi, lekin
jarayonning faolligi xaqida ma'lumot beradi. EChT doimam faollikning
boshqa ko‘rsatkichlari bilan birga paraiel o ‘zgarmaydi. U masalan,
appenditsit yoki miokard infarktida leykotsitoz va t° ko‘tarilishidan
kechroq paydo bo‘ladi, ularga nisbatan sekinroq normallashadi. EChT ni
klinik baxolaganda uni kasallik dinamikasida, davolash davrida
o‘zgarishi ahamiyatga ega.
Normal EChT kasallikni istisno qilmaydi, lekin sog‘lom odamlarda
EChT yuqori bo‘lmaydi.
Trombotsitlar (thrombocytus)
Norma 180-320x109/l (200-400x109/l)
Trombotsitlar
(qon plastinkalari) -
2 -4
mkm diametrli, yadrosiz
xujayralar bo‘lib,suyak ko‘migi megakariotsitlar sitoplazmasining
«qoldiqlari» xisoblanadi.
Trombotsitlar morfologiyasi
Sog‘lom
odam
qoni,
yorug1 lik
mikroskopida
ko‘rilganda
(Romanovskiy - Gimza usuli bilan bo‘yalganda) trombotsitlaming
to‘rtta asosiy guruxi farqlanadi:
1. Normal (yetilgan) trombotsitlar (87,0
±
0,13 %) - dumaloq yoki
oval shaklda diametri 3-4 mkm; och-xavorang tashqi zonasi (gialomer)
va markaziy azurofil donali (granulomer) zonasi bor.
2. Yosh (yetilmagan) trombotsitlar (3,20 ± 0 ,1 3 %), bir nechta
yirik o ‘lchamli, bazofil sitoplazmali, azurofil granulyasiya (mayda va
o‘rta) ko‘proq markazda joylashadi.
3. Eskirgan trombotsitlar (4,10 ± 0,21 %) dumaloq, ovalnoy,
tishsimon shaklli, to‘q rangli «sitoplazmaning» ingichka xoshiyasi bilan,
ko‘plab qo‘pol granulyasiya saqlaydi, ba'zan vakuolalar kuzatilishi
mumkin.
4. Q o‘zg‘algan shakllari (2,50 ± 0,1 %) yirik o ‘lchamli,
cho‘zinchoq, kolbasasimon, dumli, «sitoplazma» si xavorang yoki
pushti, azurofil donadorligi yoyilgan yoki notekis tarqalgan.
Trombotsitlar gialomeri (plastinka asosi) uch qavatli membrana
bilan cheralarangan. Xujayra membranasi invaginatsiyalaydi va ko‘plab
kanallar to‘riga birikadi (ochiq kanal tizimi - OKT), ular trombotsitlar
ichida zich to‘r xosil qiladi. Tashqi xujayra qobig‘i va OKT,
35
trombotsitlar adgeziya va agregatsiyaisda muxim rol o‘ynovchi
glikoproteinlar bilan to ‘yintirilgan.
Trombotsitlar sitoplazmasida 4 xil, turli struktura, shakl va
o ‘lchamga ega granulalar bor, ular qon plastinkasida bir tekis
taqsimlangan yoki ko‘pincha markazida to‘plangan (granulomer). Ko‘p
miqdordagi a-granulalar, koagulyasiya, yallig‘lanish, immunitet va
reparatsiya mexanizmlarida qatnashuvchi trombotsitospetsifik peptidlar
tutadi. Lizosomal granulalar gidrolitik fermentlar, peroksisomalar esa -
katalaza tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |