Klinik labaratoriyalar va analiz о‘tkazish uchun vositalar Ishdan maqsad va vazifalar



Download 0,89 Mb.
bet4/13
Sana07.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#752759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6 -10 amaliy mashg\'ulot tayyor

Korporativ tarmoqlar
Korporativ tarmoqlar — bu xususiy firmalar ichidagi yoki firmalar o`rtasidagi kompyuter tarmog‘idir, u Internet tarmog‘iga murojaat qilishi mumkin, unda Internet texnologiyasini ishlatilishi tufayli kengaytirilgan imkoniyatlarga ega, lekin tashqi foydalanuvchilar tomonidan punktlari resurslariga murojaat qilishdan himoyalangandir. uni lokal tarmoqlarni va Internet tarmog‘i vositalarini ishlatib, firmalar o`rtasidagi va firmalar ichidagi ma`lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlashni bajaradigan tizim kabi qarash mumkin.
Tuliq funkciyali korporativ tarmoqeng kamida quyidagi asosiy tarmoq texnologiyalarining bajarilishini ta`minlashi kerak:
• tarmoqni boshqarish;
• qolgan hamma xizmatlarni va resurslarni o`zida aks ettiruvchi tarmoq katalogi;
• tarmoqning fayl tizimi;
• axborotlarni integrallashgan uzatish (elektron pochta, faks, telekonferenciyalar va boshqalar);
Worl Wide Web da ishlash;
• ma`lumotlarni ruxsat etilmagan murojaat qilishdan himoya qilish.

7.3-rasm. Korporativ tarmoq tuzilishi
Korporativ tarmoq Internetning tashqi foydalanuvchilaridan tarmoqli himoya vositalari — brandmao`zerlar yordamida ajratib quyilishi mumkin.
Unchalik katta bo`lmagan korxona uchun Intranet tarmog‘iing
konfiguracisi: 1—lazerli printer; 2-uzluksiz ozuqa manbai; 2-tarmoq ma`muriyatining ish joyi; 4-raxbarning ish joyi; 5-bosh hisobchining ish joyi; 6-boshqaruvchining ish joyi; 7—hisobchining, g‘aznachining ish joyi; 8—matricali printer; 9—umumlashtiruvchi qilish narxi yirik korporaciyalarda bitta ish o`rni hisobiga 50 dollarni tashkil etadi.
Internet dan turli-tuman texnik vositalarni va operacion tizimlarni bitta infrastrukturaga birlashtirishning oddiyligi qabul qilib olingan.
Korporativ tizimlarni ishlab chiqish jarayoni anchagina soddalashadi, chunki itnegracion loyihani ishlab chiqish zarurati kerak bo`lmay qoladi. Demak, alohida bo`linmalar, o`zlarining LHTlarini, serverlarini ishlatib, ularni boshqa bo`linmalar bilan hech bog‘lamagan holda, xususiy qism tizimlarini yaratishlari mumkin. Zarur bo`lib qolganda, esa ular korxonaning umumiy tizimiga ulanishlari mumkin.
Yirik korxonalarni zamonaviy boshqarish tizimlari qatiy markazlashgan tizimlardan to tarmoqlangan tizimlargacha bo`lgan yo`lni bosibo`tdi. Taqsimlangan boshqarishni qo`llab-quvvatlashni ta`minlaydigan ma`lumotli texnologiya "mijoz-server" arxitekturali tizimlar asosida qurilgan. Taqsimlangan boshqarish, taqsimlangan ma`lumotlar bazasini boshqarish soxasida, ma`lumot va hisoblash resurslarini ma`muriylashtirishda va boshqa jiddiy muammolar paydo bo`lishiga qaramasdan, taqsimlangan kommunikaciyalar bilan birga qo`shilib ketdi.
Boshqarish tizimlarini korporativ tarmoq tamoyili asosida ko`rish ma`lumotlarni saqlash markazlashgan tizimlarining yaxshi sifatlarini taqsimlangan kommunikaciyalar bilan birga qo`shilib ketishiga imkon beradi.
Ko`p holdarda mijozlarning universal ishchi joylari tarmoq kompyuterlari bilan jihozlangan bo`lishi mumkin.
Dastur ta`minoti qismi bo`yicha tarmoq kompyuterlarilarga asosiy talablar Oracle kompaniyasi tomonidan ta`riflab berilgan.
tarmoq kompyuterlari ning tizimli dastur ta`minoti Java va HTML tillari asosida qurilgan to`liq funkciyali amaliy muhitning mavjudligini takozo qiladi. Bu ochiq muhitlarni qo`llab-quvvatlash, Web-texnologiyalarga asoslanadigan ham mavjud bo`lgan, ham ishlab chiqiladigan ilovalar to`plamiga murojaat qilishni ta`minlaydi.
• Web-brauzerlar yangi tizimlarda yangi vazifalarga ega bo`ladi, chunonchi oxirgi foydalanuvchining interfeys vositasi bo`ladi;
• Ishchi guruhlari a`zolarining o`zaro harakatini ta`minlash, idora (ofis) faoliyatini avtomatlashtirish — elektron pochta, kalendar-rejalovchi va boshqa.
Korporativ tarmoqdarda ishlashga mo`ljallangan tarmoq stanciyalari minimal tarmoqli ma`muriyatchilik g‘oyasiga mos ravishta tashkil etilgan. Stanciyani ishlash paytida kerakli ilovalar serverdan yuklanadi.
Hozirda sog‘liqni saqlashni boshqarish bo‘yicha axborot tizimi bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda, unda barcha muassasalarning kadrlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi, yagona ГИС (Геоинформационные системы) tizimi, dori ta’minotini boshqarish tizimi, tibbiy asbob-uskunalar, yuqumli kasalliklar kuzatuvi axborot tizimi, donorlar ma’lumotlar bazasiga ega qon xizmati ma’lumotlari tizimi va boshqalar mavjud. Ushbu tizimlarning barchasi bir-biri bilan birlashtirilgan va ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin, bu Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘zining axborot va moliyaviy resurslaridan iloji boricha samarali foydalanishga imkon beradi. Yagona ГИС tizimi xaritalarda ham kerakli muassasalarni, ham ular bilan bog‘liq manbalarni, materiallarni yetkazib berishni, kelgusida epidemiologik vaziyatni va boshqa ma’lumotlarni aks ettirishga imkon beradi.
Eng muhim savol kadrlardir. 2010 yildan buyon UzMedInfo markazi asosida Sog‘liqni saqlash vazirligida filial O‘quv markazi faoliyat yuritmoqda, shu asosda tibbiyot xodimlarini kompyuter, axborot va teletibbiyot texnologiyalariga o‘qitish va malakasini oshirish tizimi hamda joriy qilingan axborot tizimlari tashkil etildi.
Ushbu eng muhim tibbiy muammolardan tashqari, boshqa ko‘plab tashkiliy jihatlar mavjud,(jarayonlarni boshqarish, moliyaviy nazorat, ta’minotni monitoring qilish, o‘qitish va boshqalar), ularning yechimi aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishi mumkin.
Oxir oqibat, tibbiy xizmatni markazsizlashtirish sog‘liqni saqlashni qayta qurishda asosiy maqsad bo‘lishi kerak. Qishloq joylarida bemorlarga yanada sifatli ambulatoriya xizmatini ko‘rsatishga e’tibor qaratilishi, xarajatlarni kamytirishga, bemorlarni tezroq qabul qilish va tibbiy muammolarni hal qilishiga olib keladi, natijada, bu oxirgi foydalanuvchi - aholiga yanada yaxshi xizmat ko‘rsatishga imkoniyat yaratadi.
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha axborot tizimi, shuningdek, teletibbiyot xizmatlari alohida tuzilmalar bo‘lmasligi kerak, balki mavjud sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘shilib, sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga imkon beradigan vosita bo‘lishi kerak. Ushbu holat sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismiga aylanishi uchun axborot tizimlarini tatbiq etish va moslashtirishda alohida kuch sarflashni talab qiladi.
O‘zbekistonda teletibbiyot tizimini tashkil etishning imkoniy arxitekturasi
Inson yaratilibdiki, uning salomatligini saqlash masalasi uning oldidagi eng dolzarb masalalardan biridir. Shunga mos ravishda insoniyat salomatligini saqlash tizimi ma’lum bir bosqichlarda rivojlanib bordi. Bugungi kun tibbiyot tizimining oldida turgan asosiy rivojlanish yo‘nalishlaridan biri bu teletibbiyot tizimidir. Dunyo tajribasi ko‘rsatdiki teletibbiyot tizimi insoniyatning tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda asosiy yechimlardan biridir. Bu tizim nafaqat tibbiyot tizimi yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan talablarini qondirishda, balki tibbiyot tizimi yuqori darajada rivojlangan davlatlar aholisining tibbiy xizmat sifatiga ortib borayotgan talablarini qondirishda ham muhim yechim bo‘la oladi.
Xususan, mamlakatimiz tibbiyot tizimining samaradorligini oshirishda aynan teletibbiyot tizimini yaratish tamoyilining ilgari surilishi, mazkur tizimning aholining tibbiyot xizmatlariga bo‘lgan talablarini qondirishning optimal yechimlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Teletibbiyot tizimining tashkil etilish imkoniyatlarini mamlakatimiz telekommunikatsiya infratuzilmasiga bog‘liqligini va bu tuzilmaga qo‘yadigan talablarini tahlil qilishdan oldin, bugungi kundagi mamlakatimiz tibbiyot tizimining holati va rivojlanish darajasi xususidagi statistik ma’lumotlarga to‘htalamiz.
Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishda quyidagi islohotlar amalga oshirilmoqda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida" 2002 yil 30 maydagi UP-3080-sonli Farmoni.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-sonli "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori;

  • 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati 2013-2020 yillarga mo‘ljallangan "O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" dasturini qabul qildi;

  • Ushbu dasturning asosiy g‘oyasi "Elektron hukumat" tizimini qurish, O‘zbekiston Respublikasining "ochiq axborot jamiyati"ni yaratishdan iboratdir .

Vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarishda, O‘zbekiston Respublikasining "Elektron sog‘liqni saqlash" tizimini yaratish bo‘yicha strategiya va chora-tadbirlar rejasini qabul qildi, amalga oshirish davri: 2013-2020 yy deb belgilandi.
Asosiy maqsad davolash-diagnostika jarayonining samaradorligi va boshqaruvchanligini oshirish, mablag‘lardan oqilona foydalanish va tibbiy yordam sifatini oshirish orqali inson salomatligini saqlashni ta’minlaydigan ajralmas axborot tizimini yaratishdir.
O‘zbekiston Respublikasining "Sog‘liqni saqlash bo‘yicha axborot tizimi"ni isloh qilishning asosiy vazifasi - telekommunikatsion infratuzilma, integratsiyalashgan platforma va tashqi dasturlardan tashkil topgan "Yagona integratsiyalashgan axborot tizimi" НИИСЗ (Национальная Интегрированная Информационная Система Здравоохранения) tizimi-" Elektron sog‘liqni saqlash"tizimini yaratishdir.
O‘zbekiston Respublikasining "Elektron sog‘liqni saqlash" НИИСЗ tizimi faoliyati uchun uchta asosiy daraja:

  • Xavfsizlik;

  • Standartlar;

  • Me’yoriy-huquqiy baza

Biz o‘rgimchak (web) emas, balki tarmoq (network) yaratishimiz kerak.
Xulosa
Men ushbu amaliy ishimni tayyorlash davomida ushbu mavzuni mustahkamlab o‘rganib chiqdim. Tibbiyot sohasidagi klinik idoralar orasidagi aloqalarni va ma’lumotlarni foydalanish usullari, ulardan almashinish uchun kerakli standart texnologiyalari. Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar - katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma`lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o`rtasida ma`lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta`minlash. Umumiy axborotlash davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi.

8-Amaliy mashg’ulot

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish