2. Oldingi (yuz) devori anchagina qalin hisoblanadi (5-8 mm). Bu devorda
ko’z usti chuqurligi (incisura supraorbitalis) bo’lib, undan ko’z nervi
chiqadi. Bu devorda peshona bo’shlig’ini teshib trepanopunksiya muala-
jasini o’tkazish mumkin. Bu devor qalin bo’lganligi sababli, bu muolajani
o’tkazish qiyinchilik tug’diradi.
3. Medial (to’siq) devori bo’shliqni qo’shni bo’shliqdan ajratib turadi. Gohida
bu to’siq o’rta chiziqdan o’ngga yoki chapga surilgan bo’lishi mumkin.
Gohida bu to’siq umuman bo’lmasligi mumkin. Gohida esa bu to’siq
orasida teshik bolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |