1. Pastki (ko’z) devori orbitaning yuqori devoriga to’g’ri keladi. Gohida
g’alvirsimon kattaklar bilan chegaradosh bo’lishi mumkin. Bu bo’shliqda
yiringli yallig’lanishli jarayon bo’lsa ko’zga asorat berishi mumkin.
Bo’shliqni pastki devorining to’siqqa yaqinroq joyida peshona
bo’shlig’ining kanali joylashgan, bu kanal orqali burun bo’shlig’i bilan
bog’langan bo’ladi. Kanalning uzunligi 10-15 mm va eniga 1-4 mm bo’ladi.
Bu kanal yarim oysimon yoriqning oldingi yuqori qismiga ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |