Qorinni kesish (laparotomiya)ning umumiy qoidalari. Qorin bo‘shlig‘i
a’zolaridagi operatsiyalarda uning alohida bosqichlarini izchil ketma-ket
bajarish qoidalariga rioya qilish lozim. Operatsiyani yengillashtirish va qorin
bo‘shlig‘i a’zolariga yuqumli mikroblar tushishining oldini olish maqsadida,
qorin bo‘shlig‘idan tashqariga chiqarilgan a’zolar sterillangan sochiqlar bilan
izolyatsiya qilinadi – alohidalanadi va ular sovib hamda ko‘rib qolmasligi uchun
ho‘l sochiqchalar bilan o‘raladi. Operatsiya vaqtida qorin devori qavatlaridan
tashqarida ochilgan a’zo yaxshilab peritonizatsiya qilinishi lozim. Qorin
bo‘shlig‘ida tasodifan asboblar, tamponlar qoldirmaslik uchun operatsiyagacha
va undan keyin sochiqchalar, dokalar, asboblar aniq sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |