1. Qaddingizni rostlab o‘tiring. Tirsagingiz 90 daraja burchak ostida bukilgan bo‘lsin.
Klavituraga qaramasdan matn terishni o‘rganishda mushaklar xotirasi kerak bo‘ladi,
ammo qaddingizni to‘g‘ri tutishning ahamiyatini ham unutmaslik kerak. Belingizni suyab
o‘tirsangiz bo‘ladigan qulay stul toping. Tirsaklaringizni kerakli burchak ostida buking,
barmoqlaringizni klaviatura ustiga qayrilgan holda joylashtiring. Boshingiz kompyuter
monitoridan bir qo‘l uzunligida bo‘lsin. Tirsak va barmoqlar joylashuviga ham e’tibor
qaratishni yodda saqlang.
• Agar qaddingizni to‘g‘ri tutmasangiz, matn terishda qiynalasiz.
• Qo‘l uchun yostiqchadan foydalanish ham ish berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |