168
xil ustunlikka ega bo'lishsada. Ogohlantirish(awareness) va qiziqish(interest) bosqichlarida,
taxminan 77% Internetdan ma’lumot qidiradi. Xohish(desire) bosqichida bu 65%atrofida,
aksiya(action) bosqichida bron qilish va to‘lash 34%ga etadi. Garchi bu past ko‘rinadigan
bo‘lsa ham, atigi 34%, lekin Internet -bronlashning o‘sishi hayratlanarli: oxirgi 3 yilda (2012-
2015) 244% ga oshadi. Raqamli marketingning tendensiyasi va kelajagini hisobga olgan
holda, hozirda mamlakatlar, sayyohlik joylari va sayyohlik agentliklari raqamli marketingdan
foydalanmoqdalar. OTA (Online traveling agency) ning o‘sishi ham, soni ham hajmi bo'yicha
nihoyatda yuqori. Raqamli marketingdan foydalanishning bir qancha muhim afzalliklari bor,
xususan, oflayn marketingda topib bo'lmaydigan xususiyatlar globalroq, shu bilan birga
ko‘proq shaxsiy bo‘ladi. Ya‘ni, raqamli marketing yordamida sotuvchilar global auditoriyaga
hech qanday to‘siqsiz kira oladilar va shu bilan birga, muloqot juda individual bo‘lishi
mumkin, ular alohida maqsadlar uchun, hatto individual darajagacha mo‘ljallangan bo‘ladi[6].
Zamonaviy axborot texnologiyalari internet tarmog‘idan foydalanishni kengaytirish,
vositachilarning yangi turlarini shakllantirish, xizmatlarni farqlash va individuallashtirishning
yangi imkoniyatlari paydo bo‘lishi va xabarlarni internet orqali etkazib berish orqali turizm
sohasida sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Bugungi kunda mehmondo‘stlik va
sayyohlik sohasida yangi texnologiyalar va internetning ta’siri kun sayin oshib bormoqda. Bu
o‘z navbatida tadbirkorlik faoliyatini, yetkazib beruvchilar va potensial xaridorlar o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘zgartiradi va xizmat ko‘rsatish qulayligi, tezligi va sifati to‘g‘risida mutlaqo
yangi g‘oyani shakllantiradi. Jahon iqtisodiyotining o‘zgarishida texnologiya, globallashuv,
atrof-muhitga e’tiborning kuchayishi kabi ko’plab omillar ta’sir etmoqda. Xususan,
zamonaviyraqamli davrga quyidagi individual omillar xosdir [7].
1.Internetning jadal rivojlanishi
2.Shaxsiylashtirish
3.Yangi turdagi vositachilar
4.Raqamli kontent(takliflar)
Bugungi kunda biz an’anaviy bo‘lmagan, balki raqamli turizm biznesi haqida
fikrlashamiz. Har xil turdagi ma’lumotlarni (audio, video, foto, matn) ko’rinishda raqamli
namoyish etish imkoniyati turizm sohasida ulkan imkoniyatlarni ochmoqda. Bunda shaxsiy
kompyuterlarni bir-biriga tarmoq orqali ulash, mijoz va korxonalarni yaxlit birlashtirishga
imkon berdi. Internet nafaqat foydali savdo kanali, balki korxona va tayyor mahsulot va
xizmatlar iste’molchilari o’rtasidagi aloqa vositasidir. Zamonaviy bozor sharoitida
raqobatbardosh bo’lish uchun korxonalar Internet texnologiyalarini o’z strategik maqsadlariga
moslashtira olishlari lozim, aks holda raqobatda ortda qolish xavfi mavjud [7].
Raqamli iqtisodiyotga bugungi kunda xo‘jalik faoliyatini yuritishda aholi ehtiyojlari
yuqori ekanligi aniqlanib, uning xarajatlar kamayishi,ko‘proq va tezroq ma’lumot
olish,iste’molchilar bilan fikr almashish xususiyatlari mavjud. Turizmda raqamli marketing
turistik obyekt imijini oshirishga qaratilgan virtual olamdagi onlayn faoliyat boʻlib, uning
ijtimoiy media marketing,virusli marketing, elektron pochta xabarnomalari,qidiruv tizimlarida
sahifalarni reklama qilish shakllari borligi aniqlandi. Oʻzbekistonda turizmda raqamli
marketingni
rivojlantirish
uchun
raqamli
texnologiyalardan
foydalangan
holda,
“O‘zbekistonga xush kelibsiz”, “Buxoro tarixiy obidalari”, “Onlayn turistik shahar” kabi
raqamli platformalar yaratilishini amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: