Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

 
(tashqi  utilitlar)  - 
axborotlar  tizimiga  xizmat  ko‘rsatish  bo‘yicha  bir  qator  qo‘shimcha 
imkoniyatlarni ta’minlab beradi.  
 
Nazorat savollari: 
1. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimining vazifalari qanday? 
2. Zamonaviy MBBT qanday tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi? 
 
 
4.7. Tuproqshunoslikka tegishli ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimi tarkibiga joylashtirish 
 
Bir qator vaziyatlarda 
tuproq resurslari
 tushunchasi orqali sinonim 
ma’noda 
er  resurslari 
tushunchasi  tushuniladi,  bu  holatda  erning  o‘ziga 
xos  xossa-xususiyatlari  bevosita  uning  tarkibida  tarqalgan  tuproq 
resurslarining  tavsiflari  bilan  ifodalanadi.  Bunday  vaziyatda  tuproq 
resurslarining  holatini  monitoring  qilish  jarayonini  turli  xil  vaqtlar 
davomiyligida  olingan  kosmik  va  aerofototasvirlar  qatorini  o‘zaro 
solishtirish  asosida  amalga  oshirish  mumkin,  shuningdek  bunda  qishloq 
xo‘jaligida  foydalaniluvchi  er  maydonlari  va  ularning  tiplari  haqidagi 
ma’lumotlardan  ham  foydalanish  mumkin,  bundan  tashqari  er 
maydonlaridan  foydalanishning  o‘ziga  xos  jihatlari  va  agar  er 
resurslaridan  odamning  xo‘jalik  faoliyati  davomida  foydalanish 
to‘xtatilgan  bo‘lsa,  u  holda  o‘rganilayotgan  hudud  maydonlarida 
boshlang‘ich  ekotizimlarning  qayta  tiklanish  jarayonlari  haqidagi 
ma’lumotlardan foydalanish mumkin.  


 
79 
Tuproq  qatlamiga  tegishli  ma’lumotlarni  ma’lumotlar  bazasi 
tarkibiga  joylashtirish  davomida,  aniqroq  aytganda  yuqorida  tavsiflangan 
yondoshuv  asosida  tuproq  resurslariga  tegishli  tavsiflarga  nisbatan  asos 
sifatidagi  birliklarni  yaratishda  aynan,  tuproq  kesimi  asosiy  o‘rin  tutadi, 
ya’ni  tuproq  kesimi  -  bu  tuproqlarning  tasniflanishining  asos  sifatidagi 
tarkibiy  qismi  hisoblangan,  tuproq  gorizontlarining  paragenetik 
assotsiatsiyasidan  tashkil  topgan  bo‘lib,  ushbu  ma’lumotlar  tuproq 
resurslari ma’lumotlar bazasi va kadastrini yaratishda zaruriy ma’lumotlar 
hisoblanadi va tuproqlarning nuqtaviy tavsiflaridan ularning makonga oid 
baholanishi  va  umumiy  holatda  tuproq  qoplamining  tavsiflanilishiga 
o‘tish  imkoniyati  yuzaga  keladi.  Tuproq  kesimi  -  bu 
elementar  tuproq 
araelining 
(ETA)  holatini  ifodalab  beradi.  Elementar  tuproq  araeli 
doirasida  tuproqdagi  shart-sharoitlar  bir  xilligini  hisobga  olgan  holatda, 
bitta  ETA  tavsiflarini  olish  uchun  bitta  kesim  bo‘yicha  ko‘rsatkichlarni 
olish etarli hisoblanadi. Bitta landshaftda ETA taksonomik darajalarining 
o‘zaro  bir-biriga  mos  tushishi  sharoitida,  Shuningdek  ekinlarning 
tavsiflari  bir  xil  tipdaligi  sharti  va  ularning  foydalanilishi  bo‘yicha  bitta 
tuproq  kesimida  amalga  oshuvchi  o‘zgarishlarni  haqidagi  ma’lumotlar 
qarab  chiqilayotgan  landshaftning  qolgan  barcha  ETA  laridagi 
o‘zgarishlarni tavsiflash uchun etarli hisoblanadi. 
Shu  sababli,  tuproq  kesimlari  ma’lumotlar  bazasini  yaratish 
chegaraviy darajada muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, Shunday qilib bu 
ma’lumotlar  perspektiv  va  shuningdek,  retrospektiv  tipdagi  tuproq 
resurslarini  monitoring  qilish  uchun  asosiy  ma’lumotlar  sifatida  o‘rin 
tutadi.  Tuproq  ma’lumotlari  bazasini  yaratishni  davom  ettirish  sifatidagi 
ishlar  sifatida  tuproq  kesimlari  va  tuproq  namunalari  xossa-xususiyatlari 
haqidagi  ma’lumotlar  tarkibida  rasmiylashtirilmagan  axborotlarni 
saqlovchi, 
tuproqlarning 
fototasvirlari 
kolleksiyasi 
bazasi 
bilan 
bog‘liqlikni tashkil qilish ishlarini ko‘rsatish mumkin.  
Vaqt 
davomiyligida 
amalga 
oshuvchi 
tuproq 
holatining 
o‘zgarishlarini baholashda tuproq namunalaridan foydalanish - bu o‘rnini 
almashtirib  bo‘lmaydigan,  qimmatli  uslub  hisoblanadi,  ya’ni  bu  holatda 
rasmiylashtirilishi qiyin bo‘lgan, tuproqlarning tuzilishida qayd qilinuvchi 
morfologik  tarkibiy  eementlar  o‘z  ifodasini  topadi,  shuningdek  tuproq 
resurslari holatining o‘zgarishlari va turli xil omillarga bog‘liq holati o‘z 
aksini topadi. Ushbu ma’lumotlarga birinchi navbatda, tuproqlarning rangi 
kiritiladi, ya’ni tuproqning rangi - bu fotografik tasvirlarda turli xil rangda 
ifodalanuvchi  dog‘lar  ko‘rinishida  aks  ettiriluvchi,  tuproqlarning 
kimyoviy tarkibini o‘zida ifodalab beruvchi va bundan tashqari, tuproqda 
amalga  oshayotgan  jarayonlarni,  jumladan  tahliliy  usublar  yordamida 


 
80 
aniqlashgacha  yashirin  tavsifda  ifodalanuvchi  jarayonlarni  anqilash 
imkonini  beruvchi  morfonlarning  (tipik  tuproq  kesimida  ochilgan  er 
qatlamining  butun  kengligi  bo‘ylab  aniqlanuvchi  gorizontal  joylashgan 
morfon)  umumiy  yig‘indi  birligidan  tashkil  topadi.  Navbatdagi 
ko‘rsatkich  - bu tuproq massasining  ifodalanishi  bo‘lib, bu ko‘rsatkichni 
rasmiylashtirish  va  ma’lumotlar  bazasi  tarkibiga  kiritish  chegaraviy 
darajada  murakkab  vazifa  hisoblanadi.  Shuningdek,  tuproq  fotografik 
tasvirlari  asosida  tuproqlarning  struktura  tuzilishini,  yangi  xosil  bo‘lgan  
turli  xil  tuzilmalarni  aniqlash  mumkin.  Oxirgi  yillarda  amalga  oshirilgan 
tadqiqot  ishlarida  ko‘rsatib  berilganidek,  qisqa  vaqt  davomida  tuproq 
qatlamining  tuzilishida  amalga  oshishi  ehtimolligi  mavjud  bo‘lgan 
o‘zgarishlar fototasvirlarda yaxshi darajada o‘z ifodasini topishi mumkin 
va  o‘z  navbatida,  bu  ma’lumotlar  navbatdagi  bosqichda  foydalanilishi 
mumkin.  
 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish