O‘lchamli simvollar (belgilar, nishonlar) uslubi - ob’ektlarning
tahlil qilinayotgan tavsiflari maxsus ishlab chiqilgan simvollar bilan
ifodalanadi, bu simvollarning o‘lchamlari miqdoriy axborotlarni beradi,
rangi va shakli esa - sifatga tegishli axborotlarni berishda foydalaniladi.
Sifatga (yoki miqdorga) tegishli fon uslubi - bu holatda
ma’lumotlar o‘zaro yaqin qiymatlar asosida guruhlarga ajratib chiqiladi va
ular ma’lum bir aniq rang, simvollar tiplari yoki chiziqlar orqali
ifodalanadi.
115
Nuqtali uslub - bunda tasvirlash vositasi bir xil o‘lchamdagi ko‘p
sondagi nuqtalar (nuqtalar ko‘pligi) bo‘lib, har bir nuqta miqdoriy
ko‘rsatkich bo‘yicha aniq qiymatga ega hisoblanadi.