(
(
ma'lumotlar
GEOAXBOTOLAR
modeli
39
Har bir yoy (
arc
) boshqa yoy bilan kesishish nuqtasidan yoki
boshqa yoyga tegishli bo‘lmagan tugundan boshlanadi va tugallanadi.
Yoylar o‘zaro oraliq (shakl xosil qiluvchi) nuqtalar orqali bog‘langan,
ketma-ketlikda joylashgan kesmalardan xosil qilinadi. Bu holatda har bir
chiziq ikkita sonlar to‘plamiga ega hisoblanadi: ya’ni, oraliq nuqtalarning
koordinatalar juftliklari va tugunlarning tartib raqamlari.
Bundan tashqari, har bir yoy o‘zining identifikatsiya raqamiga ega
bo‘lib, bu raqamdan qaysi tugunlar uning boshlanishi va oxirgi qismi
hisoblanishini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Shuningdek, yoylar bilan
chegaralanuvchi sohalarda ham identifikatsiya raqamlari mavjud bo‘lib,
bu raqamlardan ularning yoylar bilan o‘zaro nisbatini aniqlashda
foydalaniladi. O‘z navbatida, har bir yoy tarkibida o‘ng va chap tomonda
joylashgan sohalarning tartib raqamlari haqidagi axborot mavjud bo‘lib,
bu aralash tavsifga ega sohalarni topish imkonini beradi. Bu qarab
chiqilayotgan modelning ushbu xossasi kompyuter yordamida barik
tavsifga ega bo‘lgan ob’ektlar o‘rtasida mavjud haqiqiy aloqadorliklarni
bilish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, biz xaritalar foydalanuvchisi
sifatida, an’anaviy tavsifga ega xujjat tarkibida qayd qilingan, makonga
oid o‘zaro aloqadorliklarni aniqlashda ma’lumotlarning nisbatan aniq
tarzda ifodalanishi kuzatiluvchi ma’lumotlarning vektor modeliga ega
hisoblanamiz.
Rastr va vektor shakllar o‘rtasidagi qayta o‘zgartirish - bu etarlicha
darajada odatdagi holat bo‘lib, ushbu o‘rinda ayrim jihatlar haqida eslatib
o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Vektor ma’lumotlarni rastr
ma’lumotlarga qayta o‘zgartirishda ko‘pincha holatlarda natijalar ko‘rish
uchun qoniqarli darajada xosil qilinadi, biroq rastr shakliga qayta
o‘zgartirish uslublari har bir yacheykani ifodalovchi atributlar uchun
qoniqarli bo‘lmagan natijalarni berishi ham mumkin.
Ayniqsa, bu holat sohalar chegaralari yoni bo‘ylab yaqqol
kuzatiladi, bu sohada chegaralarning bitta yoki boshqa tomonlarida rastr
atributlar yacheykalarining o‘zlashtirilishida noaniqlik holati yuzaga
keladi. Boshqa tomondan, rastr ma’lumotlarni vektor ma’lumotlarga qayta
o‘zgartirishda siz ko‘pgina atribut ma’lumotlarni saqlab qolishingiz
mumkin, biroq xosil qilingan, ko‘rish mumkin bo‘lgan natijalar ko‘pincha
holatlarda o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan rastr yacheykalarning blok,
pag‘onasimon narvon shaklidagi ko‘rinishda ega bo‘lishi qayd qilinadi.
Bu narvonsimon effektni silliqlovchi algoritmlar mavjud bo‘lib,
bunda splayn-interpolyasiya matematik uslublaridan foydalaniladi. Bu
uslub haqida batafsil to‘xtalib o‘tirmagan holda, qayd qilishimiz mumkin-
40
ki, bu uslublar - tishsimon chiziqlar va o‘tkir burchaklarni silliqlovchi
oddiy grafik uslublar hisoblanadi.
2.5.3.-rasm. GAT tarkibida ifodalanuvchi modellar
Do'stlaringiz bilan baham: |