Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi


Kosmik  tasvirlarning  mavzularga  oid  qayta  ishlanishi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

Kosmik  tasvirlarning  mavzularga  oid  qayta  ishlanishi
  -  bu 
tasvirlarning tarkibidan turli xil mavzularga tegishli masalalarni hal qilish 
uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan axborotlarni ajratib olish imkonini 
beruvchi,  tasvirlar  ustida  amalga  oshiriluvchi  operatsiyalar  majmuasi 
hisoblanadi.  
Nazorat savollari: 
1. Kosmik tasvirlarga dastlabki ishlov berish qanday? 
2. Buzilishlar nima sabab bo'lishi mumkin? 
3. Kosmik tasvirlarning mavzuli ishlovi nima? 
 
10.3. Masofadan olingan tasvirlar materiallarini xosil qilish masalasi 
 
Multi-spektral  tadqiqotlar  va  olingan  ma’lumotlarni  qayta  ishlash 
jarayonining  asosiy  maqsadi  energiyani  nurlanish  shaklida  tarqatuvchi 
ob’ektlar va hududlarga qaratiladi va bu holat ma’lumotlarni atrof-muhit 
fonida ularni ajratib olish imkonini beradi. Masofadan zondlash bo‘yicha 
erning  su’niy  yo‘ldoshlari  haqidagi  qisqacha  sharhlash  tavsifidagi 
ma’lumotlar quyidagi umumlashtirilgan jadvalda o‘z ifodasini topgan.  
O‘z  navbatida,  masofadan  turib  zondlash  ma’lumotlarini  olish 
uchun eng qulay bo‘lgan davr - bu yoz fasli hisoblanadi (ya’ni, yoz fasli 
oylari davomida quyosh ufq ustida nisbatan tik burchak ostida joylashadi 
va  shuningdek,  kun  uzoqligi  sezilarli  darajada  katta  qiymatga  ega 
hisoblanadi).  Ushbu  qoidaning  mustasno  qilinishi  holatlari  sifatida, 
ma’lumotlarni  faol  tavsifga  ega  bo‘lgan  datchiklar  (masalan,  radar,  lidar 


 
144 
yordamida)  olish,  shuningdek  issiqlik  spektri  bo‘yicha  uzun  to‘lqin 
uzunligi diapazonida olinuvchi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilishi mumkin. 
Issiqlik  asosida  ko‘rish,  ya’ni  datchiklar  (sezgir  moslama)  issiqlik 
energiyasini  o‘lchashni  amalga  oshirish  jarayonida  er  harorati  va 
havoning harorati qiymatlari o‘rtasidagi farqlanish nisbatan katta bo‘lgan 
vaqt  oraliqlaridan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Shunday 
qilib,  ushbu uslublardan  foydalanish uchun,  eng  yaxshi vaqt  -  bu  yilning 
sovuq  oylari  hisoblanadi,  shuningdek  yilning  har  qanday  davrida  tong 
otishidan bir necha oldingi vaqt qulay hisoblanadi.  
Bundan  tashqari,  hisobga  olish  talab  qilinuvchi  bir  nechta  boshqa  
holatlar  ham  mavjud  hisoblanadi.  Masalan,  radar  yordamida  qalin  qor 
qoplami  qayd  qilingan  vaziyatda  erning  yalang‘och  holatdagi  tasvirini 
olish  mumkin  emas,  shuningdek  ushbu  holatni  lidar  qurilmasidan 
foydalanish  vaziyatida  ham  kuzatish  mumkin.  Bundan  tashqari,  ushbu 
qayd qilib o‘tilgan sensorlar yorug‘lik nuriga nisbatan sezgir emas (yoki 
bundan  tavsifga  ega  sezgirlik  umuman  qayd  qilinmaydi),  shu  sababli  bu 
qurilmalar  yuqori  kengliklarda  (misol  uchun)  qo‘llanilishi  uchun  a’lo 
darajadagi  qurilmalar  sifatida  qayd  qilinishi  mumkin.  Shuningdek,  radar 
va  lidar  ham  (foydalaniluvchi  to‘lqin  uzunliklari  qiymatlariga  bog‘liq 
holatda)  qalin  o‘rmon  qoplami  usti  bo‘ylab  tasvirlarni  olish  imkonini 
beradi,  bu  holat  ushbu  qurilmalarning  o‘simliklar  qoplami  rivojlangan 
hududlarda  tasvirlarni  olish  uchun  foydalilik  darajasini  oshiradi.  Boshqa 
tomondan, ma’lumotlarni olish maqsadlarida spektral uslublardan (stereo-
tasvirlar va Shuningdek, multi-spektral tasvirlarni olish imkonini beruvchi 
uslublar) foydalanish asosan quyoshli kunlar davomida amalga oshirilishi 
maqsadga  muvofiq  hisoblanadi,  o‘z  navbatida  yoritilish  darajasi  past 
bo‘lgan  sharoitda  olingan  ma’lumotlar  tarkibida  signallar  (yoki 
shovqinlar)  past  darajada  bo‘lishi  qayd  qilinadi  va  ularni  qayta  ishlash, 
izohlash  jarayoni  qiyinlashadi.  SHu  bilan  birgalikda,  stereo-tasvirlar 
o‘simliklar  qoplami  va  eko-tizimlarni  ifodalash  va  identifikatsiyalash 
imkonini  beradi,  ushbu  uslub  (multi-spektral  zondlashdagi  kabi) 
yordamida daraxtlar qoplami tagiga kirib borish, ya’ni ushbu sohalardagi 
er yuzasini tasvirlash mumkin emas.  
 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish