Nazorat savollari:
1. Geoinformatsion texnologiyalar qaysi sohalarda ishlatiladi?
2. GATning qaysi vazifalaridan foydalaniladi?
3. GAT va geoaxborot texnologiyalari sohasida ishlaydigan mutaxassislar
qanday masalalar bilan shug'ullanishadi?
1.6. Geomatika tushunchasi va uning tizim tarkibidagi roli
Hozirgi vaqtda mavjud bilimlarning integratsiyalanish jarayoni
jadalligi shunchalik yuqoriki, bu holat yangi yo‘nalishlarning yuzaga
kelishiga olib kelmoqda, Shunday yo‘nalishlardan biri - bu «
geomatika
»
hisoblanadi. Bu atama geologik fanlar, matematika va informatikani
birlashtiradi. Fransuz atamashunoslik izohli lug‘atida (glossariy)
«
geomatika
» tushunchasi - «geografik ma’lumotlar, jumladan kartografik
ma’lumotlarni qayta ishlash uchun informatikaning umumiylikda
foydalanilishi» sifatida ta’riflanadi.
Ko‘pincha holatlarda, geomatika va geoinformatika tushunchalari
o‘zaro teng ma’noga ega tushunchalar sifatida qayd qilinadi. Keltirilgan
ta’riflarga ko‘ra,
geomatika
- bu geoaxborotlar, ya’ni geomatik
(geoaxborotlarga oid) tizim bilan bog‘liq holatda haqiqiy mavjud
masalalarni hal qilish maqsadini amalga oshiruvchi ilmiy-texnik fan
sohasi hisoblanadi. Geomatika o‘z tarkibiga - matematika, fizika,
informatika, kartografiya, geodeziya, fotogrammetriya va masofadan turib
zondlash kabi fan sohalarini qamrab oladi. Geomatika - bu makon bo‘ylab
koordinatsion tavsifda joylashgan axborotlarni ishlab chiqish va ularni
boshqarish uchun, makon bo‘ylab koordinatsion tavsifda joylashuvchi
ma’lumotlarni yig‘ish va boshqarishning barcha vositalarini tizimi
yondoshuv asosida integratsiyalashni amalga oshiruvchi, ilmiy-texnik
faoliyat sohasi hisoblanadi. Geomatika - bu tegishli qarorlarni qabul
qilishni ta’minlovchi, makon bo‘ylab koordinatsion tavsifda joylashuvchi
ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, tahlil qilish, taqdim etish, tarqatishga oid
axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari bilan ish olib
boruvchi fan va texnikaning faoliyat sohalaridan biri hisoblanadi.
Tuproqshunoslikda geomatika - bu makon bo‘ylab koordinatsion tavsifda
joylashuvchi ma’lumotlarning tuzilishi va tavsiflarini o‘rganuvchi, bu
ma’lumotlarni yig‘ish uslublari, tashkillashtirish, klassifikatsiyalash,
baholash, tahlii qilish, boshqarish, aks ettirish va tarqatish uslublari,
shuningdek ushbu axborotlardan optimal darajada foydalanish uchun talab
21
qilinuvchi infratuzilmalar haqidagi fan va texnologiyalardan tashkil
topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |