124
maydonlarining elektron xaritalari o‘z tarkibiga quyidagi qavatlarni
qamrab olishi belgilanadi:
Mezorelef (relefning mezoshakllarini, nishabliklarning shakllarini
ko‘rsatish bilan birgalikda);
Yonbag‘irlarning qiyaligi;
Yonbag‘irlarning ekspozitsiyasi (issiq, sovuq, neytral tavsifda);
Mikrorelef (u yoki bu shakllardagi mikrorelefning ustunlik qilishi,
mavjud bo‘lgan agrokimyoviy jihatdan ahamiyati kabilarni ko‘rsatish
bilan birgalikda);
Mikroiqlim;
Er osti suvlarining sathi va ularning tarkibi va ma’danlashish
(mineralizatsiya)
darajasi;
Tuproq xosil qiluvchi va er yuzasiga ko‘tarilib turuvchi jinslar;
Tuproq qoplamining mikro-strukturasi (tuproq xaritalari);
Tuproq tarkibidagi gumus miqdori;
O‘simliklarning mineral oziqlanishi tarkibining harakatchan
shakldagi elementlar va mikro-elementlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
Tuproqlarning
rN
qiymati;
Tuproqlarning
fizik xossalari;
Og‘ir metallar, radionuklidlar va boshqa toksikant (zaharli) moddalar
ta’sirida ifloslanish darajasi;
Tuproqlarning eroziyaga uchrash darajasi, eroziyaga uchrash havfi va
boshqa fizik degradatsiya turlari (ko‘chish, sel va boshqalar);
Tuproq tarkibida namlik miqdorining me’yoridan ortiqcha darajada
ortishi va botqoqlashishi, jumladan - ikkilamchi gidromorfizm, suv
bosishi va boshqalar.
Tuproqlarning sho‘rlanishi (sho‘rlanish tiplari va darajasi);
Tuproqlarga quyosh nuri tushishi darajasi;
Tabiiy em-hashak ekinlarining holatini baholash bilan birgalikda,
o‘simliklar qoplami;
Tabiiy o‘rmonzorlar va su’niy ekilgan o‘rmonzorlarning holatini
baholash bilan birgalikdagi o‘rmon o‘simliklar qoplami;
Foydali hayvon, qushlar turlari, Shuningdek foydali entomofaglar
turlarining tarqalishi, ularning hududi ta’sirini baholash;
Ekin dalalarining fitosanitariya nuqtai nazaridan holati.
Yuqorida eslatib o‘tilganidek, kompyuter yordamida kartografik
maxsulotlarni yaratish turli xil uslublar asosida amalga oshirilishi
mumkin. Jumladan, bir qator grafik tahrirlovchilar (Corel Draw, Adobe
Illustrator, Adobe Indesign va boshqalar) juda ham yuqori darajada sifatli
125
bo‘lgan va tarkibi jihatidan murakkab tavsifga ega xaritalarni ishlab
chiqish imkonini beradi. Biroq, hatto har qanday hoxlagan grafik
tahrirlovchilar yordamida yaratilgan, aniq tavsifga ega bo‘lgan kartografik
tasvirlarni ham
geoaxborotlar tizimi
deb nomlash mumkin emas. Bu
ko‘rinishdagi tasvirlar -
raqamli xaritalar
deb nomlanadi va GAT turkibiy
elementlari yoki uning funksiya bajarishining natijasi sifatida qarab
chiqiladi. Juda ko‘pincha holatlarda
raqamli xaritalar
tushunchasi
kompyuter xaritalari
tushunchasi bilan chalkashtiriladi. Shu bilan bir
vaqtda, agar ularning tashqi chegaralari o‘zaro mos tushgan holatda ham,
har doim raqamli xaritalarni GAT tarkibiga oddiy yo‘l bilan kiritish
mumkin emas. Bunda qog‘oz yoki plastik shaklida ko‘p miqdorda (adad)
nashr qilish uchun va Shuningdek, GAT uchun tayyorlangan raqamli
xaritalarni o‘zaro farqlash talab qilinadi. Odatda, GAT uchun ishlab
chiqilgan raqamli xaritalarni nashr qilish uchun mo‘ljallangan raqamli
xaritalar maketlaridan farqlash imkonini beruvchi bir qator belgilarni
ajratib ko‘rsatish mumkin. GATning muhim hisoblangan belgilaridan biri
- bu ob’ektlarning geografik jihatdan bog‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu
holat yagona koordinata asosidagi makondan foydalanish imkonini beradi.
Proeksiyalarni
bitta
koordinatalar
tizimidan
boshqasiga
transformatsiyalash va o‘zgartirishni yakuniy maxsulotning xossa-
xususiyatlariga tayangan holatda amalga oshirish mumkin. Qat’iy
tartibdagi koordinatalar asosidagi bog‘lanishlardan foydalanib, bir xil
qavatlarda ifodalangan yoki turli xil tipdagi va masshtabdagi GAT
ob’ektlarini osonlik bilan boshqarishni amalga oshirish mumkin. Umumiy
holatda, foydalanuvchiga turli xil uslublardan foydalanish asosida yig‘ish
jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi turli xil tarkibiy qismlar
to‘plami taqdim etiladi, tayyor holatdagi GAT esa - faqatgina ushbu
yig‘ish jarayoniga ijodiy yondoshishda foydalanuvchi qobiliyatlarining
namoyon bo‘lishini belgilab beradi. GATning boshqa bir fundamental
belgilaridan biri - bu tahliliy qayta ishlashdan foydalanish bilan bog‘liq
hisoblanadi. Bu holatda tahlil qilish algortmi (bajarilishi
belgilangan ishlar
ketma-ketligi) so‘rovlar asosida foydalanuvchining o‘zi tomonidan tuzib
chiqiladi. Makonga oid tahlil bo‘yicha bir nechta ketma-ketlikdagi
operatsiyalarni (buferizatsiya, birlashtirish, kesib olish, joylashtirish)
bajarish orqali deyarli har doim talab qilingan yakuniy natijalar xosil
qilinishi mumkin.
Navbatdagi qismlarda bu ko‘rinishdagi opreratsiyalarni amalga
oshirish jarayonini nisbatan alohida tarkibiy qismlari bo‘yicha batafsil
holatda qarab chiqamiz va ularning ishlashini misollarda ko‘rsatib
beramiz. GATning nisbatan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
126
funksiyalaridan biri - bu u asosida modellashtirish imkoniyatlari
mavjudligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Tamoyil jihatidan odam tomonidan
faqat «
agar, ... bo‘lsa, u holda nima yuz beradi
?» tipidagi so‘rovlar
seriyasi tuzib chiqilishi mumkin va o‘z navbatida, ushbu so‘rovlar asosida
joyning oddiy modeli yoki geografik ob’ekt modeli ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: