Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi


III  Bosqich.  Tahlil  qilish  uslubini  tanlab  olish



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

III  Bosqich.  Tahlil  qilish  uslubini  tanlab  olish. 
Birinchidan, 
uslubni  tanlab  olishda  har  doim  quyidagi  ko‘rinishdagi  dilemma  yuzaga 
keladi:  ya’ni,  tahlilning  tez  amalga  oshirilishi  zarurmi  yoki  amalga 
oshiriluvchi tahlil natijalarining aniqlik darajasi ko‘proq darajada muhim 


 
106 
hisoblanadimi?  Masalan,  yuzaga  kelgan  vaziyatni  umumiy  holatda  tezda 
baholash  va  tegishli  qarorlarni  qabul  qilish  talab  qilingan  vaziyatlarda 
amalga  oshiriluvchi  tahlil  jarayonining  tezkor  tarzda  (operativ  tavsifda) 
bajarilishi  talabi  dolzarblashishi  qayd  qilinadi.  Bunday  holatlarda  yaxshi 
darajada  sinovdan  o‘tgan  va  nisbatan  oddiy  uslublardan  foydalaniladi, 
ya’ni  tahlil  qilinayotgan  ob’ektning  holati  haqidagi  batafsil  va  har 
tomonlama  boshlang‘ich  axborotlarni  olish  uchun  sezilari  darajada  sarf-
harajatlar  talab  qilinmasligi  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Amalga 
oshirilishi  belgilangan  tahlil  natijalarining    yuqori  aniqlik  darajasiga  ega 
bo‘lishi  talabi  boshlang‘ich  axborotlarning  ishonchli  va  to‘liq  holatda 
bo‘lishi zarurati asosida kelib chiqadi. O‘z navbatida, tahlil natijalarining 
aniqlik  darajasiga  erishish  uchun,  ma’lumotlarni  qayta  ishlashga 
sarflanuvchi vaqt va mehnat sarfi oshirilishi talab qilinadi.  
Ikkinchidan,  tahlil  uslubi  mavjud  ma’lumotlar  modeli  asosida 
aniqlanadi.  Boshlang‘ich  ob’ektning  joylashgan  joyi  aniqligini  saqlab 
qolish  talab  qilingan  vaziyatlarda,  vektor  ma’lumotlardan  foydalanish, 
diskret  tavsifga  ega  ob’ektlar,  chegaralar  ustida  ishlash  yoki  chiziqli 
tavsifga ega bo‘lgan tarmoqni modellashtirish nisbatan qulay hisoblanadi.  
Rastr  ma’lumotlardan  uzluksizlik  (muntazamlik)  tavsifiga  ega 
bo‘lgan  hodisalarni  tahlil  qilish  uchun  foydalanish  maqsadga  muvofiq 
hisoblanadi.  Triangulyasiya  tipidagi  ma’lumotlardan  yuzalarni  tahlil 
qilishda  foydalanish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Zamonaviy  GAT 
tahlil  qilish  jarayoni  davomida  ushbu  ma’lumotlar  tiplarini 
integratsiyalash shaklida foydalanish foydalanish imkonini beradi.  
Uchinchidan,  tanlab  olingan  ma’lumotlar  modellarga  bog‘liq 
holatda,  ushbu  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  vositalari  tanlab  olinadi. 
Zamonaviy  GAT  tarkibida  makonga  oid  va  atribut  ma’lumotlar  ustida 
ishlash imkonini beruvchi katta miqdordagi tahlil qilish vositalari mavjud 
hisoblanadi. Ma’lum bir aniq ma’lumotlar to‘plamini makonga oid tahlil 
qilish  jarayonida  ob’ektlarni  ajratib  olish,  bufer  zonalarni  tuzib  chiqish, 
bufer  zonalarni  boshqa  qavatlar  tarkibiga  kiritish,  bufer  zonaga  tushib 
qolgan  ob’ektlar  ustida  ishlash  va  boshqa  shu  kabi  operatsiyalarni 
tarkibiga  kiritish  ham  mumkin.  Tahlil  qilish  vositalarining  to‘plamiga 
yuqorida  tavsiflangan  -  I  bosqichda  ajratib  olingan,  tahlil  qilishning 
mezonlarini izohlash davomida aniqlik kiritiladi. Masalaning qo‘yilishida 
har bir tasdiqlanish holatlari tahlil qilish davomida bir qator operatsiyalar 
ko‘rinishida translyasiyalanishi mumkin.  

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish