Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi


Uchburchakli muntazamlikka ega bo‘lmagan tarmoqlar



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

Uchburchakli muntazamlikka ega bo‘lmagan tarmoqlar
  (TIN  - 
Triangular  Irregular  Network
)  -  juda  samarali  model  hisoblanadi.  GRID 
modeli  bilan  solishtirilganda,  TIN  yuqori  gradientga  ega  bo‘lgan 
maydonlarni,  yuzaning  tikligini  nisbatan  aniq  ko‘rsatib  beradi.  Bu 
imkoniyat  tarmoqning  nomuntazamlik  tavsifiga  egaligi  natijasida  yuzaga 
keladi 

ya’ni,  yuqori  gradient  qayd  qilinuvchi  sohalarda 
uchburchaklarning  son  miqdori  ortadi,  ularning  o‘lchamlari  esa  - 


 
101 
kichiklashadi. TIN yordamida yuzaning tabiiy belgilari (qirg‘oq chiziqlari, 
tizmalar,  suv  oqimlari,  tepaliklar)  aniq  tarzda  modellashtiriladi.  TIN 
yordamida ko‘rsatib berish mumkin bo‘lmagan yagona tabiiy holat (GRID 
modeli  yordamida  ham  bu  holatni  ko‘rsatib  berish  mumkin  emas)  -  bu 
g‘orlar,  osilib  turgan  holatda  joylashgan  devorlar,  botiqlar  hisoblanadi. 
TIN  nuqtalardan  (tugunlar)  tashkil  topgan  bo‘lib,  ulardan  har  biriga 
ko‘rsatkichlar  qiymatlari  belgilanadi,  bunda  nuqtalar  o‘rtasidagi 
ko‘rsatkichlarning  qiymatlari  hisoblab  chiqilishi  mumkin.  Nuqtalar 
kesmalar  (qovurg‘alar)  yordamida  uchburchaklar  (qirralar)  shaklida  bir-
biri  bilan  bog‘lanadi.  Qirralar  bir-birini  qoplamaslik  va  oraliq  tirqishlar 
qoldirmaslik  asosida  o‘zaro  tutashtiriladi.  Shunday  qilib,  biz 
uzluksizlikdagi yuzaning uch o‘lchamli modelini xosil qilamiz. TIN tuzib 
chiqilishida  quyidagi  ma’lumotlar  hisoblanadi  va  atributlar  jadvali 
tarkibiga  kiritiladi:  jumladan  -    nuqtalar  uchun  maydonning  balandligi 
yoki  qiymati;  qirralar  uchun  nishablik  yoki  gradient  darajasi;  qirralar 
uchun aspekt, ya’ni yonbag‘irlarning joylashish holati kabilar hisoblanadi. 
Bu  holat  morfometrik  tahlillarni  amalga  oshirishni  osonlashtiradi  va 
kesimlarni  tuzib  chiqish  imkonini  beradi  va  shuningdek,  ayrim  boshqa 
turdagi qiziqarli imkoniyatlar yuzaga keladi.  
Yuzaning  raqamli  modeli  va  uning  ifodalanish  shakllarini  o‘zaro 
farqlash  talab  qilinadi.  Raqamli  modellardan  (TIN  va  GRID)  farq  qilib, 
yuzalarni  ifodalash  shakllari  vizualizatsiya  asosida  mo‘ljal  olinadi.  Izo-
chiziqlar  yuzalarni  ko‘rsatib  berishning  asosiy  va  an’anaviy  usullari 
hisoblanadi (5.4.1.-rasm).  
Izo-chiziqlar 
- bu yuzaning gorizontal kesimlaridan tashkil topgan, 
ma’lum  bir  aniq  darajada  qiymatidagi  chiziqlar  hisoblanadi.  Bunda 
kesimlar  teng  qadamlar  bo‘ylab  va  shuningdek,  ihtiyoriy  ravishda 
o‘tkazilishi  mumkin.  GAT  tarkibida  izo-chiziqlarni  tavsiflash  uchun 
chiziqlarga  oid  primitivlar  -  ya’ni,  oddiy  chiziqlardan  foydalaniladi. 
Bunday  har  bir  chiziq  uchun  atribut  sifatida  chiziq  balandligi  (qiymat) 
belgilanadi.  Zamonaviy  geoaxborot  tizimlaridan  foydalanish  yuzalarning 
uch o‘lchamli ko‘rinishda ifodalanishin amalga oshirish imkonini beradi. 
Ayniqsa,  bu  holat  relefning  raqamli  modellarini  namoyish  qilishda 
dolzarb  masala  hisoblanadi.  Turli  xildagi  masalalarni  hal  qilishda,  bu 
ko‘rinishdagi vizualizatsiya amalga oshirilishi davomida TIN, shuningdek 
GRID-modellaridan foydalanish mumkin.  

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish