95
Zona
- bir xil qiymatga ega bo‘lgan rastrning barcha yacheykalarini
ifodalaydi. Zona alohida ob’ektlar, geologik jismlar, gidrografiya
elementlari va hakozolardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Bir xildagi
qiymat bilan barcha zonalarni ko‘rsatib berish uchun, zonalarning sinflari
tushunchasidan foydalaniladi. Tabiiyki, tasvirning barcha qavatlarida ham
zonalar mavjud hisoblanmaydi. Zonalarning asosiy tavsiflari - bu ularning
qiymatlari va joylashish holati hisoblanadi. Rastr tarkibida uchta tipdagi
axborotlardan bittasi mavjud bo‘lishi mumkin. Mavzularga oid
ma’lumotlar asosida ifodalangan rastr berilgan hududni sifatli aks ettirib
beradi, ya’ni berilgan nuqtada yuzaning qanday xossalarga egaligi haqida
aniq tasavvurlarni xosil qiladi. Masalan, tog‘ jinslari uchun mavzularga
oid rastr qiymatlari quyidagi ko‘rinishda gradatsiyalarga bo‘lib chiqilishi
mumkin: ya’ni, magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinslar. Spektral
ma’lumotlar berilgan nuqtada ma’lum bir xossaning qanday qiymatda
mavjudligini tavsiflab beradi. Misol sifatida, har bir nuqtada ma’lum bir
aniq qiymatga ega bo‘lgan magnit maydoni yoki margimush (mishyak)
konsentratsiyasining miqdorini variatsiyalashni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Nihoyat, oddiy fotografik tavsirlar, skanerlangan xaritalar va boshqa
grafik ma’lumotlar faqat vizual axborotlar sifatida o‘rin tutishi mumkin.
Rastr modellar quyidagi aflalliklarga ega hisoblanadi. Jumladan, rastr
modellar juda oddiy tuzilishga ega bo‘lib, bunda ma’lumotlar jadval
ustunlari va satrlari ko‘rinishida joylashtirilgan raqamlar (sonlar) to‘plami
shaklida ifodalanadi. Bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar dasturlash jarayonida
yaxshi foydalaniladi.
Rastr ma’lumotlar barcha mavjud bo‘lgan GAT tarkibida tahlillarni
amalga oshirish uchun foydalanishga qulay hisoblanadi. Shuningdek,
ko‘pgina rastr geoaxborot tizimlari vektor ma’lumotlarni ham qayta
ishlash imkonini beradi. Vektor modellar bilan ishlashga mo‘ljallangan
GAT tarkibida rastr axborotlarni tahlil qilish jarayonini amalga oshirish
nisbatan sezilarli darajada murakkab tavsifga ega hisoblanadi. Nihoyat,
rasterizatsiya (ya’ni, vektor ma’lumotlarn rastr ma’lumotlar shakliga
o‘tkazish) jarayoni vektorizatsiya jarayoniga nisbatan, algoritmlar nuqtai
nazaridan ancha oson hisoblanadi, ya’ni vektorizatsiya jarayonida ekspert
echimlardan foydalanish talab qilinadi. Ko‘pincha holatlarda rastr
modellar Erni masofadan turib o‘rganish yo‘nalishida olingan aerokosmik
tavsirlarni qayta ishlash sharoitida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: