XVI asrning o’rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib bu erda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo’jaligida ham g’alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo’l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta’limotlar endi taqozo etila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |