F.Kenening tabiiy tartib to’g’risidagi iqtisodiy kontseptsiyaning huquqiy asosi - xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to’g’ri taqsimlashni ta’minlovchi davlatning moddiy va ma’naviy qonunlari hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan bo’lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan sharoitda bo’ladi. Ana shunda dunyo o’z-o’zidan harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yirik er egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo’shilib qonunning o’zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o’tkazishi va o’ta ketgan
Do'stlaringiz bilan baham: |