Sinflar nazariyasi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixida birinchi marta fiziokratlar jamiyatni faqat iqtisodiy nuqtai nazardan sinflarga bo'lishni amalga oshirdilar.
Sinfning asosiy xususiyatlari ijtimoiy boylik (sof mahsulot) yaratishda ishtirok etish va yaratilgan boylikni taqsimlashda ishtirok etish edi.
Fiziokratlar jamiyatni uch asosiy sinfga ajratdilar:
- Unumli sinf bu – qishloq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar kiradi. Ular sof mahsulot yaratadilar.
- Unumsiz sinf bular hunarmandlar, ishchilar, savdogarlar, xizmatkorlar, to’ralar, ya’ni dehqonchilikdan boshqa sohada ish bilan band bo’lgan kishilar. Ular faqat o’zlarini ta’minlaydilar, o’z iste’moliga qancha mahsulot kerak bo’lsa, shunchalik mahsulot yaratadilar
- Mulkdorlar sinfi er egalari, unga qirol va ruhoniylar ham kiradi. Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki ular o’z paytida erlarni o’zlashtirgan, erning unumdorligini oshirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |