Yarussiz o‘simliklar deb lianalar, daraxtning tanasida joylashgan lishayniklarga aytiladi.
O‘rmonda daraxt turlari ildizlari o‘sib turgan tuproq qatlami rizosfera deyiladi.
Daraxtzor – o‘rmon tashkil qiluvchi daraxtlar uyushmasi. Bundan tashqari urug‘idan va ko‘chat ekib barpo etilgan madaniy (sun’iy) o‘rmonzorlar ham mavjud. Umuman o‘rmonzorlar asosiy va yordamchi (ikkinchi darajali) daraxt turlaridan iborat bo‘ladi.
4 - rasm. Daraxtzorning tuzilishi
1 – gorizontal; 2 – vertikal; 3 – pog‘onasimon
Yarus (qavat). Asosiy o‘rmonzordagi daraxtlarning yarim balandligiga yetgan va pishgan (qirqishga yaroqli) daraxtlar o‘rnini egallay oladigan o‘spirin – yosh daraxtlar yigindisi yarus deyiladi.
Yosh (o‘spirin) daraxtlar deb, bir yoshdan oshgan asosiy va yordamchi daraxtlarning kelajakdagi o‘rmon tashkil qiluvchi yosh avlodiga (qismiga) aytiladi.
O‘rmon osti o‘simliklari. Bular asosiy o‘rmonni tashkil qilishda qatnasha olmaydigan, har xil (biologik, iqlim) sabablariga ko‘ra yaxshi rivojlanmagan va o‘sishdan qolgan alohida daraxt turlari va butalardir.
Asosiy daraxtlarni o‘sishini tezlatishda va yashash sharoitlarini yaxshilashda qatnashadigan yordamchi daraxt turlariga xam ajratiladi.
O‘rmon osti o‘simliklari bular o‘t – o‘lanlar, yarim butalar, mox va lishayniklardir.
Daraxt turlari yaxshi o‘sib yetilgan vaqtida bo‘yiga qarab yirik, o‘rtacha, mayda daraxtlarga va butalarga ajratiladi.
Soyasevar, shox-shabbalari ixcham, bo‘yi asosiy daraxtlardan past bo‘lib o‘sadigan daraxtlar ikkinchi darajali daraxtlar deyiladi. Bu daraxtlar o‘zining biologik xususiyatiga ko‘ra asosiy daraxt turlaridan farq qiladi. Ular soyada o‘sadi. Ildizi unchalik chuqur ketmaydi. Soyada o‘sganligi sababli, shox-shabbasi ham unchalik tarvaqaylamagan, ya’ni ixcham bo‘ladi. Bu daraxt turlarining yana bir xususiyati asosiy daraxtlarning o‘sishiga yordam berishidir.
5 – rasm. Ikkinchi darajali daraxt (chapda: zarang, o‘ngda: shumtol)
Lekin har qanday daraxt turi ham asosiy daraxtga yordamchi tur bo‘la olmaydi. Bu ularning biologik xususiyatlariga bog‘liqdir. Masalan eman daraxtiga yordamchi tur sifatida shox-shabbalari past, soyasevar, ildizlari chuqur ketmaydigan lipa, o‘tkir bargli zarang, tatar zarangi, yashil shumtol va boshqa shunga o‘xshash daraxtlarni tanlash mumkin.
Asosiy daraxt turiga o‘xshab bu turdagi daraxtlar ham turli mintaqalarda turlicha bo‘ladi. Masalan, sug‘oriladigan mintaqalarda oddiy qayrag‘och, lipa, zarang, shumtollardan foydalanilsa, qumli cho‘llarda qora cherkezdan foydalaniladi..
Topshiriq
Ikkinchi darajali daraxt turiga qo‘shimcha 15 tadan misol keltiring (lotincha, ruscha nomlanishi bilan).
Adabiyotlar:1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
Ikkinchi darajali daraxt turlari sifatida mevali daraxtlardan ham foydalanish mumkinmi (misollar keltiring).
Ninabargli daraxt turlari yordamchi daraxt turlariga misol bo‘la oladimi?
Yong‘oqmevali daraxt turlari orasidan yordamchi daraxt turlariga misol keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |