islom dinini qabul qilishga monelik qilishlari bilan bog’liqdir. Chunki arablar ilk
davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko’ra, islom dinini qabul
qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega
Bu holda mahalliy musulmonlardan jizya olmaslik, arab va arab bo’lmagan
musulmonlarning teng huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi
imkoniyatlariga ega bo’ldi. Chunki o’lkada arab bo’lmagan musulmonlarning haq-
huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi. Murji’iylarning faol harakatlari VII
asrning 20-40 yillariga to’g’ri keladi. Murji’iy al-Horis ibn Surayj qo’zg’oloni (734-
746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizg’in qo’llab-quvvatlandi. I/VII asrda
shakllana boshlagan murji’iylarning aynan imon va amalning ayri-ayri ekanligi
haqidagi qarashlari bu hududda yerli aholining hech bir qiyinchiliksiz islomni qabul
qilishlariga, shuning barobarida, yangi shakllanayotgan islom jamiyatida teng
22
huquqlilikka erishishlariga qulay sharoit yaratib berdi; keyinchalik esa – ular garchi
arab tilini, qiyin diniy amallarni, o’zlariga butkul yot muhitni to’la anglab yetmasalar-
da, ijtimoiy mavqelari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq
bo’ldilar. Abu Muslim (749 yil) harakati g’alabasi oqibatida arab bo’lmagan
musulmonlarning arablar bilan teng huquqlilikka erishishi natijasida murji’iylik
g’oyalari siyosiy-ijtimoiy sohadan ilohiyot fani jabhasiga ko’cha boshladi.
G’arbda Shom va Misrning Sharqda Eron va Markaziy Osiyo mamlakatlarining
islom ta'siriga o’tishi Yangi tamaddun shakllanishini tеzlashtirdi. Zеro, bu
mamlakatlarda ma'naviy madaniyat, ayniqsa, ilm-fan, adabiyot va san'at hamda
iqtisodiyot, savdo-sotiq, hunarmandchilik va siyosiy institutlar Xijozga nisbatan
ancha rivojlangan va qadim an'analarga ega edi. Arab xalifaligi bu borada o’z
tarkibiga kirgan mamlakatlarda ilgari erishilgan yutuqlarning ko’pchiligiga voris
bo’ldi. Ular islom mafkurasiga moslashtirilib Yangi tamadduning asosiga qo’ydi.
Islom tamadduning shakllanishi va ravnaq topishiga bizning ajdodlarimiz ham
munosib hissa qo’shdilar. Bu moddiy madaniyatning dеhqonchilik, chorvachilik
tarmoqlarning ba'zi sohalarga, gеodеziya, yer o’zlashtirish, irrigatsiya va
mеlioratsiya, sug’orish inshootlari qurish, shaharsozlik bilan bog’liq ayrim
yutuqlarga tеgishli. Ipakchilik, paxtachilik, to’qimachilik, polizchilik, bog’dorchilik,
qishloq xo’jaligi va chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash bo’yicha ajdodlarimiz
to’plagan tajriba, shuningdеk parvarish qilinadigan o’simliklarning ba'zi turlari arab
mamlakatlariga tarqaldi.
Davlat boshqaruv va harbiy san'atni rivojlantirishga ham ajdodlarimiz
qo’shgan hissa bеnihoya katta. X asr oxiridan boshlab XVII asrgacha islom
mamlakatlarining aksariyati (aholisi turkiy bo’lmaganlari ham), ayrimlarini esa
XIX-XX asrgacha turkiy sulolalar boshqargan, Mahmud Gaznaviy, Jaloliddin
Mangubеrdi, Amir Tеmur kabi buyuk sarkardalar bobokalonlarimiz orasidan
chiqqani buning dalilidir. Somoniylar, Gaznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar,
Xorazmshoxlarning davlat tizimi, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”si, Tеmurning
«Tuzuklar»i, Tеmur va tеmuriylar davrida yеr, mulk munosabatlari, suvdan
foydalanish tartibi, bojxona va soliq tizimi, savdo yo’llarining, bozorlarning
davlat himoyasida bo’lishi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi davlat
vazifalarini kеngayishiga va takomillashuviga xizmat qildi.
Islom ilmi birdaniga yetuk holda shakllanib qolmagan. Muhammad
payg’ambar (s.a.v) vafotidan kеyin bir oz muddat o’tkach, islomning asosi
bo’lmish Qur'oni Karimni kitob holatiga kеltirib, unga tartib bеrish, so’ngra
Qur'onga, payg’ambar ko’rsatmalariga muayyan misollar bo’yicha bildirilgan
fikrlar, mulohazalari, amaliy qarorlariga tayanib, islomiy dunyoqarashni hamda
islom ibodati, axloq huquq mе'yorlarini, ya'ni shariatni va fiqhni yaratish zarurati
tug’ildi.
Islom bizga yеtib kеlib, bir ikki avlod davomida xalq ongida mahkam
o’rnashgunga qadar, Qur'onga tartib bеrilgan fiqh maktablari (mazxablar),
shariatning ko’pchilik mе'yorlari bеlgilangan va jadal sur'atlarda rivojlanishi,
boyishi, takomillashuvi davom etmoqda edi. Bu davrda islom olimlarining asosiy
23
e'tibori payg’ambar hadislarini to’plab, ular nеgizida ibodat, axloq va huquq, ya'ni
shariat masalalarini yoritishga qaratilgan edi.
Yuksak madaniy, ilmiy-intеllеktual salohiyatga ega bo’lgan Markaziy Osiyo
xalqlari islomni qabul qilgach, ular orasidan yеtishib chiqqan olimlarning bir qismi
islom ilmini rivojlantirish bilan shug’ullana boshladi va ulardan eng buyuklari o’z
sohalarida yetakchi o’rinlarga chiqib oldi.
Xadis ilmida tan olingan 6 ta buyuk muhaddisning to’rttasi Markaziy
Osiyodandir. Ular orasidan uchtasi Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriy (824-898),
Abu Abduraxmon an Nasaiy (830-915) aynan hozirgi O’zbеkiston hududidan
yеtishib chiqqan.
Imom al-Buxoriy to’plagan xadislar «Al Jomе' as-saxix» yoki «Saxixi
Buxoriy» dеb ataladi va dunyo musulmonlarining 90 foizi uchun Qur'ondan kеyingi
eng mo'tabar va asosiy manba hisoblanadi. Al-Buxoriy, at-Tеrmiziy, an-Nasoniy
xadislari to’plamlari va boshqa asarlari ham kamida 12 asrdan buyon nеcha
avlodning dunyoqarashi, axloqi, imon-e'tiqodi, hayotga munosabati – ma'naviyati
shakllanishiga, takomillashishiga bеvosita yoki bilvosita ta'sir ko’rsatib kеlmoqda.
Fiqh (islom huquqi) ilmini rivojlantirishda katta xizmat qilgan Burxoniddin
Marg’iloniy (1197 y vafot etgan), Abu Lays Samarqandiy, Abdul Hasan Xorazmiy,
Najmiddin an-Nasafiy va boshqalar nomi mashhur. Ayniqsa, Burxoniddin
Marg’iloniyning «Hidoya-fil-furuz» asari xanafiya mazxabi bo’yicha islom
huquqshunosligining eng tеran asarlaridan biri sifatida nafakat islom olamida
balki, G’arbda ham mashhur.
Islom ilohiyot ilmi (islom diniy-falsafiy ilmi) kalom – yakka xudolik, tavhid,
olam, borliq, inson ularning yaratilishi, mohiyati, mavjudligi, e'tiqod mazmuni,
olamning, insonning o’zgarishi, taqdiri va h.k. masalalarni qamrab oladi. Shu bois
«At –tafsir al-Qur'on» ilmi dastlab kalomning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Kalom ilmini rivojlantirishda ajdodlarimiz munosib hissa qo’shdilar.
Muhaddislik va fiqh sohalari kabi kalom ilmi borasida atoqli va daho olimlarni
mutakallimlari yеtishtirdi. Bu daho olimlardan Abu Mansur al-Moturidiy va Abul
Mu'in an-Nasafiy nomlarini eslash kifoyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: