Yasaviya tariqati. Shayx Ahmad Yasaviy (v. 1166-67 y.) va uning shogirdlari nomi
bilan bog’liqdir. Ahmad Yasaviy sufiylik tariqatining targ’ibotchisi bo’lish bilan birga
shoir ham edi. Yasaviy g’oyalari bir necha marotaba turli tahrirda nashr etilgan
«Devoni hikmat»da jamlangan. Ammo, tadqiqotchilar orasida uning Yasaviyga
taalluqliligi ilmiy muammo sifatida bahs etilayapti. Uning fikricha, dunyoning noz-
ne’matlarini so’ragan kishi sufiy emas, balki zuhd va taqvoni ixtiyor etib, umrini toat-
ibodatda hamda yig’i bilan o’tkazgan kishi asl sufiydir. Uning «hikmatlar»i xalq
orasida keng tarqalgan.
By tariqat asoschisi Xoja Ahmad Yasaviy bugungi Qozog’istonning janubidagi
Chimkent viloyati, Sayram qishlog’ida dunyoga kelgan. Ba’zi manbalarga qaraganda,
u Yasida (hozirgi Turkiston) tavallud topgan. Rivoyatlarga ko’ra, bu yerda u Arslon-
bob ismli mashhur shayxning xayrli duosiga erishgan. Oddiy xalq ommasi
anglaydigan uslubda sufiyona hikmatlari, she’rlari bilan atrofdagi odamlarni xaq
yo’lga chaqiradi, ularning ma’naviyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi She’r-hikmatlari
«Devoni xikmat» nomi ostida kitob holiga keltirilgan. Ahmad Yasaviy hayotligidayoq
uzoq o’lkalarga muridlarini jo’natib, o’z tariqatini keng tarqatishga harakat qildi.
Yasaviy riyozat, chilla, zikr va mujohadaga kuchli ahamiyat berib, hayotining aksari
qismini chillaxonada o’tkazdi. Uning hayoti va karomatlari haqida ko’plab
manoqiblar saqlanib qolgan.
Yasaviy tariqatida jahriy zikr ijro etiladi. Zikr chog’ida darvishning tomog’idan
arraning tovushi kabi ovoz chiqqani uchun Yasaviya zikriga «zikri arra», «zikri
minshoriy» deyiladi. Bu zikr quyidagicha ijro etiladi: darvish ikki qo’lini tizzasi ustiga
qo’yib, nafasini qorniga chiqarib «ha» deb, yana qorni tomonidan nafas olib bosh, bel,
yelka qimirlamagan holda «Hayy» deydi va zikr shu tarzda davom etadi. Zikrning 12
zarb turi ma’lumdir. Yasaviylikda xilvatga ham katta ahamiyat beriladi.
Bu tariqatda muhim o’rin tutgan asoslar quyidagilardan iborat: Allohni tanish
(ma’rifatulloh), mutlaq jo’mardlik, rostgo’ylik, o’zini Allohga topshirish (tavakkul) va
teran tafakkur.
Yasaviya tariqati, asosan, sunniy e’tiqodiga amal qilish bilan birga Xuroson
malomatiya maktabidan biroz ta’sirlangani sababli, terma madaniyat asosiga ega.
Uning xususiyatlari keyinchalik yuzaga kelgan ko’plab tariqatlarda aks etgan. Hatto
Naqshbandiyani Yasaviyaning bir shahobchasi deb biluvchilar ham bor. Ahmad
Yasaviyning eng mashhur xalifalaridan Sulaymon Hakim ota Boqirg’oniy (v. 1186
y.), Sufiy Muhammad Donishmand az-Zarnuqiy va boshqalar ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |